Yoz, alvido!

„Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq

Yoz, alvido!“ (shunchaki „Yoz alvido“ oʻlaroq ham maʼlum) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2002-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. Qoʻshiqni guruh solisti Tohir Sodiqov bastalagan, soʻzini esa Sodiqov akasi Husan Sodiqov bilan hamkorlikda yozgan[manba kerak]. „Yoz, alvido!“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir.

„Yoz, alvido!“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2002
Yozib olingan 2002
Janr pop-rok
Davomiyligi 4:21
3:46 (remiks)
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Husan Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Yoz, alvido!“ qoʻshigʻi remiksini guruhning 2002-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „11-albom“ nomli albomiga ilk trek oʻlaroq kiritgan[1], ammo bu taronalar 2014-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

Shuningdek, „Yoz, alvido!“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ (tarjimasi „Fontana yillarning eng sara [qoʻshiqlari]“) terma albomiga 18-trek oʻlaroq kiritilgan[2]. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.

„Yoz, alvido!“ qoʻshigʻini bugunga qadar bir necha xonanda kaver qilgan. Jumladan, aktrisa va xonanda Asal Shodiyeva Yorqinxoʻja Umarov bilan hamkorlikda „Cover Version Battle“ teledasturida qoʻshiqni ijro etgan[3].

Manbalar tahrir

  1. „"Болалар" гуруҳининг 11 чи оригинал альбоми“. YouTube (17-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
  2. „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Apple Music (22-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  3. „Asal Shodiyeva & Yorqinxo'ja Umarov - Yoz alvido (T.Sodiqov)“. YouTube (2018-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.

Havolalar tahrir