Yevropa stol tennisi ittifoqi
Yevropa stol tennisi ittifoqi – Yevropada stol tennisi sportining boshqaruv organi. Yevropa stol tennisi ittifoqi Xalqaro stol tennisi federatsiyasi tomonidan tan olingan yagona tashkilot hisoblanadi. Yevropa stol tennisi ittifoqi Yevropada stol tennisi bilan bogʻliq barcha masalalar, shu bilan birga uning 58 aʼzo assotsiatsiyalari tomonidan nazorat qilinadigan hududlarda sportni rivojlantirish va targʻib qilish, stol tennisi boʻyicha qitʼa musobaqalarini, xususan Yevropa chempionatlarini tashkil etish bilan shugʻullanadi[1].
Turi | sport tashkiloti |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1957 |
Joylashuvi | Lyuksemburg |
Hududiy xizmati | Yevropa |
Prezidenti | Igor Levitin |
Vebsayti | ettu.org |
Tarixi
tahrir1957-yildan boshlab stol tennisi boʻyicha jahon chempionatini har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan musobaqaga aylantirish toʻgʻrisidagi qaroridan keyin, Xalqaro stol tennisi federatsiyasi alohida Yevropa stol tennisi assotsiatsiyalarini keyingi juft yillarda Yevropa chempionatini oʻtkazishni koʻrib chiqishni taklif qildi. Shundan keyin 1957-yil 13-mart kuni Stokgolmda Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Chexoslovakiya, Sharqiy Germaniya, Finlandiya, Fransiya, Vengriya, Lyuksemburg, Gollandiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, SSSR, Uels, Gʻarbiy Germaniya va Yugoslaviya assotsiatsiyalari tomonidan Yevropa stol tennisi Ittifoqi tashkil etildi. Yetti kishidan iborat kengash saylandi, ular orasida fransuz Jean Belot birinchi rais sifatida saylandi. Birinchi stol tennisi boʻyicha Yevropa chempionati 1958-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtdi.
1999-yilda Yevropa stol tennisi ittifoqi Xalqaro stol tennisi federatsiyasi bilan birinchi televizion shartnomasini imzoladi, bu esa Chempionlar Ligasi oʻyinlarini Yevrosport kanalida jonli efirga uzatish imkonini berdi[2]. 2007-yildan boshlab Yevropa chempionati har yili oʻtkazaladigan musobaqaga aylandi va 2016-yildan boshlab chempionatda juft yillarda yakkalik va juftlik musobaqalari, toq yillarda jamoaviy musobaqalar oʻtkaziladigan boʻldi[3].
Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Yevropa stol tennisi ittifoqi Ijroiya kengashi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) tavsiyalariga binoan rossiyalik va belaruslik oʻyinchilar hamda rasmiylarni Yevropa stol tennisi ittifoqi tadbirlaridan chetlatdi[4].
Aʼzolar uyushmalari
tahrir2022-yilning sentyabr oyida Yevropa stol tennisi ittifoqining 58 ta aʼzo uyushmasi boʻlgan va quyidagilarni oʻz ichiga olgan[5]:
- Albaniya – Albaniya stol tennisi federatsiyasi
- Andorra – Andorra stol tennisi federatsiyasi
- Armaniston – Armaniston stol tennisi federatsiyasi
- Avstriya – Avstriya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Ozarbayjon – Ozarbayjon stol tennisi federatsiyasi
- Belarus – Belarus stol tennisi federatsiyasi
- Belgiya – Belgiya stol tennisi federatsiyasi
- Bosniya va Gersegovina – Bosniya va Gersegovina stol tennisi federatsiyasi
- Bolgariya – Bolgariya stol tennisi federatsiyasi
- Xorvatiya – Xorvatiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Kipr Respublikasi – Kipr stol tennisi assotsiatsiyasi
- Chexiya – Chexiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Daniya – Daniya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Angliya – Angliya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Estoniya – Estoniya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Finlandiya – Finlandiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Fransiya – Fransiya stol tennisi federatsiyasi
- Gruziya – Gruziya stol tennisi federatsiyasi
- Germaniya – Germaniya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Gibraltar – Gibraltar stol tennisi assotsiatsiyasi
- Gretsiya – Gretsiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Grenlandiya – Grenlandiya stol tennisi federatsiyasi
