Abdulloh ibn Abu Bakr at-Taymiy (arabcha: عبد الله ابن أبي بكر التيمي; tax. 608–633) — birinchi xalifa Abu Bakr Siddiqning (h. 632–634) oʻgʻli (h. 632–634), Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi.

Abd Allah ibn Abi Bakr
عبد الله ابن أبي بكر
Tavalludi tax. 605–608
Vafoti tax. 633
Xizmatdagi yillari 629-630
Unvoni askar
Jang/urush Makkaning fath qilinishi (629)
Hunayn jangi (630)
Toif qamali (630)
Aloqa

Hayotning ilk davrlari

tahrir

Abdulloh ibn Abu Bakr taxminan miloddan avvalgi 605–608-yillarda Makkada tugʻilgan. Otasi Abu Bakr Quraysh qabilasining Banu Taym qabilasidan, onasi Qutayla binti Abduluzzo esa Banu Amir ibn Luay qabilasidan boʻlgan[1][2][3]. Biroq ota-onasi oʻglining tugʻililishidan oldin yoki keyin ajrashishgan[4].

622-yilning sentyabr oyida Muhammad va Abu Bakr Makkadan Madinaga hijrat qilganida Abu Bakr yosh Abdullohga odamlarning suhbatiga quloq tutishini va har kecha Savr togʻidagi gʻorda ularga kundalik sodir boʻlayotgan xabarlarni yetkazishni buyuradi. Quraysh qabilasining Muhammadni qoʻlga olgan har bir kishiga yuz tuya taklif qilgani xabarini Abu Bakrga aynan oʻgʻli Abdulloh yetkazadi[5][1].

Madinaga hijrat qilishi

tahrir

Oradan bir necha oy oʻtgach, Abdulloh oʻgay onasi Ummu Ruvmon va ikki opasi Asmo va Oyshalar bilan birgalikda Madinaga hijrat qiladi[6][3].

630-yilda Abdulloh Toif qamalida jang qiladi, u yerda Saqafiy shoiri Abu Mihjon at-Sahafiy Abdullohni oʻq bilan yaralaydi. Bu jarohatdan keyin Abdulloh yana uch yil umr koʻrgan boʻlsa-da, oxir-oqibat shu yara uning oʻlimiga sabab boʻladi[5][7].

Nikohi

tahrir

Abdulloh Qurayshning Banu Adiy qabilasidan boʻlgan shoira Atiqa binti Zaydga uylanadi. Biroq ushbu nikohidan farzand koʻrmaydi[4]. Bir qancha maʼlumotlarga koʻra, Abdulloh turmush oʻrtogʻi Atika bilan shunchalik koʻp vaqt oʻtkazganki, hatto davlat oldidagi burchlariga ham eʼtibor bermay qoʻyadi. Buni koʻrgan Abu Bakr oʻgʻliga xotinini taloq qilishini buyurib, uni jazolaydi. Abdulloh ham otasining aytganini qilib, Atikani taloq qiladi, biroq u bilan ayrilganidan keyin chuqur qaygʻuga botadi va uning uchun sheʼrlar yozadi[8].

Oxir-oqibat, idda tugamasdanoq Abdulloh Atikani qaytarib olishga ruxsat oladi[8].

Oʻlimi

tahrir

Abdulloh ibn Abu Bakr 633-yilning yanvarida Toif jangida olgan jarohatining zoʻrayishidan vafot etadi[7][9][10].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
  2. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Blankinship, K. Y. (1993). Volume 11: The Challenge to the Empires. Albany: State University of New York Press.
  3. 3,0 3,1 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: The Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors. Albany: State University of New York Press.
  4. 4,0 4,1 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.
  5. 5,0 5,1 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.
  6. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by McDonald, M. V. (1987). Volume 7: The Foundation of the Community. Albany: State University of New York Press.
  7. 7,0 7,1 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Donner, F. M. (1993). Volume 10: The Conquest of Arabia, p. 39. Albany: State University of New York Press.
  8. 8,0 8,1 Abbott, N. (1942). Aishah — the Beloved of Mohammed. Chicago: University of Chicago Press.
  9. Jalal al-Din al-Suyuti. History of the Caliphs. Translated by Jarrett, H. S. (1881). Calcutta: The Asiatic Society.
  10. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Smith, G. R. (1994). Volume 14: The Conquest of Iran. Albany: State University of New York Press.