Yoʻlchi Ibrohimov (1884—1937) — oʻzbekistonlik fidokor mehnatkashlardan.

Yo'lchi Ibrohimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1884-yil
Toshkent shahri
Vafoti 1937-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • ishchi

Hayoti va mehnat faoliyati

tahrir

Yoʻlchi Ibrohimov Toshkent shahrida tegirmonchi oilasida tugʻilgan. Eski usuldagi maktabda tahsil olgan. Bolalikdan otasi bilan turli boylarning qoʻlida tegirmonchilik qilgan.

1925-yilda Eski shahar bozorida bozorkoʻm vazifasida ishlagan. Y.Ibrohimov 1937-yilgacha turli bahonalar bilan yetti marta qamoqqa olingan va aybsiz deb topilib qoʻyib yuborilgan. 1925—1937-yilar oraligʻida Toshkent teri zavodida ishlaydi. 1936-yildan Yoʻlchi Ibrohimov respublika miqyosidagi shaxsiy pensioner hisoblangan. Shunga qaramay allakimlarningdir topshirigʻi bilan Akmal Ikromov siyosatiga qarshi chiqqan.

Naim Karimov tarixiy asarlar vositasida 1916-yil qoʻzgʻoloni davrida Yoʻlchi Ibrohimov va Yoʻlchi Shokirov ismli ishtirokchilar boʻlganligini qayd etarkan, „Qutlugʻ qon“ romanidagi bosh qahramon ismi ham ana shu ikki Yoʻlchi hayotidan olingan deb xulosa chiqaradi[1].

Ayblov

tahrir

Mardikorga olish voqealaridagi qoʻzgʻolonda ishtirok etib, Beshyogʻoch daha politsmeystri xonasiga el qatori hujumda qatnashgan va politsiyachini kaltaklagan, bir kishining oʻlimiga sababchi boʻlganligi uchun chor hukumati tomonidan 20 yilga koribadga hukm qilingan.

Sodir boʻlgan inqilob tufayli jazo muddati bir yarim yilga tushirilib surgun qilingan. Inqilobdan soʻng 1918—1923-yillarda Toshkent Eski shahar militsiyasi boshligʻi, GPU tashkiloti tomonidan qamoqqa olinib, 5 yilga surgun qilingan. Ammo aybi tasdiqlanmaganligi sababli olti oydan soʻng, 1923-yilda ozod qilingan.

1937-yil 30-noyabrda NKVD tomonidan sovetlarga qarshi tashviqotda ayblanib qamoqqa olinadi. Shu yilning 7-dekabrida esa NKVD Uchligining qaroriga koʻra 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan. Jazoni Arxangelsk viloyati, Kargopol lagerida oʻtagan[2].

Oʻlimi

tahrir

1940-yil 31-yanvarda ozod qilinganligi aytiladi, ammo taqdiri nomaʼlum. Oʻzbekiston Oliy Sudi tomonidan 1958-yil 3-yanvarda ish harakatdan toʻxtatilgan, yaʼni oqlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Urganch davlat universiteti filologik taqdqiqodlar markazi. Tafakkur ziyosi XL tom. Toshkent shahri: Toshkent-2017 — 98-bet. ISBN 978-9943-4658-6-2. 
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.