Zarir
Zarir soʻzi fors-tojik tilidan eski oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Klassik oʻzbek poeziyasi tilida aktiv qoʻllangan. Alisher Navoiy asarlarida zarir koʻrinishida keladi: Va gar qish havosi toʻkub zamharir, Ki bard aylar erdi baqamni zarir. (Saddi Iskandariy , 1378)
Shakllari
tahrirXIV-XV asrlarda bitilgan turkiy yozma manbalarda bu soʻzni zarir shaklida qayd etilganini uchratmadik. Lekin Mahmud Qoshgʻariyning lugʻatida zäränzä — bot. maxsar (I , 420) soʻzi uchraydiki, bu shu forsiy zarir soʻzining turkiy dialektlarda qoʻllash formasi boʻlsa kerak.
Eski tojik tilida
tahrirZarir soʻzi eski tojik tilida: 1.giyohi zardest, kibo shirai on matoʻharo rang mekunand; 2.maj.zard (F. Z.T. I , 1969, 440), hozirgi eroniy tillardan fors tilida zarir: 1)bot.rezeda krasilnaya; 2) jelch' 3) jettuha (Rubinchik, I, 1970, 761) kabi maʼnolarni anglatadi.
Hozirgi tillarda
tahrirHozirgi tojik, afgʻon, kurd va turkiy tillarda qoʻllanmaydi.
Etimoni
tahrirSoʻzning etimoni haqida maʼlumot yoʻq. U yasama soʻz boʻlib, zar+ir dir. Soʻzning bosh morfemasi fors-tojik tilidagi rang bildiruvchi zard va zar soʻzlari bilan bir asosdan paydo boʻlgan. Ikkinchi morfema -ir ot yasovchi qoʻshimchadir.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 53-54-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.