Yer (omil)
Yer (ishlab chiqarish vositasi sifatida) — mehnat jarayonining zaruriy moddiy shart-sharoiti va eng muhim ashyoviy omillaridan biri. Ye. inson hayoti uchun zarur boʻlgan moddiy sharoitlar orasida tuproq qoplami, yer osti boyliklari, oʻrmonlari, suvi bilan alohida ahamiyatga ega. I.ch. jarayoniga ki-ritilgan Ye.ga jonli va buyumlashgan mehnat sarf etilishi bilan u i.ch. vositasi boʻlib qoladi. Ammo moddiy i.ch.dagi turli tarmoqlarning rivojlanishida Ye.ning iqtisodiy oʻrni turlichadir. Undiruvchi sanoatda Ye. jamiyat uchun zarur boʻlgan boyliklar qazib olinadigan xazina boʻlib xizmat qiladi. Q.x. ishlab chiqarishi Ye., tuproq unumdorligi, tabiiy, biologik jarayonlar bilan bevosita bogʻliqdir. Q.x.da Ye. mehnat jarayoni kechadigan umumiy sharoit va maydon boʻlishidan tashqari yana 2 muhim vazifani bajaradi: i.ch. jarayonida inson taʼsir koʻrsatadigan mehnat predmeti va inson oʻzi yetishtiradigan qishloq xoʻjaligi oʻsimliklariga taʼsir koʻrsatishini taʼminlaydigan i.ch. qurolidir.
E. takror ishlab chikarilmaydigan i.ch. vositasi boʻlib, geologik, iklimiy va b. omillarga bogʻliq. Ishlab chikaruvchi kuchlarni rivojlantirish yoʻli bilan yangi Ye.larni oʻzlashtirib, qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli Ye.larga aylantirish mumkin. Biroq uning ham nihoyasi bor. Ye.ning tabiiy chegaralanganligi undan intensiv foydalanish zarurligini taqozo qiladi. Ye. oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan i.ch. vositasiga mansub. Texnika bilan qurollanishning oʻsishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi darajasiga qarab qishloq xoʻjaligi Ye.larini koʻpaytirish, ularning asosiy qismi — haydaladigan Ye.larning salmogʻini oshirish imkoniyati paydo boʻladi. Ammo sanoatning rivojlanishi natijasida buning aksi — qishloq xoʻjaligi Ye.larning qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqib ketish jarayoni ham yuz beradi. Har yili keng miqyosda sanoat, kurilish, transport ehtiyojlari uchun katta miqdorda Ye. ajratiladi. Uning asosiy qismi qishloq xoʻjaligi Ye.lari hissasiga toʻgʻri keladi. Jamiyatda Ye.dan qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanish yetakchi oʻringa qoʻyiladi, chunki faqat qishloq xoʻjaligida Ye. asosiy i.ch. vositasidir.
21-asr boshida Ye. kurrasida mavjud 13 mlrd. ga Ye. maydonidan 1,5 mlrd.ga (quruqlikning taxminan 10%) haydalib, dehqonchilik qilinadi (1998). Insoniyatning dehqonchilik tarixida taxminan 2 mlrd. ga unumdor Ye.lar suv bostirilishi, shoʻrlanishi, choʻlga aylanishi, qurilish ishlari olib borilishi tufayli yoʻqotilgan. Hozir dunyo boʻyicha har yili 6—7 mln. ga unumdor Ye.lar qishloq xoʻjaligi tasarrufidan chiqib ketmoqda. Shu sababli olimlar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT ekologiyaga, ekinzor Ye.larni avaylash, tuproq unumdorligini saqlash kabi muammolarga katta eʼtibor bermoqda. BMT 1990-yildan 22 aprelni Ona Zaminga eʼtibor, uni avaylab asrashga qaratilgan xalqaro Yer sayyorasi kuni deb eʼlon qildi va shu sana jahon miqyosida har yili keng nishonlanmoqda.
Oʻrta Osiyo sharoitlarida yer fondining eng qimmatli muhim qismi — sugʻoriladigan Ye.lar. Toʻgʻri foydalanilganda beradigan mahsuloti boʻyicha 1 ga sugʻoriladigan yer 6—7 ga lalmikor Ye.ga, 50 ga baland togʻli va 100 ga choʻl yayloviga teng . Oʻrta Osiyoda sugoriladigan Ye. maydonlarini kengaytirish imkoniyatlari hali ham katta. Melioratsiyalash, Ye.dan ilmiy asoslarda toʻgʻri foydalanish, uning unumdorligini oshirish xalq xoʻjaligi masalalarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo mintaqasida 6,8 mln.ga atrofida sugʻoriladigan Ye. bor (Jahon boʻyicha 271432 ming ga; 1998).
E.ning isteʼmol qiymatini yaratuvchi va ayni bir paytda uning mehnat predmeta va mehnat vositasi boʻlishini taʼminlaydigan asosiy xossasi — uning unumdorligi, yaʼni Ye.ning oʻsimliklarni oʻsish uchun zarur boʻlgan oziq moddalar bilan taʼminlash xususiyatidir. Tuproq unumdorligi tabiiy va iqtisodiy unumdorlikka boʻlinadi. Tabiiy unumdorlik — tuproqning boshlangʻich, imkoniyatdagi unumdorligi boʻlib, tuproqning fizik, kimyoviy, biologik xususiyatlari va iqlim sharoitlari bilan mustahkam aloqadorlik-ka ega. Tabiiy unumdorlikning potensial imkoniyatlari mehnat predmeti sifatida tuproqqa ishlov berish bilan, insonning faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Mehnat taʼsirida Ye.ning tabiiy unumdorligi samarali yoki iqtisodiy unumdorlikka oʻtadi, bunday unumdorlik ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, fan va texnika taraqqiyotiga qarab oʻzgarib boradi. I.ch. qurollari va fan taraqqiyoti darajasining yuksalishi Ye.ning unumdorligini tobora oshirib borishga imkon beradi. Tuproq unumdorligining ortib borishi, yaʼni toʻgʻri foydalanganda Ye. sifatining yaxshilanishi i.ch. vositasi boʻlgan Ye.ning eng muhim oʻziga xos xususiyatidir. Shu sababli Ye.dan oqilona foydalanish, Ye. maydonlarini kengaytirmagan holda i.ch.ni intensivlash qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni taʼminlaydigan bosh yoʻnalish hisoblanadi.
Ekinlar hosildorligi va chorva mahsuldorligining oʻsib borishi i.ch. vositasi boʻlgan Ye.ning sifati yaxshilanishining bevosita isboti boʻla oladi. Ye.ga toʻgʻri munosabatda boʻlish bir maydonning oʻzidan mahsulot chiqishini — max.suldorlikni tobora koʻpaytirishni taʼminlaydi. Kelgusida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish i.ch. vositasi boʻlgan Ye.ning sifatini tobora yaxshilash hisobiga erishiladi. Q.x. ishlab chiqarishini intensivlash boʻyicha katta tadbirlar dasturi — mineral oʻgʻitlar qoʻllash, melioratsiya, tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda dehqonchilik tizimini takomillashtirish xuddi shu masalaga yoʻnaltirilgan.
E.dan foydalanish samaradorligini oʻstirishning omillaridan biri — yer fondidan har tomonlama va intensiv foydalanishga asoslangan toʻgʻri xoʻjalik yuritish tizimini joriy qilishdir. Shu sababli konkret tuproq va iklim sharoitlari, Ye.ning meliorativ holatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan almashlab ekishni joriy qilish muhim oʻrinda turadi.
Q.x. nazariyasi va amaliyoti ilmiy texnologiya tuproq unumdorligini tobora yaxshilash va ekinlar hosildorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratib bera olishini allakachon isbot etgan. Ye.ning asosiy i.ch. vositasi sifatida oʻziga xos xususiyati dehqonchilikda i.ch. vaqti bilan ish davri (yaʼni i.ch. vositalarining asosiy qismidan, mehnat resurslaridan foydalanishning mavsumiyligi) oʻrtasidagi uzilishni vujudga keltiradi. I.ch. vositasi sifatida Ye.ga boʻlgan mulkchilik munosabatlari i.ch. (agrar munosabatlar) harakterini belgilaydi (qarang Agrar masala).
Oʻzbekistonda Ye.ga oid hukuqiy muno-sabatlar 1998-yil 30 aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi bilan tartibga solinadi. Ye. munosabatlariga oid yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Ye. resurslarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va Ye. fondidan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida OʻzRda 1998-yil 24 iyulda Yer resurslari davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
E. umummilliy boylik boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanishni taqozo etadi va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi (yana q. Yer resurslari, Yer fondi, Yerdan foydalanish).
Sulton Xolnazarov.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |