Yegor Krimets
Yegor Vladimirovich Krimets 1992-yili 27-yanvarda[1] Toshkent shahrida tugʻilgan. Termizning Surxon klubi aʼzosi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yegor Vladimirovich Krimets | ||
Tavallud sanasi | 27-yanvar 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.93 cm (1 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Surxon | ||
Raqami | 2 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2022 | Paxtakor | 150 | (4) |
2013 | → Beijing Guoan | 13 | (0) |
2016—2017 | → Beijing Guoan | 33 | (0) |
2022 | Navbahor | 0 | (0) |
2024— | Surxon | 1 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2010 | Oʻzbekiston U-20 | 3 | (0) |
2012 | Oʻzbekiston U-23 | 1 | (0) |
2013— | Oʻzbekiston | 40 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati
tahrirEgor Krimets professional futboldagi ilk faoliyatini 2011-yili Paxtakor klubida boshlagan. U Paxtakor safida 2 mavsum oʻynadi 39 ta uchrashuvda maydonga tusdi raqiblar darvozasini 4-marta ishgʻol qildi[2].
2013-yilning boshida u Paxtakordan Xitoyning Beijing Guoan FC futbol klubiga ijaraga berildi. Pekin klubida bir mavsum oʻynab 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va yana Paxtakor safiga qaytdi[3].
2014-yilning boshidan u Paxtakor tarkibida oʻynay boshladi[4]. 2014-yili Paxtakor oʻzining 10-chempionligini qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda Egor Krimets 24 ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilib raqiblar darvozasiga 5 ta gol kiritgan. 2016-yil 8-yanvar „Paxtakor“ klubi yana bir bir Krimetsni Xitoyning Beijing Guoan FC jamoasiga ijaraga bergan[5][6]. Ikki mavsumdan soʻng Xitoy jamoasi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng „Paxtakor“ klubi tarkibiga qaytgan[7]. Keyinchalik Paxtakor jamoasi toʻrt mavsum davomida oʻynab uch bor Oʻzbekiston Superligasi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum ancha ogʻir kelgan va jaroxatga olim mavsum katta qismini oʻtkazib yubordi[8]. Mavsum yakunida „Paxtakor“ klubini tark etib 2022-yilgi mavsumni „Navbahor“ klubida boshlagan[9]. 2022-yil 18-mayda jaroxatlar qaytalanishi va sogʻligʻidagi muammolar sababli „Navbahor“ jamoasi bilan shartnomani bekor qilindi va jamoani tark etdi[10]. Maʼlum vaqt futboldan yiroq boʻlgan Krimets 2023-yil 24-dekabrda „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi[11].
Xalqaro musobaqalardagi faoliyati
tahrirEgor Krimets Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar futbol terma jamoasi safida ham toʻp surgan. Egor 2014-yilning 12-yanvarida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida Ummonda boʻlib oʻtgan AFC U-22 Osiyo chempionati 2014 musobaqasining guruh bosqichi ilk uchrashuvida maydonga tushgan va oʻsha oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushib 1ta golga mulliflik qilgan edi. Shuningdek, 2014-yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Osiyo oʻyinlari musobaqasidan oʻrin olgan futbol bellashuvida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 4 ta oʻyinda maydonga tushib, Afgʻoniston termasiga qarshi boʻlgan oʻyinda gol muallifi boʻlgan edi.
Egor Krimets ilk bora milliy terma jamoa tarkibiga 2012-yili noyabr oyida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichida Eron bilan boʻlgan uchrashuvga chaqirtirilgan, ammo maydonga tushmagan. Keyinchalik u terma jamoa safidagi ilk debyut oʻyinini 2013-yili 6-sentyabrda Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida qatnashdi, ammo musobaqa davomida faqat zaxirada qoldi.
Shaxsiy hayoti
tahrirUylangan, rafiqasi Kristine Krimets, qizining ismi Mikaela.
Statistikalari
tahrirKlubdagi ishtiroki | Liga | Kubok | Qitʼaviy | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol |
Oʻzbekiston | Liga | Oʻzbekiston kubogi | Osiyo | Umumiy | ||||||
2010 | Paxtakor | Oliy liga | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
2011 | 16 | 1 | 5 | 0 | 3 | 1 | 24 | 2 | ||
2012 | 21 | 3 | 5 | 0 | 4 | 0 | 30 | 3 | ||
Xitoy | Liga | FA kubogi | Osiyo | Umumiy | ||||||
2013 | Beijing Guoan FC | XFCh | 13 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 18 | 0 |
Umumiy | Xitoy | 13 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 18 | 0 | |
Oʻzbekiston | 37 | 4 | 11 | 0 | 7 | 1 | 55 | 5 | ||
Umumiy karyerasi | 50 | 4 | 14 | 0 | 9 | 1 | 73 | 5 |
Yutuqlari
tahrir- Oʻzbekiston Superligasi: 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021
- Oʻzbekiston Superligasi vitse-chempioni: 2010
- Oʻzbekiston Superligasi bronza medali sohibi: 2011
- Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: 2011, 2019, 2020
- Xitoy chempionati bronza medali sohibi: 2013[12]
Manbalar
tahrir- ↑ „Egor Krimecni tabriklaymiz!“ (2016-yil 27-yanvar).
- ↑ „Tarixda bugun: 19 yoshli Krimecning 88-daqiqadagi goli "Paxtakor"ga OCHLda g'alaba keltirgan o'yin“ (2019-yil 19-aprel).
- ↑ Krimets plays for Beijing Guoan on a loan
- ↑ „Egor Krimec "Paxtakor" bilan mashg'ulotlarni boshlaydi“ (12-fevral).
- ↑ „Egor Krimec "Beyjing Goan"ga ijaraga berildi“ (2016-yil 8-yanvar).
- ↑ „Egor Krimec "Beyjing Goan" futbolchisi sifatida tanishtirildi FOTO“ (2016-yil 20-yanvar).
- ↑ „Krimec "Paxtakor" mashg'ulotlariga qo'shilish uchun Turkiyaga uchib ketdi“ (2018-yil 12-yanvar).
- ↑ „Maxstalievdan Krimecgacha yoxud mavsum omadsizlari TOP-10“ (2021-yil 4-oktyabr).
- ↑ „Egor Krimec – “Navbahor” futbolchisi!“ (2022-yil 5-yanvar).
- ↑ „Egor Krimec "Navbahor" bilan xayrlashdi“ (2022-yil 18-aprel).
- ↑ „Egor Krimec - "Surxon" futbolchisi“ (2023-yil 24-dekabr).
- ↑ „Xitoyda mavsum tugadi. Egor Krimec bronza medal sohibi“ (4-noyabr 2013).