Yazdikard I, Yazdigird I yoki Yazdijurd I ( oʻrta forscha : 𐭩𐭦𐭣𐭪𐭥𐭲𐭩‎ <yzdkrt | > Yazdekert, "Xudo tomonidan yaratilgan", hozirgi fors tilida یزدگرد), Sosoniylar davlatininig 12-hukmdori bo‘lgan. Yezdigard III.Shopur (383-388)ning o‘g‘li. U Baxrom V.ning o‘limidan so‘ng Sosoniylar taxtiga chiqdi. 399-420-yillar davomida 21 yil mamlakatni boshqargan.

U G'arb va Sharqiy Rim imperiyasi bilan samimiy munosabatlarda edi.

Yezdigard hukmronligining dastlabki yillarida nasroniylikni yaxshi qarshilagan keyin esa unga qarshi chiqqan. U "bezenger" laqabi bilan mashhur bo‘lib, bu sosoniy manbalarida gunohkor ma‘nosini bildirgan. Biroq bu laqab , Yezdigardning ba‘zi dinlarga nisbatan bag‘rikeng munosabati va ayniqsa, nasroniylarga nisbatan yumshoq munosabati tufayli zardushtiy ruhoniylarining tuhmati edi . Yezdigard rimliklar bilan tinch-totuvlikni saqlaganligi va fuqarolarga nisbatan bag‘rikenglik ko‘rsatganligi uchun “ramshahr” (“hokimiyatida tinchlikni saqlagan”) unvonini ham qo‘llagan. “Ramshahr” unvoni afsonaviy Keyoniy podshohlari tomonidan ham qoʻllangan va shu tariqa “ harrah ” shiori oʻrniga “Kay” unvoni ishlatila boshlagan va bu sosoniylarning Keyoniylar tarixiga qiziqishini boshlatgan. Nasroniylar Yezdegardning bag‘rikengligidan foydalanib, zardushtiylarga hujum qilishi - toqatsiz vazir Mihr Narsehning tayinlanishi natijasida nasroniylarga qarshi zulmga boshlanishiga sabab bo‘ldi.


420-yil 21-yanvarda Yezdigard oʻldiridi. Keyinchalik aristokratlar va ruhoniylar Yezdigard o‘g‘illarining taxtga chiqishiga to‘sqinlik qilishga urindilar. Yezdigardning toʻngʻich oʻgʻli Armaniston hokimi IV. Shopur tezda Sosoniylar davlatining poytaxti Tizponga borib, taxtga o‘tirdi.

Etimologiya

tahrir

Yezdigard nomi qadimgi eron tilida yazata-"ilohiy mavjudot" va -karta "yaratilgan" so‘zlarining birikmasidir va shuning uchun fors Bagkart va yunon Theokistos tomonidan "Xudo tomonidan yaratilgan" degan ma'noni anglatadi. Yezdigard nomi, oʻrta forscha Yazdekert; suriy tilida Yazdegerd, Izdegerd va Yazdeger ; Talmudcha Izdeger va Azger ; Yazdeijerd arab tilida ; Yunonchada Isdigerdes nomi bilan tanilgan.

Hukmronligi

tahrir

Yezdigard, III. U Shopurning (383-388) oʻgʻli boʻlib, o‘zinigng uch oʻgʻli bor: IV. Shopur, Narseh va V. Baxrom. U akasi IV. Bahrom 399-yilda o‘ldirilganda, uning o‘rniga tayinlangan. IV. Bahromni o‘ldirgan sosoniy askarlari uning go‘zal fe‘l-atvori tufayli unga zarar yetkazmagan. U mamlakatni tinchlikparvarlik bilan boshqargan.


===Rim bilan munosabatlari===


386-yilda Ostrogotlar isyoni, 387-yilda Maksim qoʻzgʻoloni, 387-yilda Antioxiya qoʻzgʻoloni, 388-yilda Galliya qoʻzgʻoloni, Salonikidagi qirgʻin, 393-yilda Arbagost va Yevgeniy qoʻzgʻolonlari Rim imperiyasini jiddiy zaiflashtirdi. 386—398-yillarda Afrikada mustaqil qirollikni boshqargan Marokashlik Gildo va 395-yilda Gotlar yetakchilari Alarik boshchiligida qurollanishni boshladilar. Biroq, butun hukmronligi davrida Yezdigard na Sharqiy Rim imperatori Arkadiyga, na G'arbiy Rim imperatori Gonoriusga qarshi tajovuzkor pozitsiyada bo‘lmadi. Yezdigard ning bu o‘ta xotirjamligi va Rim imperiyasiga bostirib kirishni istamasligi unga “Ramashtras”, “eng tinch” yoki “eng barqaror” unvonini olishiga sabab bo‘ldi .

===Theodosiusning asrab olinishi===


Taxminlarga ko‘ra, Yezdigard hukmronligining 9-yilida Sharqiy Rim imperatori Arkadiy vafotidan so'ng Vizantiya shahzodasi Feodosiyning g‘amxo‘rligini o‘z zimmasiga olgan. Ajablanarlisi shundaki, Arkadiy Feodosiyga g‘amxo‘rlik qilish uchun na ukasi Gonoriyni, na o‘zining taniqli fuqarolarini tanlamadi, balki o‘g‘lini Sosoniylar hukmdoriga ishonib topshirdi. Feodosiy taxtga o‘tirgunga qadar u yosh shahzodaning mulki, hokimiyati va hayotini himoya qilgan. Hatto bir yozuvchining ta‘kidlashicha, Arkadiy Yezdigardning bu yaxshiligi evaziga unga ming kilogramm sof oltin hadya qilgan.

 
Arkadiy


Yosh imperatorning Konstantinopolga sayohatida hamrohlik qilish uchun Antiox ismli amaldor saylandi . Bu amaldor ko‘p yillar davomida shahzodaning yaqin do‘sti bo‘lgan. Theodosius opasi Pulcheriya tomonidan o‘ldirilishi yoki qirollikdan surgun qilinishi kerak edi. Antiox vafotidan keyin ham Yezdigard yosh hukmdorga yordam berishda davom etdi.


Biroq, bu hikoyalar Arkadiyning o‘limidan bir yarim asr o‘tgach yozilgan va zamonaviy yozuvchilar tomonidan rad etilgan.

O‘limi

tahrir

Yazdigerd I 420 yilda vafot etgan. Biroq, shohning o‘limi bilan bog‘liq holatlar aniq emas. Qadimgi mashhur afsonaga ko‘ra, u Jurjonda bo‘lganida sehrli oqimdan chiqqan aql bovar qilmaydigan ot tomonidan o‘ldirilgan. Firdovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea Tus yaqinida sodir bo‘lgan. Bu afsona zodagonlar o‘z qotilliklarini yashirish uchun ishlatgan uydirma hikoya bo‘lishi mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  1. ^ Shapur Shahbazi, 2005, "Sasanian Dynasty"
  2. ^Christopher, Lillington-Martin (6 Temmuz 2017). Procopius of Caesarea: Literary and Historical Interpretations. Taylor & Francis, s. 69. ISO 978-1-317-07549-3.
  3. ^ Robert Bruce Mullin. A Short World History of Christianity. Westminster John Knox Yayınları, s. 82-85. ISO 978-0-664-23664-9.
  4. Stokes, G.T., "Isdigerdes (I)", A dictionary of Christian biography, literature, sects and doctrine, (William Smith & Henry Wace, editörler.); Londra, John Murray, 1882. s 303.