Yurak (qoʻshiq)

oʻzbek xonandasi Rayhon ijro etgan qoʻshiq

Yurak“ (toʻliq nomi „Yurak (Tomchi 2)“; „Aldangan yurak“ deb ham nomlanadi) — oʻzbek xonandasi Rayhon ijro etgan qoʻshiq. Xonanda qoʻshiqni 2018-yilning fevralida bergan konsertida ilk bor ijro qilgan. Oʻsha yilning aprelida qoʻshiq Oʻzbekiston radiokanallarida eʼlon qilingan. Tarona Rayhonning 2020-yil eʼlon qilingan „Mayli manda“ albomiga kiritilgan. Albomdan taronaning remiksi ham oʻrin olgan. „Yurak“ qoʻshigʻini xonanda Hamdam Sobirov va bastakor Jasur Badalboyevlar yozgan[1]. Qoʻshiq tonalligi — si-bemol minor[2][3].

„Yurak“
Rayhon qoʻshigʻi
„„Mayli manda““ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2018
Janr pop
Davomiyligi 3:56 (singl versiya)
4:11 (klip versiyasi)
Matn muallif(lar)i Hamdam Sobirov
Bastakor(lar) Jasur Badalboyev
„Mayli manda“ xronologiyasi
„Yolvorma (remiks)“ Yurak „Yurak (remiks)“
Klipi
„Yurak“ YouTubeda

Yurak qoʻshigʻi uchun olingan klip Rayhonning YouTubeda eng koʻp koʻrilgan musiqiy videolarining biridir. Klipda taniqli aktyorlar Alisher Uzoqov, Muqaddas Saʼdullayeva va Shahzod Sultonovlar rol oʻynagan. Shuningdek, Sultonov qoʻshiqqa kiritilgan sheʼrni oʻqigan[manba kerak]. Klip 2018-yilning mayida YouTubega yuklanganidan to 2020-yilning oktyabriga qadar 33 million martadan oshiq koʻrilgan[4]. Klipda xonandaning „Tomchi“ nomli qoʻshigʻi uchun olingan klip syujeti davomi tasvirlangan. Shuning uchun ham kompozitsiyaga „Yurak (Tomchi 2)“ nomi berilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Райҳон "Юрак" қўшиғини тақдим қилди“. Popcorn (20-aprel 2018-yl). Qaraldi: 3-oktyabr 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 3-oktyabr 2022-yil.
  3. „Джасур Бадалбаев (Jasur Badalbaev)— композитор, песни которого становятся хитами!“ (ruscha). Uz Daily (20-iyul 2022-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2022-yil.
  4. „Rayhon - Yurak (Tomchi 2)“. YouTube (17-may 2018-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2022-yil.

Havolalar tahrir