Said ota masjidi
(Yormuhammad Devon masjididan yoʻnaltirildi)
Said ota masjidi – Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (1766). Masjid usti yopiq hovli (14,0x7,0 m), xonaqoh (7,0x7,0 m), ayvon va unga kiraverishdagi qoʻshimcha xonalar (qorovulxona, otxona va boshqalar)dan iborat. Masjid oldini qator ustunli ayvonlar egallagan. Hovli markazida quduq saqlangan. Xonaqoh gumbaz tomli, gumbaz asosiga gʻishtin sharafalar, ostki qismiga 8 ta ravoqli deraza ishlangan. Said ota masjidini bezaksiz, yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan ustun, eshik va derazalari bilan diqqatga sazovor. Darvozadagi arab yozuvlari orasida masjidning qurilgan yili qayd etilgan[1].
Masjid | |
Said ota masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Xonqa |
Mulkdor | Davlat mulkiga qarashli |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |