Yozyovon — O‘zbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi shaharcha (1974-yildan). Yozyovon tumani markazi. Yozyovon nomi yozi yovon, yaʼni yozgi choʻl, tekislik maʼnosini bildiradi. Yozyovon tumani Fargʻona shahridan 30 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Margʻilon (22 km). Aholisi 10,9 ming kishi (2000); Umumiy taʼlim maktablari, 1 kollej, 2 litsey, 3 kutubxona, 2 kasalxona, 3 tibbiy punkt, aloqa boʻlimi, muzey, bozor, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kichik va xususiy korxonalar bor.Yozyovon tumani Farg'ona vodiysining eng markazida joylashgan. Andijon, Qoʻqon, Fargʻona, Namangan shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻllari oʻtgan.Bundan tashqari A373 magistral yo'li o'tgan.[2]

Yozyovon
shahar
40°39′43″N 71°44′35″E / 40.66194°N 71.74306°E / 40.66194; 71.74306
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Yozyovon tumani
Aholisi
 (1989)
7 458[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yozyovon xaritada
Yozyovon
Yozyovon

Manbalar

tahrir
  1. Population census-1989
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil