Zakintos tangalari – qadim Yunoniston afsonalariga koʻra, Zakintos orolining Zakinf shahrida zarb qilingan, old tarafida sherning boshi va orqa tarafida svastikaga oʻxshovchi shaklga ega uch dona maxsus sehrlangan tangalar. Tanga kim tomonidan sehrlangani haqida yetarli maʼlumot yoʻq. Afsonalarga koʻra bu tangalarning uchchalasini bir vaqtda qoʻlda tutgan inson istalgan kishi ustidan cheksiz nazoratga ega boʻlgan. Tangalar nafaqat hokimiyat, balki urushga boʻlgan xayrihoxlikni ham keltirib chiqargani uchun, koʻplab manbalarda bu tangalar Ares (yunonlarda urush maʼbudi) tomonidan sehrlangan degan fikrni ilgari surilgan[1][2].

Qiziq tarafi bu tangalar haqida izlanishlar olib borgan Farley Kolt Aleksandr Makedonskiy, Kleopatra, Kaligula, Neron kabi mashhur hukmdorlar oʻzlariga xuddi shu kabi tangalardan yasatib olishgani haqidagi manbalarni topgan. Tangalar ayro holda hech qanday kuchga ega boʻlmaydi, ularning kuchiga egalik qilmoqchi boʻlgan odam uchta tangani ham bitta joyda ushlashi hamda tangalarning avvalgi egasi oʻlgan boʻlishi kerak[3].

Manbalar

tahrir
  1. Sergeenkova, Afsona; Drobysheva, Nailya Sabitovna (2024-07-02). „Corticotomy as a stage of complex treatment of orthodontic patients. Review“. Russian Journal of Dentistry. doi:10.17816/dent585754. ISSN 2413-2934.
  2. Dimitriadis, Charalampos; Neave, Erika F.; Shum, Peter; Mariani, Stefano; D’Amen, Manuela; Azzurro, Ernesto (2023). „Prvi nalaz tupousne barakude Sphyraena chrysotaenia (Klunzinger, 1884.) i indopacifičke vrste ježinca Diadema setosum (Leske, 1778.) u morskom zaštićenom području otoka Zakintos (Jonsko more, Grčka)“. Acta Adriatica. 64-jild, № 1. 83–86-bet. doi:10.32582/aa.64.1.3. ISSN 1846-0453. {{cite magazine}}: line feed character in |title= at position 72 (yordam)
  3. Kolega, Marija (2017-12-19). „Primjer damnatio memoriae u Enoni: Kaligula / August“. Ars Adriatica. 7-jild. 15–28-bet. doi:10.15291/ars.1382. ISSN 1848-7459.