Аbdurashid Аbdulkasimov

Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Abdurashid Abdulkasimov — (1948-yil 11-dekabr) Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Abdullayeva Sharbat Zulpikarovna
Tavalludi 11-dekabr 1948-yil
Payariq, Samarqand, Oʻzbekiston
Fuqaroligi  UZB
Millati Oʻzbek
Sohasi Moliya, Iqtisod
Mashhur ishlari „Ijtimoiy ekologiya“,
„Bozor munosabatlari sharoitida yer resurslaridan foydalanishni boshqarish va uning huquqiy asoslari“.

Tarjimai holi

tahrir

Abdulkasimov Abdurashid 1948-yil 11-dekabrda Samarqand viloyati Payariq tumanining Chelak shahrida tugʻilgan. O‘rta maktabni bitirib 1966-yili Samarqand davlat universitetiga hujjat topshiradi. 1966-1971-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Geografiya fakultetida tahsil olgan. Bu davra mobaynida u oʻzing bilimga chanqoqligi va o‘z ustida tinimsiz ishlashi bilan ustozlaring nazariga tushadi. Talabalik yillarida o‘qish bilan bir qatorda jamoat ishlarida ham faol bo‘lgan. Oʻqishni tamomlagacha, 1971-1972-yillarda harbiy xizmatni o‘tagan.

Faoliyati

tahrir
  • 1972-1974-yillarda maktabda geografiya fani oʻqituvchisi;
  • 1974-1978-yillarda Chelak shahridagi Kasb-hunar bilim yurtida direktor o‘rinbosari;
  • 1978-1983-yillarda Buxoro davlat universitetining „Geografiya“ kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
  • 1983-yildan Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ning „Iqtisodiy geografiya“ kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilingan.
  • 1991-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish Kengashida (SOPS) „Tabiiy resurslardan samarali foydalanib ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish masalalari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  • Hozirgi kunga qadar Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining „Sanoat iqtisodiyoti“ kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Ilmiy ishlari

tahrir

A.Abdulkasimovning „Ijtimoiy ekologiya“ o‘quv qo‘llanmasi va 70 dan ziyod ilmiy va o‘quv metodik ishlari chop etilgan va oʻquv jarayonida keng qoʻllanilmoqda. Ulardan ayrimlari:

  1. 2004-yilda Bozor munosabatlari sharoitida yer resurslaridan foydalanishni boshqarish va uning huquqiy asoslari.
  2. 2005-yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suv zahiralaridan foydalanishni iqtisodiy jihatlari.
  3. 2014-yilda Muqobil energiya- iqtisodiy rivojlanish omili.
  4. 2014-yilda Tabiat muhofazasi tadbirlarini moliyalashtirishda ekologik jamg‘armalarning roli.
  5. 2014-yilda Sanoat tarmoqlarida chiqindilarning hosil bo‘lishi va ularni zararsizlantirish, qayta ishlash.
  6. Zemelnie resursi Djizak-Sirdarinskogo ekonomicheskogo rayona i ix oxrana, Yekaterinburg.UrGAU, 2014.
  7. 2015-yilda Farg‘ona vohasi antropogen landshaftlarni muhofaza qilish.

Manbalar

tahrir