Zargartogʻ
Zargartogʻ (Hayotboshi togʻi) — Shimoliy Nurota tizmasidagi togʻ. Samarqand va Jizzax viloyatlari chegarasida joylashgan. Uzunligi 15 km. Markaziy qismining balandligi 2000 m dan ziyod. Eng baland joyi — 2169 m. Zargartogʻ — Nurota tizmasining eng baland qismi. Yalangʻoch qoyalardan iborat togʻ massivi karbonning granit va granodioritlaridan tuzilgan. Eroziya shakllari keng rivojlangan, soylar chuqur (400—700 m) daralar hosil qilgan. Zargartogʻda gumusga boy jigarrang tuproqlar tarqalgan, ularda boshoqli oʻtlar, togʻ kserofitlari va barg toʻquvchi butalar oʻsadi[1].
Manbalar
tahrir
Jizzax viloyatiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Samarqand geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |