Zartepa – Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: VVII asrlar. Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Zartepa“ MFY . Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan – davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Zartepa – Termiz shahridan 26 km shim, gʻarbda joylashgan qadimiy shahar harobasi. Zartepa 19511952 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan tekshirilgan. Zartepa kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uzunlik 400 m dan. Sharqiy devor xarobalari 6-7 m, gʻarbiy devori 4 m gacha saqlanib qolgan. Shaharning shimoli-sharqida kvadrat shaklida qalʼaqoʻrgʻon bor, u Shahristondan mudofaa chizigʻi – katta xandaq bilan ajratilgan. 19601980 yillarda arxeolog V.Zavyalov, Q.Sobirov va Sh. Pidayevlar tomonidan oʻrganish davom ettirilgan. Arxeologik qazishmalar tufayli Zartepaning shahriston qismidan uy-joy qoldiqdari va koʻchalar ochilgan. Sopol idishlarining asosiy qismi angob bilan boʻyalgan. Zartepadan odam va hayvonlarning haykalchalari va har xil tangalar ham topilgan. Topilmalarning eng qadimgisi mil. av. IV asrmil. av. II asrlarga, keyingilari ilk oʻrta asrlar (V asrVII asrlar)ga toʻgʻri keladi[3].

Qadimiy shahar xarobasi

tahrir

Kushon podsholigining Shimoliy Baqtriyada joylashgan yirik markazlardan biri. 1949-yilda topilgan; 1951-1952 va 1972-yillarda qazishmalar olib borib oʻrganilgan. Maydon 16,9 ga, kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uzunligi 400 m. Sharqiy devor xarobalari 6-7m. Gʻarbiy devori 4m. gacha saqlanib qolgan. Shaharning shimoli—sharqida kvadrat shaklida qoʻrgʻon bor, u shahardan katta xandaq bilan ajratilgan. Toʻrtta darvozasi (ikkitasi sharq, ikkitasi gʻarb tomonlarda) boʻlgan. Koʻchalar va koʻpgina arxtektura inshootlarining izi qolgan. Koʻplab sopol idishlar, odam va hayvonlarning xaykallari, tangalar topilgan. Sopol idishlarning asosiy qismi qizil angob bilan boʻyalgan. Tapilmalarning eng qadimiylari millodan avvalgi IV-II asrlarga, keyingilari ilk oʻrta asrlarga V-VII asr) toʻgʻri keladi.

Manbalar

tahrir