Idiku
("Idiku"dan yoʻnaltirildi)
"IDIKU" — amir Idiku Qutlugʻ Qabo (rus yilnomalarida — Edigey, Yedigey) (1352—1419) haqida XV—XVI asrlarda turkiy xalqlar tomonidan yaratilgan doston. Mangʻitlar amiri Idikuning tarix maydonida paydo boʻlishi va uning Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishga qarshi (XIV asr 90-y.lari) Temur ishtirokida kurashi bilan bogʻliq voqe-alar "I." dostonining asosini tashkil etadi. Dostonda, ayniqsa Idikuning yordam soʻrab Samarqandga — Amir Temur huzuriga kelishi, Sohibqironning unga oʻz yaqinidek yordam berishi tasvirlab berilgan. Dostonda va b. ri-voyatlarda Idikuning ajdodi Xoja Ahmad Yassaviyga bogʻlanishi aytilgan.
"I.", asosan, Volga boʻyidagi turkiy xalqlar orasida mashhurdir. Doston Qozonda 1990 yilda kitob holida nashr etilgan[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |