Xoʻjabaqirgʻon
Xoʻjabaqirgʻon — Fargʻona vodiysidagi daryo. Turkiston tizmasining shimoliy yon-bagʻridan boshlanadi. Uzunligi 130 km. Havzasining umumiy maydoni 2150 km². Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,3 m³sek. Muzlik va qor suvlaridan toʻyinadi. Asosiy irmoqlari — Laylak va Qozbola. Koʻp qismi Qirgʻiziston hududidan oqadi, suvi sugʻorishga sarflanib, Tojikistonning Xoʻjand shahri yaqinida tugaydi.
Xoʻjabaqirgʻon | |
---|---|
Xoʻjabaqirgʻon daryosi Qirgʻizistonning Qayragʻoch qishlogʻida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 130 |
Davlat | Tojikiston va Qirgʻiziston |
Xoʻjabaqirgʻon |
Havolalar
tahrirVikiomborda Xoʻjabaqirgʻon haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |