Yodgorbek Akbarov (ruscha: Акбаров, Ёдгорбек1979-yil 20-noyabr) – oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Yodgorbek Akbarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yodgorbek Akbarov
Tavallud sanasi 20-yanvar 1979-yil (1979-01-20) (45 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003 Oʻzbekiston Sementchi 26 (11)
2004 Oʻzbekiston Surxon 13 (1)
2005—2006 Oʻzbekiston Andijon 7+ (25)
2007—2009 Qirgʻiziston Alay ? (30)
2010 Qirgʻiziston Alga ? (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai holi tahrir

Oʻzbekiston oliy divizionida 2003-yili „Sementchi“ tarkibida 23 yoshida debyut qilgan. Mavsum yakunida jamoa tushib ketish zonasidan joy oldi va futbolchi 11 ta gol bilan uning toʻpurariga aylandi. Keyingi mavsumda yana bir autsayder – „Surxon“ safida oʻynadi va faqat bitta gol urdi. 2005-yilda „Andijon“ tarkibida birinchi liga gʻolibi boʻldi va 24 ta gol (boshqa maʼlumotlarga koʻra 26) toʻp kiritib, turnir toʻpurarlari uchligiga kirdi. Ammo keyingi yili oliy ligada „Andijon“ safida bor yoʻgʻi 7ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi.

2007-2009-yillarda Qirgʻizistonning „Alay“ (Oʻsh) jamoasida oʻynagan va klubning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻlgan. 2007-yilda 10 ta gol bilan Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari 10 taligiga kirgan boʻlsa, 2008-yilda (9 gol) va 2009-yilda (11 gol) uchinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, 2008 va 2009-yillarda chempionatning bronza medali sovrindori, 2009-yilda esa Qirgʻiziston kubogi finalchisi boʻlgan. 2010-yilgi mavsumni, „Alay“ chempionatdan chetlatilganidan soʻng, Bishkekning „Alga“ klubiga oʻtkazildi va shundan keyin u yuqori saviyada oʻynamadi.

Havolalar tahrir