Zhang Xizhe
张稀哲
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhang Xizhe
Tavallud sanasi 23-yanvar 1991-yil (1991-01-23) (33 yosh)
Tavallud joyi Wuhan, Hubei, Xitoy
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Beijing Guoan
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2004 Qinhuangdao Football School
2005—2006 Beijing Black Horse
2006—2009 Beijing Guoan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2014 Beijing Guoan 122 (24)
2010Beijing Guoan Talent (Ijara) 5 (2)
2015 VfL Wolfsburg 0 (0)
2015 Beijing Guoan 140 (21)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Xitoy U-20 9 (2)
2012—2013 Xitoy U-23 7 (2)
2011 Xitoy 37 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 26-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 29-mart uchun)

Zhang Xizhe (talaffuzi: Chjan Sichje) (1991-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Beijing Guoan“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Zhan Xizhe futbolchilik faoliyatini „Beijing Guoan“ jamoasida 2009-yil 30-avgustda „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻynagan paytda boshlagan. Keyin 2010-yilgi mavsumda S.Liga vakili Beijing Guoan Talent jamoasiga ijaraga berilgan. U 2010-yilning 12-martida Geylang Unitedga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qilgan va klub uchun birinchi golini kiritgan[1]. U 2010-yil iyul oyida Pekinga qaytib kelgan va klub uchun birinchi golini 2010-yil 22-avgustda Henan Jianyega qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan. 2012-yilgi mavsumda Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini bilan taqdirlangan. 2013-yilgi mavsum Zhang uchun ajoyib mavsum boʻldi, oʻttizta liga oʻyinida oʻn bitta gol urdi va oʻn ikkita golga assistentlik qildi.

2014-yil 16-dekabrda Zhang Pekin uchun yana bir muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Bundesliga vakili VfL Wolfsburgga oʻtgan[2]. Zhang Wolfsburg uchun norasmiy debyutini 2015-yilning 14-yanvarida qishki yigʻin paytida „Ajax Keyptaun“ga qarshi oʻyinda Bas Dostning ikkinchi goliga assitentlik qilgan[3].

2015-yil 15-iyulda Zhang VfL Wolfsburg bilan atigi olti oy oʻtkazgach, Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoanga qaytgan[4]. U 2015-yilning 20-iyulida „Shanghai SIPG“ga qarshi o‘yinda (0:0) klub safida debyut qilgan. U 2015-yilning 20-sentyabrida „Jiangsu Sainty“ga qarshi o‘yinda klub uchun birinchi golini kiritgan. 2017-yilning 25-oktabr kuni Zhang Chen Leyning yuziga shapaloq urgani uchun „Chongqing Dangdai Lifan“ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan[5]. 2017-yilning 3-noyabrida Xitoy futbol assotsiatsiyasi uni ligada o‘n ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilgan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

Zhang 2009-yilda Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida qatnashgan va beshta oʻyinda ikkita gol urgan. 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida u har bir oʻyinda qatnashgan, Xitoy turnirda chorak finalda magʻlub boʻlgan. U 2011-yilning 26-martida Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda (2:2) Xitoy terma jamoasida debyut qilgan[7]. U Xitoy terma jamoasidagi ilk golini 2013-yilning 6-sentyabrida Singapurga qarshi oʻyinda (6:1) kiritgan[8]. 2014-yil 5-mart kuni Zhang 2015-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining so‘nggi o‘yinida Iroqqa qarshi bahsda (3:1) penaltini aniq amalga oshirgan va bu Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogida eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallagan jamoa sifatida Livanni to‘plar nisbatida mag‘lub etishini taʼminlagan[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Beijing Guoan 2009 Xitoy Super Ligasi 1 0 - - 0 0 - 1 0
2010 8 2 - - - - 8 2
2011 28 1 4 1 - - - 32 2
2012 26 4 2 0 - 5 1 - 33 5
2013 30 11 3 1 - 8 0 - 41 12
2014 29 6 3 1 - 7 0 - 39 7
Jami 122 24 12 3 0 0 20 1 0 0 154 28
Beijing Guoan Talent (Ijara) 2010 S.Liga 5 2 0 0 0 0 - - 5 2
VfL Wolfsburg 2014—2015 Bundesliga 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
Beijing Guoan 2015 Xitoy Super Ligasi 11 1 0 0 - - - 11 1
2016 25 6 4 0 - - - 29 6
2017 25 3 2 1 - - - 27 4
2018 18 4 8 2 - - - 26 6
2019 24 2 0 0 - 5 1 1 0 30 3
2020 19 1 1 0 - 8 0 - 28 1
2021 18 4 0 0 - 0 0 - 18 4
Jami 140 21 15 3 0 0 13 1 1 0 169 25
Karyerada jami 267 47 27 6 0 0 33 2 1 0 328 55

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2011 1 0
2012 0 0
2013 8 1
2014 1 1
2015 1 1
2016 4 0
2017 6 1
2018 2 0
2019 7 2
2020 0 0
2021 6 1
2022 1 0
Jami 37 7

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 6.09.2013 Olimpiya stadioni, Tyantszin, Xitoy   Singapur 3 — 1 6-1 Oʻrtoqlik
2. 5.03.2014 Sharja stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari   Iroq 1 — 3 1-3 2015-yilgi Osiyo kubogi saralashi
3. 12.11.2015 Xelong stadioni, Changsha, Xitoy   Butan 12 — 0 12-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
4. 7.06.2017 Tianhe stadioni, Guanchjou, Xitoy   Filippin 6 — 1 8-1 Oʻrtoqlik
5. 7.06.2019 2 — 0 2-0
6. 18.11.2019 Pusan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya   Hong Kong 2 — 0 2-0 2019-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati
7. 15.06.2021 Sharja stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari   Suriya 1 — 0 3-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

Beijing Guoan

  • Xitoy Superligasi : 2009-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2018[10]

VfL Wolfsburg

  • DFB-Pokal : 2014/15

Shahsiy yutuqlari tahrir

  • Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2012-yil
  • Xitoy Superligasining yil jamoasi: 2013, 2014
  • Xitoy FA kubogining eng qimmat futbolchisi: 2018-yil

Manbalar tahrir

  1. Geylang United vs. Beijing Guoan S 1-3 at soccerway.com 12 March 2010 Retrieved 2012-09-19
  2. „Bundesliga: Wolfsburg signing Zhang Xizhe gains 50 million TV audience in China“. Sky Sports (2014-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  3. „ZHANG MAKES CONVINCING DEBUT IN WOLFSBURG FRIENDLY WIN“. Bundesliga (2015-yil 14-yanvar). 2015-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  4. „Wolfsburg's Zhang heads back to China“. 15 July 2015.
  5. „惊呆!张稀哲扇对手耳光染红 力帆大将也2黄变1红“. Sina (2017-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.
  6. „重磅罚单!张稀哲因扇对手耳光被禁赛12场“. Sina (2017-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.
  7. China PR 2-2 Costa Rica at teamchina.freehostia.com 2011-03-26 Retrieved 2012-09-19
  8. 热身-于大宝郑龙各两球两新星传射 国足6-1新加坡 at sports.sina.com.cn 2013-09-06 Retrieved 2013-09-06
  9. 专访张稀哲:踢点球时没想过压力 惊险!死里逃生 at sports.sohu.com 2014-03-06 Retrieved 2014-12-29
  10. „足协杯-比埃拉建功张稀哲斩杀 国安客场2-2夺冠“. sports.sina.com.cn (2018-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-avgust.