2024-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 102-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. 2024-yilgi final uchrashuvi London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi[3]. Uchrashuvda 2023-2024-yilgi mavsum Premyer-liga chempioni „Manchester City“ hamda Angliya kubogi sohibi „Manchester United“ klublari toʻqnash keldi.

2024-yilgi Angliya Superkubogi

Wembley stadioni oʻyindan oldin
Manchester City penaltilar seriyasida 7–6 hisobida gʻalaba qozondi
Sana 2024-yil 10-avgust
Oʻyin oʻtkazilgan joy Wembley stadioni, London
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Oscar Bobb (Manchester City)[1]
Hakam Jarred Gillett[2]
Tomoshabinlar soni 78,146
2023
2025

Turnirning amaldagi gʻolibi „Arsenal“ boʻlib, ular ushbu mavsumdagi turnirga yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmadi. Klub Angliya kubogini uchinchi bosqichdayoq tark etgan boʻlsa, Premyer-liga mavsumini ikkinchi oʻrinda yakunlashdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa „Manchester City“ jamoasining (7:6) qoʻli baland keldi. Bu „Shaharliklar“ning 2019-yildan buyon ilk chempionligi boʻldi, oʻsha mavsumda ham bahs 1:1 hisobida yakunlangan va oʻyin taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻlgan edi. „Manchester United“ uchun esa 2024-yilgi final 2009-yildan beri ilk magʻlubiyati boʻlib, ular ham huddi hamshaharlari kabi penaltilarda magʻlubiyatga uchragan edi.

Tarixi

tahrir

„Manchester City“ va „Manchester United“ turnirga mos ravishda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari sifatida tashrif buyurishdi. Bu tarixdagi 194, FA Community Shield tarixidagi esa 3-Manchester derbysi boʻldi. Bundan avval jamoalar 1956 (turnir Charity Shield deb atalgan vaqtlar) va 2011-yillarda Supekubok uchun bahslashishgan[4].

„Manchester United“ bir vaqtning oʻzida FA Community Shield turnirida eng koʻp ishtirok etgan va eng koʻp chempion boʻlgan klub hisoblanadi. Jamoa 30 marotaba ishtirokning 21 tasida tengsiz deb topilgan. Soʻnggi bor ular 2016-yilda musobaqada zafar quchishgan[5]. „Manchester City“ klubi esa 15 ta turnirning 6 tasida kubokni boshi uzra baland koʻtargan. Oxirgi marta ular 2019-yilda chempion boʻlishgan[6]. „Shaharliklar“ ketma-ket toʻrtinchi bor Superkubokda ishtirok etdi, ulardan soʻnggi uchtasida magʻlubiyatga uchragan edi[7].

Tafsilotlar

tahrir
2024-yil 10-avgust
Manchester City 1–1 Manchester United Wembley stadioni, London
Tomoshabin: 78,146
Hakam: Jarred Gillett[2]
  Penaltilar  
* Silva   7–6 *   Fernandes
 
 
 
 
 
 
 
 
Manchester City
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Manchester United
GK 31   Ederson
RB 82   Rico Lewis
CB 3   Rúben Dias (c)
CB 25   Manuel Akanji
LB 24   Joško Gvardiol   90+1'
CM 75   Nico O'Reilly   63'
CM 8   Mateo Kovačić
RW 52   Oscar Bobb   90+1'
AM 87   James McAtee   80'
LW 11   Jérémy Doku   63'
CF 9   Erling Haaland
Zaxira:
GK 18   Stefan Ortega
GK 33   Scott Carson
DF 6   Nathan Ake   90+1'
DF 78   Issa Kaboré
MF 4   Kalvin Phillips
MF 17   Kevin De Bruyne   90+1'
MF 20   Bernardo Silva   85'   80'
MF 27   Matheus Nunes   68'   63'
FW 26   Savinho   63'
Murabbiy:
  Pep Guardiola
 
GK 24   André Onana
RB 20   Diogo Dalot
CB 5   Harry Maguire   59'
CB 35   Jonny Evans
LB 6   Lisandro Martínez
CM 7   Mason Mount   58'
CM 18   Casemiro
CM 37   Kobbie Mainoo   59'
RF 16   Amad Diallo   59'
CF 8   Bruno Fernandes (c)
LF 10   Marcus Rashford   83'
Zaxira:
GK 1   Altay Bayındır
MF 14   Christian Eriksen
MF 39   Scott McTominay   58'
MF 43   Toby Collyer   59'
FW 11   Joshua Zirkzee
FW 17   Alejandro Garnacho   59'
FW 21   Antony
FW 25   Jadon Sancho   83'
FW 28   Facundo Pellistri   59'
Murabbiy:
  Erik ten Hag

Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi:
Oscar Bobb (Manchester City)[1]

Yordamchi hakamlar:[2]
Adrian Holmes
Nick Greenhalgh
Toʻrtinchi hakam:[2]
Sam Barrott
Video assistent referi:[2]
Peter Bankes
Yordamchi Video assistent referi:[2]
Sian Massey-Ellis

Oʻyin qoidalari[8]

  • 90 daqiqa
  • Penaltilar seriyasi agar durrang qayd etilsa
  • Toʻqqiz zaxira futbolchisi, oltitasi maydonga tushirilishi mumkin

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Bobb hails City's belief in Community Shield victory“. mancity.com. Manchester City FC (2024-yil 10-avgust). Qaraldi: 2024-yil 11-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „The team of match officials for the 2024 FA Community Shield has been updated“. TheFA.com. The Football Association (2024-yil 7-avgust). Qaraldi: 2024-yil 7-avgust.
  3. „2024 FA Community Shield date, kick-off time and TV details are confirmed“. TheFA.com. The Football Association (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
  4. Wright, Joe. „When is the Community Shield 2024? Date and venue for Man City vs. Man United in curtain raiser next season“. The Sporting News (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  5. Bevan, Chris. „Leicester City 1–2 Manchester United“. BBC Sport. BBC (2016-yil 7-avgust). 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
  6. Begley, Emlyn. „Liverpool 1–1 Man City (City won 5–4 on pens)“. BBC Sport. BBC (2019-yil 4-avgust). 2019-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
  7. „Liverpool edge out Man Utd“. BBC Sport. BBC (2001-yil 12-avgust). 2008-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
  8. „Rules of the Football Association Community Shield“ (PDF). The Football Association. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.