2023-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 101-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. Turnirning 2023-yilgi final uchrashuvi 6-avgust kuni London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi[3]. 2022-2023-yilgi mavsumda „Manchester City“ jamoasi bir vaqtning oʻzida Premyer-liga hamda Angliya kubogida chempionlikni qoʻlga kiritganligi sababli ularga raqib sifatida ligani ikkinchi oʻrinda yakunlagan klubi ishtirok etdi.

2023-yilgi Angliya Supekubogi
Arsenal penaltilar seriyasida 4–1 hisobida g'alaba qozondi
Sana 2023-yil 6-avgust
Oʻyin oʻtkazilgan joy Wembley stadioni, London
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Leandro Trossard (Arsenal)[1]
Hakam Stuart Attwell (Birmingham)[2]
Tomoshabinlar soni 81,145
2022
2024

Uchrashuvning asosiy 90 daqiqasi 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa „Arsenal“ning (4:1) qoʻli baland keldi[1]. Bu klubning 2020-yilgi Angliya Superkubogidan keyingi dastlabki rasmiy sovrini boʻldi. „Manchester City“ esa ketma-ket uchta FA Community Shield finalida magʻlub boʻlgan ikkinchi jamoaga aylandi, bundan avval ularning hamshalarlari „Manchester United“ 1998-2001-yillar oraligʻida ketma-ket toʻrt marotaba imkoniyatni boy bergan edi[4]. Shuningdek „Arsenal“ 2010-yildan buyon Premyer-liga yoki Angliya kubogi sovrinini yutmasdan turib superkubokni qoʻlga kiritgan ilk jamoaga aylandi.

„Liverpool“ klubi turnirning amaldagi gʻolibi boʻlishiga qaramasdan bu safargi finalga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi.

Tarixi

tahrir

„Manchester City“ 2022-2023-yilgi Angliya Premyer-ligasi gʻolibi sifatida 2023-yilgi Angliya Superkubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[5]. Keyinchalik klub 2023-yilgi Angliya kubogi finalida mahalliy raqibi „Manchester United“ni ham magʻlub etgan holda qi’ta trebli sohibiga aylanishdi[6]. „Arsenal“ esa Premyer-ligada ikkinchi oʻrinni egallagan holda 2023-yilgi turnirga yoʻllanma oldi. Bu ikki jamoaning ushbu turnirdagi oʻzaro uchinchi bahsi boʻlib bundan avval ular 1934-yilgi FA Charity Shield va 2014-yilgi FA Community Shieldda toʻqnash kelishgan va ikkalasida ham londonliklarning qoʻli baland kelgan[7][8].

Tafsilotlar

tahrir
6-avgust, 2023-yil(2023-08-06)
16:00 BST
Arsenal 1–1 Manchester City Wembley stadioni, London
Tomoshabinlar: 81,145
Hakam: Stuart Attwell (Birmingham)
  Penaltilar  
* Ødegaard   4–1 *   De Bruyne
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Arsenal
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Manchester City
GK 1   Aaron Ramsdale
RB 4   Ben White
CB 2   William Saliba
CB 6   Gabriel Magalhães   66'   87'
LB 12   Jurriën Timber   76'
CM 41   Declan Rice   81'
CM 5   Thomas Partey   8'
RW 7   Bukayo Saka
AM 8   Martin Ødegaard (c)
LW 11   Gabriel Martinelli   75'
CF 29   Kai Havertz   27'   87'
Substitutes:
GK 30   Matt Turner
DF 3   Kieran Tierney   76'
DF 15   Jakub Kiwior
DF 16   Rob Holding
DF 18   Takehiro Tomiyasu
MF 10   Emile Smith Rowe   87'
MF 21   Fábio Vieira   87'
FW 14   Eddie Nketiah   81'
FW 19   Leandro Trossard   75'
Murabboy:
  Mikel Arteta   17'
 
GK 18   Stefan Ortega
RB 2   Kyle Walker (c)
CB 5   John Stones
CB 3   Rúben Dias
LB 25   Manuel Akanji
CM 16   Rodri
CM 8   Mateo Kovačić   64'
RW 20   Bernardo Silva
AM 19   Julián Álvarez   31'
LW 10   Jack Grealish   58'
CF 9   Erling Haaland   64'
Substitutes:
GK 31   Ederson
DF 14   Aymeric Laporte
DF 21   Sergio Gómez
DF 82   Rico Lewis
MF 4   Kalvin Phillips
MF 17   Kevin De Bruyne   64'
MF 47   Phil Foden   58'
MF 80   Cole Palmer   64'
MF 87   James McAtee
Murabbiy:
  Pep Guardiola

Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi
Leandro Trossard (Arsenal)[1]

Hakam asisstentlari:[2]
Tim Wood (Gloucestershire)
Dan Robathan (Norfolk)
Toʻrtinchi hakam:[2]
John Brooks (Leicestershire)
Zaxira yordamchi hakamlar:[2]
Steve Meredith (Nottinghamshire)
Video assistent referi:[2]
Michael Salisbury (Lancashire)
Yordamchi video assistent referi:[2]
Neil Davies (London)

Oʻyin qoidalari[9]

  • 90 daqiqa
  • Penaltilar seriyasi agar durrang qayd etilsa
  • Toʻqqiz zaxira futbolchisi, oltitasi maydonga tushirilishi mumkin

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Rose, Gary. „Arsenal 1–1 Manchester City (4–1 on pens): Gunners win shootout to secure Community Shield“. BBC Sport. BBC (2023-yil 6-avgust). Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „The team of match officials for the 2023 FA Community Shield have been confirmed“. TheFA.com. The Football Association (2023-yil 14-iyul). Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  3. „Manchester City to play Arsenal in the 2023 FA Community Shield at Wembley Stadium“. The Football Association (2023-yil 16-iyun). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  4. Defri Saefullah.. „5 Fakta Menarik Community Shield: Rekor Masih Milik Manchester United“ (id). Liputan6.com (2020-yil 29-avgust). Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  5. Thomas-Humphreys, Harry. „Who do Manchester City play in the Community Shield 2023?“. Metro. DMG Media (2023-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  6. „FA Cup final: Pep Guardiola talks treble at last after Man City beat Man Utd thanks to Ilkay Gundogan's double“. Sky Sports (2023-yil 4-iyun). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  7. Arsenal Win The F.A. Charity Shield (1934-yil 29-noyabr), s. 6.
  8. Sanghera, Mandeep. „Arsenal 3–0 Manchester City“. BBC Sport. BBC (2014-yil 10-avgust). Qaraldi: 2016-yil 30-oktyabr.
  9. „Rules of the Football Association Community Shield“ (PDF). The Football Association. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.