Yunusxon maqbarasi – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara 1559-yilda bunyod etilgan. Bugungi kunda madrasa „Ichan qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 13-uyda; Ichan qalʼa tarkibida, Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida joylashgan.

Madrasa
Yunusxon maqbarasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xorazm viloyati
Shahar Xiva
Manzil Ichan qalʼa MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 13-uy
Mulkdor Davlat mulki. „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Kichik
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida
Qurilish materiali pishiq gʻisht

Yunusxon maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Tarixi

tahrir

Xiva shahrida XIV asrning ikkinchi yarmida, 1558—159-yillarda bunyod etilgan Yunusxon maqbarasi 1556—1557-yillarda Xiva xonligini boshqargan hukmdor Yunusxonga atab qurilgan. U Xoʻjash mahram madrasasining janubida va mashhur Pahlavon Mahmud maqbarasining orqa – shimol tomonida joylashgan boʻlib, ushbu majmuaning bir qismi hisoblanadi. Yunusxon bu maqbara xonalaridan biriga dafn etilgan. Biroq, maqbaradagi ikkinchi qabrga kim dafn qilingani maʼlum emas[3].

Yunusxon maqbarasi „Ichan qalʼa“ kompleksi tarkibiga kiradi[4].

Qurilish uslubi

tahrir

Maqbara toʻrtburchak shakldagi tarhli, umumiy maydoni 7x13,5 m ni tashkil etadi. U baland peshtoqli va ikki gumbazli imorat, goʻrxona va ziyoratxona (4,5x4,5 m)dan iborat. Xonalari bir-biridan ravoqlar yordamida ajratilgan. Ichki devorlariga yassi va keng hajmli ravoqlar ishlangan. Ziyoratxona orqali daxmali goʻrxonaga kiriladi. Xonalar charxi gumbazlar bilan yopilgan. Ichki devorlarining gumbaz osti bagʻali, ravoqlarining gʻishtlari mavj usulida terilgan. Maqbara oddiy pishiq gʻishtlardan qurilgan boʻlib, unga hech qanday bezak berilmagan[5].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir