Zardoʻsht tavallosi
“Zardoʻsht tavallosi: nasriy doston” (nemischa: Also sprach Zarathustra. Ein Buch für Alle und Keinen , 1883—1885) — Fridrix Nitsshening falsafiy romani. Avvaliga kitob bir yil davomida yozilgan uchta alohida qismdan iborat boʻlgan. Nitsshe yana uch qism yozishni rejalashtirgan, lekin faqat bir qisminigina yakunlagan. Nitsshe vafotidan soʻng toʻrttala qism bitta tomda chop etilgan.
“Zardoʻsht tavallosi” asarining birinchi nashri muqovasi | |
Asl nomi | Also sprach Zarathustra. Ein Buch für Alle und Keinen |
---|---|
Muallif(lar) | Fridrix Nitsshe |
Tarjimon(lar) | Ibrohim Gʻafurov |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2015-yil |
Asar nomi
tahrirOʻzining oxirgi asari “Ecce homo”da (1888) Nitsshe shunday yozgan[1]:
Mening ogʻzimda Zardoʻshtning ismi nima anglatishini mendan hech kim soʻramagan, ammo soʻrashlari kerak edi — birinchi immoralistning ogʻzida: axir bu ushbu forsning tarixdagi beqiyosligiga aynan teskari maʼnoni anglatadi. Zardoʻsht birinchilardan boʻlib yaxshilik va yomonlik kurashida har kimsa va har narsaning haqiqiy harakatlantiruvchisini koʻrgan, va axloqni metafizika tiliga kuch, sabab, oʻziga maqsad sifatida tarjima qilish uning ishi edi. Ammo bu savol aslida oʻz ichiga javobni ham oladi. Zardoʻsht bu halokatli yanglish fikrni — axloqni yaratdi: demak, u birinchi boʻlib ushbu yanglishlikni aniqlashi ham kerak.
Asar tarixi
tahrirUshbu asarni yozish gʻoyasi Nitssheda 1881-yilda tugʻilgan. Kitobning bosh gʻoyasi sifatida “abadiy qaytish” (vaqtning siklikligi) boʻlgan. Zardoʻsht deb Avesto muallifi tushunilgan. 1882-yilda Nitsshe kasalligi tufayli Italiyada, Genuyadan gʻarbda davolangan. 1883-yil fevral oyida u asarning 1-qismini yozgan.
Asar mazmuni
tahrirAsarning asosiy qahramonining nomi ʻZardoʻshtʻ (ʻZarathustraʻ — tarixiy eroniy paygʻambar ham huddi shunday ismga ega). 30 yoshga toʻlgach, u oʻz vatani va “koʻli”ni[2] tark etib, togʻlarga ketadi va u yerda toʻliq yolgʻizlikda (ʼEinsamkeitʼ) 10 yil davomida hikmatni (ʼWeisheitʼ) oʻrganadi. Uning yoʻldoshlari faqat Burgut va Ilondir. Keyin Zardoʻsht “katta yorugʻlik”dan (ʼGestirnʼ) duo soʻrab, odamlarga vaʼz qilishga boradi. Uning birinchi uchragan kishisi oʻrmondagi hujrada yashovchi bir qariya (ʼGreisʼ) boʻlib, u Xudoga boʻlgan muhabbati haqida hikoya qiladi. Ammo uchrashuv tugaganidan soʻng, Zardoʻsht “Xudo oʻlganini” (ʼGott tot ist!ʼ) anglaydi. U “eng yaqin shahar”ga keladi va bozor maydonida Aʼlo odam (ʼÜbermenschʼ) haqida taʼlimot berishni boshlaydi. Odam maymundan (ʼAffeʼ) qanchalik yuqori boʻlsa, Aʼlo odam ham odamdan (ʼMenschʼ) shunchalik yuqori boʻladi. Inson hayvon (ʼTiyerʼ) va Aʼlo odam oʻrtasida tortilgan arqon (ʼSeilʼ). Bu taqqoslash aholi koʻnglini ochadigan dorbozni (ʼSeiltänzerʼ) ilhomlantiradi. Oʻz taʼlimotini tushuntirar ekan, Zardoʻsht ilm olganlarni, ishlaydiganlarni va ixtiro qiladiganlarni yaxshi koʻrishini taʼkidlaydi, chunki ular oʻzlarining qulashini (ʼUntergangʻ) istashadi, yaʼni oʻzlarini yengishadi. Zardoʻsht “raqsga tushuvchi yulduz” (ʼtanzenden Sternʼ) yaratish uchun oʻz ichida Xaos tutishni maslahat beradi. Toʻsatdan dorzboz arqondan qulaydi va halok boʻladi. Zardoʻsht oʻlayotgan dorbozni doʻzax va iblis (ʼTeufelʼ) yoʻqligi va ruh ham oʻlishini aytib xotirjam qiladi. Murdani yelkasiga olib, Zardoʻsht shaharni tark etadi va dorbozni oʻrmon daraxtining kovagiga koʻmadi. Oʻz vaʼzining muvaffaqiyatsizligi haqida mulohaza qilar ekan, Zardoʻsht unga olomon emas, balki shogirdlar kerakligini anglaydi. Buning uchun Zardoʻsht “qadriyatlar taxtalari”ni (ʼTafeln der Werteʼ) sindirishi va “koʻplarini podadan ozod qilishi” (ʼHeerdeʼ) kerak.
Keyin Zardoʻsht “uch oʻzgarish” (ʼDrei Verwandlungenʼ) yoki ruhiy oʻsishning uch bosqichi haqida gapiradi: tuya (ʼKamelʼ), sher (ʼLöweʼ) va bola (ʼKindʼ). Tuya bosqichida ruh bilimlar bilan yuklanadi, sher bosqichida u katta ajdarga qarshi chiqadi va “men xohlayman” (ʼIch willʼ) deb eʼlon qiladi, bola bosqichida u “yangi qadriyatlar” (ʼneuen Werthenʼ) yaratadi.
Zardoʻsht “rangli sigir” (ʼbunte Kuhʼ) shahriga keladi. U yerda Zardoʻsht nasroniy qadriyatlar sohiblariga ishora qilgan holda uyquchilar, boshqa dunyoni qidiruvchilar va tanaga nafrat qiluvchilarni tanqid qiladi. Zardoʻsht fazilatlarning (ʼTugendʼ) nisbiyligi va ziddiyatlarning bir-biriga dialektik oʻtishi haqida oʻrgatadi: shaytonlar farishtalarga aylanadi, oqillikda devonalik (ʼWahnsinnʼ) topiladi, urush va janglar esa zaruriyatga aylanadi. Oʻz navbatida madaniyat qadriyatdan odamning dushmani boʻlgan “ogʻirlik ruhi”ga (ʼGeist der Schwereʼ) aylanadi. Hatto davlat hokimiyatini Zardoʻsht “yangi but” (ʼneuen Götzenʼ) deb atab, uni xalqqa qarshi qoʻyadi. Podalik hissi (ʼHeerde diye Lustʼ) tanqidi hamda ayollar va oʻlim haqida mulohaza qilgandan keyin Zardoʻsht “rangli sigir” shahrini tark etadi. Dinni tanqid qilgandan keyin, Zardoʻsht tenglikni (ʼGleichheitʼ) tanqid qilishga oʻtadi, chunki uning asosida hasad yotadi. Odamlar uchun odatiy haqiqatga boʻlgan irodani u ”hokimiyatga iroda“ (ʼWille zur Machtʼ) deb nomlaydi. Zardoʻsht Baxtli Orollarga dengiz boʻylab sayohatdan qaytib, shahvatparastlik (ʼWollustʼ), hokimiyatparastlik (ʼHerrschsuchtʼ) va oʻzini sevishlikdan (ʼSelbstsuchtʼ) iborat uchta yomonlik haqidagi keng tarqalgan taʼlimotni ”baholab koʻradi“. U faqat shahvatparastlikdagina nuqsonni koʻradi. Keyin Zardoʻsht Aʼlo odamga yetaklovchi yoʻlning oʻrtasini anglatuvchi ”ulkan peshin“ (ʼgrosse Mittagʻ) boshlanganligini eʼlon qiladi.