- Guernsey – Guernsey stol tennisi assotsiatsiyasi
- Vengriya – Vengriya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Islandiya – Islandiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Irlandiya – Irlandiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Isroil – Isroil stol tennisi assotsiatsiyasi
- Italiya – Italiya stol tennisi federatsiyasi
- Jersey – Jersey stol tennisi assotsiatsiyasi
- Kosovo – Kosovo stol tennisi federatsiyasi
- Latviya – Latviya stol tennisi federatsiyasi
- Lixtenshteyn – Lixtenshteyn stol tennisi assotsiatsiyasi
- Litva – Litva stol tennisi federatsiyasi
- Lyuksemburg – Lyuksemburg stol tennisi federatsiyasi
- Shimoliy Makedoniya – Shimoliy Makedoniya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Malta – Malta stol tennisi assotsiatsiyasi
- Moldova – Moldova stol tennisi federatsiyasi
- Monako – Monako stol tennisi federatsiyasi
- Chernogoriya – Chernogoriya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Niderlandiya – Gollandiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Norvegiya – Norvegiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Polsha – Polsha stol tennisi federatsiyasi
- Portugaliya – Portugaliya stol tennisi federatsiyasi
- Ruminiya – Ruminiya stol tennisi federatsiyasi
- Rossiya – Rossiya stol tennisi federatsiyasi (oʻyinchilar va rasmiy shaxslar tadbirlarda qatnashish taqiqlangan)
- San Marino – San Marino stol tennis federatsiyasi
- Shotlandiya – Shotlandiya stol tennisi federatsiyasi
- Serbiya – Serbiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Slovakiya – Slovakiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Sloveniya – Sloveniya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Ispaniya – Ispaniya stol tennisi federatsiyasi
- Shvetsiya – Shvetsiya stol tennisi assotsiatsiyasi
- Shveysariya – Shveysariya stol tennisi federatsiyasi
- Turkiya – Turkiya stol tennisi federatsiyasi
- Ukraina – Ukraina stol tennisi federatsiyasi
- Uels – Uels stol tennisi assotsiatsiyasi
Shon-sharaflar zali
tahrir2015-yil sentabr oyida Yevropa stol tennisi ittifoqi Yevropadagi stol tennisi sportiga hissa qoʻshgan chempionlar, afsonaviy oʻyinchilar va boshqa shaxslarni sharaflash maqsadida „Yevropa stol tennisi shon-shuhrat zali“ni taqdim etdi[6]. Quyidagi odamlar Shon-sharaflar zaliga kiritilgan[7]:
2015
- Maria Alexandru
- Mikael Appelgren
- Otilia Bădescu
- Viktor Barna
- Csilla Bátorfi
- Stellan Bengtsson
- Zoltán Berczik
- Richard Bergmann
- Tamara Boroš
- Fliura Bulatova
- Gizi Farkas
- Jean-Philippe Gatien
- Gábor Gergely
- Andrzej Grubba
- Jill Hammersley
- Marie Hrachová
- Kjell Johansson
- István Jónyer
- Tibor Klampár
- Éva Kóczián
- Johnny Leach
- Judit Magos
- Mária Mednyánszky
- Jörgen Persson
- Valentina Popova
- Gertrude Pritzi
- Jörg Roßkopf
- Angelica Rozeanu
- Zoja Rudnova
- Werner Schlager
- Eberhard Schöler
- Ferenc Sidó
- Dragutin Šurbek
- Bettine Vriesekoop
- Jan-Ove Waldner
- Ella Zeller-Constantinescu
2016
2017
2019
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „ETTU Handbook“. European Table Tennis Association. 2016-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
- ↑ „ETTU History“. European Table Tennis Union. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
- ↑ „ETTU Congress approves new regulations for European Championships 2016 and 2017“. European Table Tennis Union. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Moura tells ETTU Congress Russian and Belarusian ban "best course to take"“. www.insidethegames.biz (2022-yil 20-avgust).
- ↑ „Member Associations“. European Table Tennis Association. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
- ↑ „About: European Table Tennis Hall of Fame“. ETTHoF. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
- ↑ „European Table Tennis Hall of Fame“. ETTHoF. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.