Xorazm kulolchilik sanʼati – Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm vohasida rivojlangan hunarmandchilik sanʼati.

Kulolchilik
: '
Material Tuproq
Joylashuvi Xorazm

19-asr oxiri 20-asr boshlarida Markaziy Osiyodagi aholi orasida kulolchilik markazlari paydo boʻladi. Sopol buyumlarga zeb berib bezatishning yangi uslublari yuzaga keladi.

Dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri Xivada oʻzining monumental, tiniq grafikasi va geometrik naqshlari bilan ajralib turadigan Xorazm kulolchilik maktabi rivojlangan. Kulolchilik naqshlari qadimiy Ichan-qal’aning mashhur meʼmoriy yodgorliklari devorlarini qoplagan mayolika bezaklari bilan juda yorqin uygʻunlik beradi. Chunki bugungi hunarmandlar xon saroylari va masjidlarini bezab turgan xalq hunarmandlarining bevosita avlodlaridir. Zamonaviy kulollar ajdodlari oʻchmaydigan koʻk, och koʻk va firuza koshinlar yasashda qoʻllagan ishlari vositalarini tayyorlash uchun xuddi shunday tabiiy mahsulotlardan foydalanadilar. Oʻrta Osiyo kulolchilik maktablarining eng qadimgisi Xorazmdir[1]. Xorazmning alohida hududiy izolyatsiyasi tufayli mahalliy kulolchilik uslubi deyarli hech qanday oʻzgarishlarga yoki begona taʼsirlarga duchor boʻlmagan. Ming yillar davomida asl shaklida bizga yetib kelgan.

20-asr boshlaridan hozirgi paytgacha Xorazm vohasida Koʻhna Urganch shahrida Eshmurot usta, Xiva, Madir (Xonqa tumanidagi qishloq) va Yangiariq tumanidagi Kattabogʻ kulollar maktabi foaliyat olib bormoqda. Xorazm viloyatida ushbu qadimiy sanʼat turi avloddan – avlodga meros tariqasida oʻtib kelgan va hozirgi vaqtda ham rivojlanib takomillashib kelmoqda[2]. 20-asr boshidagi eng mashhur kulolchilik markazlari: Xiva, Urganch, Xonqa, Kattabogʻ, Qoʻshkoʻpir, Chimboy, Beruniy, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli.

1950-yillarda Xiva meʼmoriy yodgorliklarini restavratsiya qilishda qatnashgan hunarmandlar tomonidan kulolchilik buyumlarini bezashda arabesk naqshlari foydalanila boshlandi. Sopol buyumlarni boʻyashda meʼmoriy ornament usullarini birinchilardan boʻlib muvaffaqiyatli qoʻllaganlar qatorida Xivadagi Polvon ota maqbarasini taʼmirlashda bevosita ishtirok etgan B.Vaysov boʻldi. Asosan XIX asrda yogʻochga oʻyib naqsh solish B.Vaysovning shogirdlari – I.Boltayev va R.Matchonovlar tomonidan shakllantirilgan[3].

Xorazm vohasida klassik gulli bezak anʼanalari M.Bekchonov, A.Yoqubov, R.Zaripov, Sh. Qalandarov, E.Sapayev, M.Matyoqubov va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Baʼzi ustalar aniq oʻyilgan konturli va qatʼiy chizilgan chizmachilik uslubida ishlashadi[3]. Bu kulolchilarning asarlari, bir tomondan, XIX asr – XX asr boshlaridagi grafik kompozitsiya anʼanalarini davom ettirsa, ikkinchi tomondan, yangi xususiyatlarni namoyon etadi.

Hozirgi vaqtda ustalar idish yasash uchun qizil tuproqni Qoraqalpogʻiston hududidagi Sulton Uvays togʻidan olib keladi. Ayrim idishlar oddiy qishloq tuprogʻidan yasaladi. Zangori kulolchilik idishlarini tayyorlash uchun kulollar togʻdan qizil tuproq olib keladi hamda koʻproq ishlov beradi[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Керамические изделия“. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.
  2. „Kulolchilik“. khivamuseum.uz. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 Итина М. Культура и искусство древнего Хорезма. Москва, Наука, 1981 — 262-263-bet. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil. 
  4. „Dardga shifo idishlar, «xolodilnik» sopol xumlar – Xorazmdagi kulolchilik markazidan fotoreportaj“. kun.uz. Qaraldi: 31-oktabr 2023-yil.