Asosiy gʻoyalar
tahrirKitobda Nitsshening asosiy gʻoyalari mavjud: Xudoning oʻlimi (antiteizm), Aʼlo odam (ijtimoiy darvinizm), hokimiyatga iroda (vitalizm). maorif davri boshidan yevropaliklar ongida hukmron boʻlgan taraqqiyot (yetakchi rivojlanish) doktrinasiga qarshi Nitsshe abadiy qaytarilish va har qanday rivojlanishning siklchanligi haqidagi taʼlimotni qoʻyadi[3]. Faqat Aʼlo odamgina hattoki eng achchiq daqiqalarni ham cheksiz qayta kelishini qabul qilishga tayyor. Nitsshega koʻra, bunday mavjudotning oddiy odamdan farqi odamning maymundan farqichalikdir[3].
Taʼsiri
tahrirNitsshe asari Injilga oʻxshab falsafa, nasr va sheʼr oʻrtasida muvozanat saqlaydi. Muallif “qadimiylikka” murojaat qilib, kitobini oʻz hayotini tugatgan yahudiy-xristian axloqini namoyon qilgan holda Injilga qarshi qoʻyishga intilgan[4]. Nitsshe kitobi Bibliyaga ishoralarni ham (yonuvchi ustun, qoʻylar, choʻponlar, voizlar), inversiyalarni ham (“yaqinlar” “uzoqlar”ga qarshi qoʻyiladi, Qonunni bajarish uni buzish bilan almashtiriladi) oʻz ichiga oladi. Qizigʻi Nitsshening ushbu asari va Injil Birinchi jahon urushi davrida nemis askarlari oʻzlari bilan eng koʻp olib yurgan ikki kitoblar edi[3]. Nitssheancha ideologiyaga ayniqsa Uchinchi reyx davrida talab katta boʻlgan. 1934-yili Nitsshening singlisi Elizabet Fyorster-Nitsshe Gitlerni uch marotaba Nitsshe muzey-arxivini tashrif buyurishiga, Nitsshe byustini ehtirom bilan qarab turgan holda suratga tushishiga va muzey-arxivni natsional-sotsialistik ideologiyaning markazi deb eʼlon qilishiga erishgan. Nitsshening “Zardoʻsht tavallosi” kitobi Gitlerning “Mayn Kampf” va Alfred Rozenbergning “Yigirmanchi asr afsonasi” bilan birgalikda vafot etgan prezident Gindenburgning qabriga tantanali ravishda qoʻyilgan[5].
Oʻzbekcha nashri
tahrirAsar 2015-yilda „Yangi asr avlodi“ nashriyotida Ibrohim Gʻafurov tarjimasida asosida nashr etilgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Bakusev, Vadim. „Заратустра или Заратуштра?“. // nietzsche.ru. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
- ↑ Urmiya: см. Ницше Ф. так говорил Заратустра. М.: МГУ, 1990. Приложение 1. С.290
- ↑ 3,0 3,1 3,2 «Nietzsche»
- ↑ Ronald S. Beiner. Civil Religion: A Dialogue in the History of Political Philosophy. Cambridge University Press, 2010. Page 383.
- ↑ William J. Astore, Dennis E. Showalter. ʻHindenburg: Icon of German Militarismʻ. Brasseyʻs, 2005. ISBN 978-1-57488-654-2. Page 99.
- ↑ Fridrix Nitsshe. Zardoʻsht tavallosi: nasriy doston, Tarjimon Ibrohim Gʻafurov, Toshkent: „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2015 — 448-bet. ISBN 978-9943-27-262-0.