Avstriya, Avstriya Respublikasi (nemischa: Österreich , MFA(olm.): Andoza:Audio-IPA) – Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Maydoni 83 ming 858 km2. Aholisi 9,5[1] mln kishi (2021). Poytaxti – Vena shahri.Avstriya davlati Vena kongressi va hukumatiga ega rivojlangan davlat hisoblanadi.Avstriya 2023-yilda Yevropadagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shildi va u dunyo davlatlarining rivojlangan 10 talik dan joy oldi.

Avstriya Respublikasi
nemischa: Republik Österreich
Madhiya: «Land der Berge, Land am Strome»
«Tog‘lar o‘lkasi, Oqimli mamlakat»
Location of Avstriya
Poytaxt Vena
Eng katta shahar Vena, Grats, Lins, Zalsburg va Insbruk
Rasmiy til(lar) nemis
Hukumat Federativ Parlamentar Respublika
Alexander Van der Bellen
Sebastian Kurz
• Federal Kengash Raisi
Christine Schwarz-Fuchs
• Milliy Kengash Raisi
Wolfgang Sobotka
• Konstitutsiyaviy Sudi Raisi
Christoph Grabenwarter
• Birinchi Respublika
1919-yil 10-sentyabr
• Federal davlat
1934-yil 1-may
• Anshlyus
1938-yil 13-mart
• Ikkinchi Respublika
1945-yil 27-aprel
• Davlat shartnomasi
1955-yil 27-iyul
Maydon
• Butun
83,871 km2 (113-oʻrin)
• Suv (%)
0,84
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
9,027,999 kishi (98-oʻrin)
• Zichlik 107,6/km2
YIM (XQT) 2022-yil roʻyxati
• Butun
$700.203 milliard (43-oʻrin)
• Jon boshiga
$64,750
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma AT
Telefon prefiksi +43
Internet domeni .at

Davlat tuzumi

tahrir

Avstriya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1920-yilda qabul qilingan (1929-yilda oʻzgarishlar kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan Avstriya – federatsiya (ittifoq davlat). Davlat boshligʻi – federal prezident, uni axrli 6 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash (quyi palata) va federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Milliy kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal kengash aʼzolarini oʻlkalar parlamentlari (landtaglar) oʻz vakolatlari muddatiga (4 – 6 yilga) saylaydilar. Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir oʻlkaning oʻz konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. Oʻlkalarning huquqlari cheklangan.

Maʼmuriy boʻlinishi

tahrir
Bayrogʻi Gerbi Federal yerlar Maʼmuriy markazi
1.     Burgenlend Ayzenshtadt
2.     Karintiya Klagenfurt-am-Vyorterze
3.     Quyi Avstriya Sankt-Pyolten
4.     Yuqori Avstriya Lints
5.     Zaltsburg Zaltsburg
6.     Shtiriya Grats
7.     Tirol Insbruk
8.     Forarlberg Bregents
9.     Vena Vena

Tabiati

tahrir

Avstriya – asosan togʻli mamlakat. Uning janubiy qismi Sharqiy Alp togʻlari – Yuqori Tauern (balandligi 3797 m, Grosglokner choʻqqisi) va Quyi Tauern; shimoliy qismi – past-baland tekisliklardan iborat boʻlib, chekka shimoli-sharqda u Oʻrta Dunay payettekisligiga tutashib ketadi. Foydali qazilmalari: neft, gaz, magnezit, qoʻngʻir kumir, temir va qoʻrgʻoshin-rux rudalari, grafit, osh tuzi; binokorlik materiallarining anchagina zaxiralari mavjud.

Iqlimi

tahrir

Iqlimi moʻtadil. Yanvarning oʻrtacha harorati – 1, – 4 °C, iyulda 15 °C dan 18 °C gacha. Yiliga 500–900 mm, togʻlarda 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi – Dunay va uning irmoqlari (Inn, Traun, Ens, Drava va boshqalar).

Ichki suvlari

tahrir

Daryolar anchagina gidroenergiya zaxiralariga ega. Koʻllar koʻp, ularning aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan. Chimli-podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlar, janubi-sharqda ishqorsiz podzollashgan qora tuproqlar, togʻlarda togʻ-qoʻngʻir, togʻ-oʻtloq, togʻ-podzollashgan tuproqlar. Avstriya maydonining 40 % ga yaqini oʻrmonzor (dub, buk, archa, pixta, yaproq bargli daraxtlar). 2000 m balandlikda togʻ oʻtloqlari boshlanadi.

Aholisi

tahrir

Avstriya aholisining 99 % – avstriyaliklar. Slovenlar, xorvatlar, vengerlar, chexlar, olmonlar, italyanlar ham yashaydi. Rasmiy tili – nemis tili. Aholisining oʻrtacha zichligi – 1 km2 ga 90 kishi. Aholining 52 % shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Vena, Grats, Zalsburg.

Tarixi

tahrir

Hozirgi Avstriya hududidagi dastlabki inson izlari paleolit zamonlariga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab bu yerda turli qabilalar, asosan keltlarning avlodlari yashagan. Milodning 6-asr oxirlarida Avstriya gʻarbiga bavariyaliklarning german qabilasi, markaziy va sharqiy qismlariga slavyan qabilalari (asosan slovenlar) koʻchib kelib oʻrnashdi. 8-asr oxirlarida Avstriya Frank davlati tarkibiga, bu davlat boʻlingandan keyin (843-yil), Sharqiy Frank qirolligi (Germaniya) tarkibiga kirdi. 10-asrning 2-yarmida barpo etilgan Bavariya Sharqiy markasi Avstriya davlatiga asos soldi. 1156-yildan boshlab Avstriya „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibidagi gersoglik. 12-asr oxiridan 14-asrgacha Avstriya gersoglari Shtiriya, Karintiya, Kraynya, Tirolni qoʻshib oldilar. Ayniqsa 1282-yilda Gabsburglar sulolasi qaror topgach, Avstriya gersoglari Janubiy Germaniyaning eng qudratli hukmdorlariga aylandilar. 16-asrda Gab-sburglar Chexiya, Sileziya, Gʻarbiy Vengriyani va janubiy slavyan yerlarining bir qismini qoʻlga kiritdilar. 18-asrda butun Vengriya, Transilvaniya, Xorvatiya, Janubiy Niderlandiya, qisman Italiya yerlari, Banat, Sloveniyaning bir qismi, Shimoliy Bosniya, polyak, rumin va ukrain yerlarining bir qismi Avstriya hokimiyati ostiga oʻtdi. Buyuk fransuz inqilobi yillarida Avstriya inqilobiy Fransiyaga qarshi yurish tashabbuskorlaridan biri, Napoleon urushlari davrida Fransiyaga qarshi koalitsiyalar qatnashchisi boʻldi. 1804-yildan Avstriya – imperiya. Avstriya – Muqaddas ittifoq tashkilotchilaridan biri. 1848-yil martda Avstriya imperiyasi oʻlkalarida burjuademokratik inqilobi sodir boʻldi[2]. 1859-yilgi Avstriya-Italiya-Fransiya urushi va 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushidagi magʻlubiyat uning Germaniya davlatiga taʼsiri yoʻqolishiga olib keldi. 1867-yilda Avstriya imperiyasi dualistik (qoʻsh) monarxiya – Avstriya-Vengriyaga aylandi. birinchi jahon urushida u Germaniya ittifoqchisi boʻlib qatnashdi. 1918-yili noyabrda burjua-demokratik inqilobining gʻalabasi tufayli Avstriya-Vengriya bir necha mustaqil davlatga boʻlinib ketdi, jumladan Avstriya ham respublika deb eʼlon qilindi. 1919-yilgi San-Jermen sulh shartnomasida Avstriyaning chegaralari belgilab berildi. 1929–1933 yillar jahon iqtisodiy inqirozi davrida Avstriyada reaksiyaning xuruji kuchaydi. 1933-yilda parlament tarqatib yuborildi, matbuot va yigʻilishlar erkinligi bekor qilindi. 1934-yilda qoʻzgʻolon koʻtargan xalq (Vena, Lins va boshqa shaharlar) uch kun mobaynida fashist toʻdalarga va hukumat qoʻshinlariga qurolli qarshilik koʻrsatdi. 1938-yilda fashistlar Germaniyasi Avstriyani qoʻshib oldi. 1945-yil bahorida Avstriya gitlerchilar zulmidan xalos etildi. 1945–1955 yillarda Avstriya hududida sobiq, SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya qoʻshinlari turdi. 1955-yilda mustaqil va dsmokratik Avstriyani qayta tiklash toʻgʻrisida Davlat shartnomasi tuzildi. Oʻsha yili Avstriya parlamenta doimiy betaraflik toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. 1955-yildan Avstriya – BMT aʼzosi. 1992-yilda Avstriya bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatildi. Milliy bayrami: 26-oktabr – betaraflik kuni (1955).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

tahrir
 
Venadagi Avstriya parlamenti

Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, 1889-yilda tuzilgan; Avstriya xalq partiyasi, 1915-yilda tuzilgan; Avstriya ozodlik partiyasi, 1955-yilda tuzilgan; „Yashil muqobil“ partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; „Liberal forum“ partiyasi, 1993-yilda tuzilgan. Avstriya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1945-yilda tuzilgan; Xalqaro arkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi[3].

Xoʻjaligi

tahrir

Avstriya – yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 36,3 % sanoatda va 2,8 % qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida hosil qilinadi. Avstriya iqtisodiyotida yirik chet el korporatsiyalari muhim rol oʻynaydi. 113 Oʻgir sanoatning bir qancha tarmoqlari mamlakat ixtiyoriga olingan. Chetga koʻp mahsulot chiqariladi.

Sanoati

tahrir

Avstriya energetikasi gidroresurslar va asosan chetdan keltiriladigan koʻmir negiziga qurilgan. Konchilik sanoati tarmoqlari orasida magnezit (Shtiriya, Karintiya), temir rudasi (Ayzeners), polimetall rudalar, neft va gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Sanoatning asosiy tarmoqlari – mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya va xoʻjalikning boshqa tarmoqlari, transport vositalari va shahrik.lar uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaradi). Metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil (toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik) va oziq-sanoat markazlari – Vena, Lins, Grats.

Qishloq xoʻjaligi

tahrir

Qishloq xoʻjaligida intensiv chorvachilik yetakchi oʻrinda turadi. Fermalar koʻp, taʼminot-sotish va matlubot kooperatsiyasi shoxobchasi rivojlangan. Avstriya asosan togʻli oʻlka boʻlishiga qaramay, uning 20 % haydaladigan yerlar, 28,8 % yaylov va pichanzorlardir. Qora-mol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Asosiy ekinlari: gʻalla–bugʻdoy, arpa; texnika ekinlari – qand lavlagi. Xashaki ekinlar, meva, uzum yetishtiriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi oʻlkalari – Quyi Avstriya, Yuqori Avstriya, Burgenland va Shtiriya.

Transporti

tahrir
 
Bombardier Talent

Temir yoʻllarning uzunligi – 6,4 ming km. Magistral gaz quvurlari – 1,8 ming km. Avtomobil va havo transporti ham rivojlangan. Dunayda kemalar qatnaydi. Asosiy porti va muhim xalqaro aeroporti – Vena.

Tashqi savdosi

tahrir
 

Avstriya mashinalar, asbob-uskuna, yogʻoch materiallar, grafit, azotli oʻgʻitlar, metall buyumlar, elektr energiya va xalq isteʼmol mollarini chetga chiqaradi. Xom ashyo[4] and the acquisition of Banca Comercială Română by Erste Group for 3.7 bil. EUR in 2005.[5], yoqilgʻi, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan oladi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari orasida tashqi savdo muomalasining koʻp qismi Germaniyaga toʻgʻri keladi[6]. Xorijiy sayyoxlik koʻpgina daromad keltiradi. Pul birligi – Avstriya shillingi[7].

Tibbiy xizmat

tahrir

Avstriyada 77600 dan ziyod oʻrinli kasalxonalar bor; barcha ixtisosliklardagi 28565 shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Vena, Grats va Insbruk unstitutlarining tibbiyot fakultetlari yetishtirib beradi. Xushmanzara Badenbay-Vin, Bad-Ishl, Bad-Shallerbax, Badgashtaynda turli kurortlar joylashgan[8] .

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir

Avstriyada 1966-yildan umumiy 9 yillik taʼlimni joriy etish boshlangan. Avstriya maktablari va boshqa turdagi oʻrta oʻquv yurtlarida 1 mln. dan ortiq oʻquvchi, oliy oʻquv yurtlarida 205600 talaba oʻqiydi, 14 ming oʻqituvchi ishlaydi. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Vena, Grats, Zalsburg, Insbrukdagi unstitutlar, Vena, Gratsdagi texnika unstitutlari. Avstriya Fanlar akademiyasi mavjud. Kutubxonalari: Venadagi Milliy kutubxona, Fanlar Akademiyasi va Vena unstituti kutubxonalari; muzeylari: Tasviriy sanʼat akademiyasining bisoti, Avstriya galereyasi, Badiiy-tarix muzeyi, Betxoven, Gaydn, Motsart, Shubert muzeylari va boshqalar.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

tahrir

Avstriyada bir qancha kundalik gazeta va boshqa davriy axborot nashrlari chiqadi. Eng mashhur nashrlari: „Viner saytung“ („Vena gazetasi“, 1703-yildan), „Virtshaft“ („Iqtisodiyot“, 1945-yildan), „Kurir“ („Dastyor“, 1954-yildan); asosiy jurnallari: „Esterrayhishe monatsxefte“ („Avstriya oynomasi“, 1945-yildan), „Zolidaritet“ („Birdamlik“). Axborot agentligi – Austriya presse agentur – aksiyadorlik jamiyati, 1946-yil tashkil etilgan. Radio va telekoʻrsatuv „Esterrayhisher Rundfunk“ („Avstriya radiosi va televideniyesi“) davlat tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi. 399 radiostansiyasidan eshittirishlar olib boriladi. Telekoʻrsatuv 1956-yildan buyon ishlaydi.

Adabiyoti

tahrir

Avstriya adabiyoti 9–11-asrlarda vujudga kela boshlagan. Unda lotin tilidagi liniy sheʼriyat ustun edi. Shoira Ava va hajvchi shoir Genrix fon Melk nemis tilida yoza boshlashgan. 12-asr oxirlarida qahramonlikni madh etuvchi eposlar („Nibelunglar toʻgʻrisida qoʻshiq“) yaratildi. Bu davrga kelib Vena minnezang deb atalgan saroy ritsarlik sheʼriyati markazita aylandi. V. fon der Fogalneyde eng atoqli minnezinger edi. Byurgerlik vujudga kelgan davrda Avstriya adabiyotida muxoliflik ruhidagi hajvchilik kuchaydi. 13– 14-asrlardagi taniqli hajvchilar: „Pop Amis“ shvank (janr turi)lar toʻplamining muallifi Shtrikker, shoirlardan Verner-Sadovnik va G. Teyxner. 14 – 16 asrlarda gumanistlar I. Fon Noymarkt, I.fon Zaats, K.Seltis faoliyati diqqatga sazovor. Gabsburglar monarxiyasi va katolik cherkovni madh etuvchi 17-asr adabiyoti va teatri xalqqa begona va tushunarsiz edi. Hajvchi Abraham a Santa Klara va Vena xalq dramasi namoyandalari (Y. Stra-nitskiy va boshqalar)ning asarlari xalq orasida mashhur edi. Avstriya adabiyoti 18-asr oxiri va 19-asrda gʻoyat gullab-yashnadi. Eng yaxshi asarlarda Yevropa maʼrifatparvarligi oliy gʻoyalari aks ettirildi. Vena xalqdramasi va hajvchilik yoʻli anʼa-nalarini F. Raymund, I. Nestroy, A. Blumauer davom ettirishdi. Ayni vaqtda klassitsizm va romantizm rivojlanib bordi. K. Pixler, I. N. Fogl, N. Lenau ijodida romantik ohanglar va milliy-vatanparvarlik gʻoyalari ustunlik qildi. 19-asr oxiri – 20-asrboshlari adabiyotida bir qancha naturachilik va sub’ektivchilik ruhidagi impressionizm, neoromantizm, simvolizm, ekspressionizm kabi oqimlar yuzaga keldi. Shu oqimlar ayrim namoyandalarining asarlarida ijtimoiy tanqidiy ohanglar yangradi. G.fon Gofmanstal, A. Shnitsler, A.Roda-Roda, R. M. Rilke, G. Trakl, F. Verfel, P. Altenberg, G. Bar, F. Kafka oʻz davrining nuqsonlarini qoralaganlar. B. fon Zutner va K. Kraus asarlarida militarizmga qarshi oshkora norozilik bildirilgan. Birinchi jahon urushi yillarida va undan keyin adabiyot maydoniga kelgan shoirlar: A. Vildgans, A. Petsoldtub xalqchillik gʻoyalarini koʻtarib chiqishdi. K. E. Fransoz, S. Sveyg, R. Muzil, Y. Rot, G. Surmyulen, G. Brox, F. Brukner urushga qarshi ruxda asarlar yaratishdi. A. Germaniya tomonidan qoʻshib olingach (anshlyuz), ayrim taraqqiyparvar yozuvchilar (Y. Rot, R. Muzil, S. Sveyg va boshqalar) mamlakatdan bosh olib ketishga majbur boʻldilar, baʼzilari (Yu. Zoyfer, A. Kyonig) fashizm zindonlarida halok boʻldilar. Mamlakat fashizmdan ozod boʻlgach, Avstriya adabiyotining asl namoyandalari milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga hissa qoʻshdilar. E. Prister. G. Lebert, F. T. Chokor, X. Guppert, X.fon Doderer, I. Baxman, M. Vid, F. Kain, A. Lernet-Xoleniya singari shoir va yozuvchilar shular jumlasidandir.

Meʼmorligi

tahrir

11-asrdan 13-asr boshlarigacha Avstriya meʼmorligida romantik uslub hukmron boʻldi (Gurke va Zekkaudagi bazilika, Venadagi avliyo Stefan soborining gʻarbiy tarzi). 13 – 15 asrlarda gotika rasm boʻldi (Xeyligenkreys va Svetldagi cherkovlarning xorlari, Venadagi Stefan sobori). Avstriyadagi Uygonish davri (15–16-asr)da erkerli (oynavand), peshayvonli uylar, qasr toifasidagi saroylar qurildi. 17–18 asrlarda Vena, Zalsburg, Linsda barokko uslubida shahar tashqarisidagi qarorgohlar, monastirlar, saroy va cherkovlar qurildi (Shenbrunn saroylari majmuasi, 1695, meʼmor I. B. Fisher fon Erlax; Belveder, 1714 – 23, meʼmor L. Xildebrandt). 19-asr 1-yarmi meʼmorligi uchun klassitsizm, 19-asr 2-yarmi meʼmorligi uchun eklektika va modern xos boʻldi. Zamonaviy inshootlar orasida Venadagi Shtadtxalle shahar zali (1955–58, meʼmor R. Rayner) va boshqalar bor.

Tasviriy sanʼati

tahrir

Avstriya hududida „Villendorf Venerasi“ deb atalgan paleolitik haykal (qadimgi tosh davri), neolit kulolchiligi va bronza buyumlar (yangi tosh davri) topilgan; mahalliy haykaltaroshlik va rassomlik namunalari (miloddan avvalgi 1-asr milodning 5-asri) saqlanib qolgan. Gurke va Zekkaudagi sobor devorlariga solingan rasmlar, shuningdek vitrajlar, 115 releflar, miniatyuralarda romantik uslub koʻrinib turadi (11 –13-asrlar). 15-asrdan boshlab Avstriya sanʼatida uygʻonish davrining insonparvarlik belgilari paydo boʻldi (haykaltarosh Ya. Kashauer, rassom M. Paxer). 17 – 18-asrlarda barokko uslubining rivojlanishi bilan Avstriya sanʼati katta ahamiyat kasb etadi (B. Permozer, G. R. Donner, F. K. Messershmidtning manzara haykallari, F. A. Maulberch rang-tasviri, Vena chinnisi). Portret rang-tasvirida klassitsizm taʼsiri seziladi (I. B. Lampi, I. Grassi). 19-asrda romantizm (M. Shvind) va bidermayer (F. Valdmyuller, M. Daffinger) yoyildi. X. Makkart ijodiga dabdabali salon uslubi xosdir. 1898-yildan Vena Sesessioni jamiyati modernchi rassomlar (G. Klimt, A. Kubin)ni birlashtirdi. 20-asr boshlarida ekspressionizm (O. Kokoshka) yuzaga keldi. Hozirgi zamon sanʼatida abstraksionizm (F. Votruba) va syurrealizm (E.Fuks, Y. Dobrovskiy va boshqalar) bilan bir qatorda realistik anʼanalar davom etmoqda.

Musiqasi

tahrir

Oʻrta asrlardan boshlab sayyoh musiqachilar, shpilmanlar, vagantlar (qochoq talabalar, ishqiy, hazil qoʻshiq ijrochilari) xalq musiqa mada-niyatining namoyandalari boʻlgan. 17-asrda xalq musiqa teatri (zingshpil), kamer musiqasi va simfoniya vujudga keldi. 18-asrning 2-yarmida Vena klassik maktabi shakllandi (Y. Gaydn, V. A. Motsart va L. Betxoven). K. V. Glyuk uning eng yaqin oʻtmishdoshi edi. 19-asrning 1-yarmida F. Shubert A. musiqasida romantik oqimga asos soldi, bal musiqasi gʻoyat mashhur boʻldi (Y. Lanver, Shtrauslar oilasi), Vena operettasi qaror topdi |Y. Shtra-us (oʻgʻil), F. Zuppe, K. Seller]. I. Brams va A. Brukner ijodida simfonik musiqa yuksak darajaga koʻtarildi. 20-asr boshlarida atoqli simfoniyachi G. Maler ijod etdi. F. Shreker opera janrida ishladi. 19-asr oxirida Yangi Vena maktabi yuzaga keldi (A. Shyonberg, A. Berg, A. Vebern). Hozirgi zamon Avstriya musiqasida yangi klassisizmdan tortib modernizmgacha boʻlgan turli oqimlar mavjud. Kompozitor Y. Marks romantik realizm deb atalgan oʻz maktabini yaratdi, uning shogirdlari – A. Kaufman, F. Vildxans, ijrochilar orasida – dirijyorlar G. Karayan, K. Byom, yakkaxonlar orasida E. Shvarskopf, G. Tepper, I. Metternix va boshqa Musiqa jamoalari: Venada – Vena davlat operasi, Xalq operasi („Folksoper“), Kamer teatri, uchta simfonik orkestr, Vena oʻgʻil bolalar xori, Gratsda – opera; Zalsburgda 1841-yildan Motsarteum – xalqaro motsartshunoslik markazi ishlab turibdi. Mazkur uchchala shaharda musiqa va drama sanʼati akademiyalari bor.

Teatri

tahrir

Avstriyada teatr 16-asrda vujudga kela boshladi (havaskor aktyorlarning sayyor truppalari). 17–18-asrlarda saroy va maktab teatrlari boʻlgan. 1712-yilda Venada dastlabki doimiy teatr, 1741-yilda Burgteatr, 1788-yilda „Yozefshtadt-teatr“ga asos solindi. Soʻnggi teatr 20-asrning 20–30-yillarida sanʼatda ilgʻor rol oʻynadi (1924–38 yillarda unga M. Reynhardt rahbarlik qildi). 1945-yildan „Burgteatr“ Avstriyaning yetakchi teatri boʻlib qoldi[9].

Kinosi

tahrir

Avstriyaning birinchi badiiy filmi – „Bosqichdan bosqichga“ (1908, rejissor X. Xanus). 1920–24 yillar Avstriya kinosining oʻnglanish davri boʻldi (xususan, rejissor A. Kord filmlari). Avstriya kinematografiyasining yangi ravnaqi 1946-yildan boshlandi („Olis yoʻl“ filmi, rejissor E. Xesh).Vena shahridagi Opera teatri binosi. 50–60-yillarda musiqali biografik filmlar, revyu-filmlar („Qahramonlik simfoniyasi“, „Dunay farzandlari“, „Soʻnggi harakat“) chiqarildi. Taniqli rejessorlar V. Forst, A. Kvendler; aktyorlar P. Vesseli, M. Andergast, R. Shnayder, Maksimilian va Mariya Shellar A.kino arboblaridir.[10]

Manbalar

tahrir
  1. „Total population – At 1 January“. STATISTIK AUSTRIA (2012-yil 1-yanvar). 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
  2. Primera Cronica General. Estoria de España. Tomo I. – Madrid, Bailly-Bailliere e hijos, 1906, стр. 6
  3. A. Yu. Vatlin „Avstriya v XX veke“
  4. Ramsey, Jonathon „Volkswagen takes 49.9 percent stake in Porsche AG“. Autoblog.com. Qaraldi: 2011-yil 24-iyul.
  5. arxiv nusxasi (PDF), 2011-08-09da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2013-04-04
  6. Mark. „Mark's Market Analysis“. Marksmarketanalysis.com (2010-yil 16-noyabr). 2011-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-iyul.
  7. „Austria“. International Monetary Fund. Qaraldi: 17-aprel 2012-yil.
  8. Schweinegrippe: 493 Erkrankte in Österreich[sayt ishlamaydi] Wiener Zeitung (olm.)
  9. Театральная энциклопедия. Гл. ред. С. С. Мокульский. Т. 1 – М.: Советская энциклопедия, 1961, 1214 стб. с илл., 12 л. илл.
  10. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • Ватлин А. Ю. Австрия в XX веке: учеб. Пособие для вузов. М., 2006
  • Воцелка К. История Австрии. Культура, общество, политика. М. 2007
  • Жиряков И. Г. Советская оккупация Австрии: некоторые политико-правовые выводы и обобщения. // «Право и жизнь», № 112 (7), 2007
  • Кружков В. А. Как Австрия стала нейтральной // Международная жизнь, № 8-9, 2008
  • «Австрия. Вокруг Света. Путеводитель» И. К. Антонова, А. Г. Хропов – М., Вокруг Света – 2011 год, ISBN 978-5-98652-345-3

Havolalar

tahrir