Muhammadjonov Abdulahad Raqimjonovich (1928.26.12, Toshkent – 2016.5.4., Toshkent) – sharqshunos va arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Tarix fanlari doktori (1973), professor (1989). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1951). 1956-70 yillarda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri va 1970 yildan Arxeologiya institutining sektor mudiri, 198083 yillarda direktori. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi vitse prezidenta (1996—98), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori (1996—98). 19982003 yillarda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida bosh ilmiy xodim. 1998-yildan Oʻzbekiston milliy universitetida professor Ayni vaqtda 1997 yildan „Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar“ jurnalining bosh muharriri. Uning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik, irrigatsiya, gidrotexnika hamda dehkrnchilik vohalarini vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixiga bagʻishlangan. M. Buxoro, Toshkent shaharlari qad. tarixi, ayniqsa, ularning yoshini ilmiy asoslashga muayyan hissa qoʻshgan.Vatanimiz tarixiy toponimiyasi boʻyicha ilmiy asarlar va maqolalar nashr etib, tarixiy manbashunoslik boʻyicha yangi ilmiy yoʻnalishga asos soldi.

Ac: Oʻzbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997; Naselyonnie punkti Buharskogo emirata, T., 1999; Oʻzbekiston tarixi, T., 2003; Qadimgi Toshkent, T., 2002.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil