Abdulloh ibn Amir
Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Amir ibn Kurayz[2] (arabcha: أبو عبد الرحمن عبد الله بن عامر بن كريز) (678–626) – Roshidun siyosatchisi va sarkardasi. 647-yildan 656-yilga qadar Roshidun xalifasi Usmon ibn Affon davrida Basra hokimi boʻlib xizmat qilgan. Otasining avlodi orqali xalifaga amakivachcha boʻlgan. Oʻzining maʼmuriy va harbiy sohadagi qobiliyatlari, xususan, Sosoniylar imperiyasiga tegishli sobiq hududlarda, hozirgi Eron va Afgʻoniston yerlarini muvaffaqiyatli bosib olish va qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun qilingan harbiy yurishlari bilan mashhur[3].
Abdulloh ibn Amir arabcha: أبو عبد الرحمن عبد الله بن عامر بن كريز | |
---|---|
Basra hokimi | |
Mansab davri 647–656; 663–664 | |
Hukmdor | Usmon |
Oʻtmishdoshi | Abu Muso al-Ashʼariy |
Vorisi | Usmon ibn Hunayf |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
626[1] Makka |
Vafoti | 678 (51–52 yoshlarida) |
Onasi | Dajoja binti Asmo ibn al-Salt[2] |
Otasi | Amir ibn Kariz |
Qarindoshlari | Arva binti Kariz (ammasi) |
Faoliyati | Roshidun xalifaligi |
Oilasi
tahrirAbdulloh ibn Amir xalifa Usmon ibn Affonning onasi Arva binti Karizning ukasi Amir ibn Kariz ibn Robi’aning oʻgʻli boʻlgan.
Xalifa Umar davridagi istilolar
tahrirIbn Amir, eʼtiborini, asosan, sobiq fors hududlaridagi qoʻzgʻolonlarni bostirishga qaratgan.
Seyistonning zabt etilishi
tahrir650-yilda Abdulloh Mujoshiy ibn Masʼud boshchiligida Seyiston hududiga qoʻshin yubordi. Mujoshiy ibn Mas’ud Dashti Lut choʻlini bosib oʻtib, Seyistonga yetib bordi, biroq u yerda magʻlubiyatga uchradi va qayta ortga chekinishga majbur boʻldi[4].
651-yilga kelib, Abdulloh ibn Amir Rabiy ibn Ziyod Horisiy boshchiligida Seistonga yana bir qoʻshin yubordi. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Rabiy Seyiston chegarasidagi Zoliq shahriga yetib keldi. Viloyat hududidagi koʻplab yerlarni egallab oldi. Soʻngra viloyat markazi Zrangni shahrini qamal qildi, shahar tashqarisida kechgan ogʻir jangdan soʻng Zrang hokimi Aparviz taslim boʻldi va bitim tuzish maqsadida Rabiy ibn Ziyod huzuriga borganida, Rabiyning ikki oʻlgan askarning jasadini oʻziga oʻrindiq sifatida ishlatayotganini koʻrdi. Bu Aparvizni dahshatga soldi, Seyiston aholisini arablardan qutqarish uchun ular bilan 1 million dirham ogʻir oʻlpon evaziga sulh tuzdi[5]. Shundan keyin Rabiy ibn Ziyod viloyat hokimi etib tayinlandi[4].
Istahr va Forsning zabt etilishi
tahrirIstahrni egallab olish uchun kechgan jangda shahar vayron boʻldi. 40 000 nafar jangchilar, shu jumladan, koʻplab sosoniy zodagonlari halok boʻldi. Abdulloh Fors viloyatiga bostirib kirib, forslarning qarshiligiga barham berdi. Arablar shaharni bosib olgach, sosoniylar shohi Yazdigard III Kirmonga qochib ketdi[6].
Xurosonning zabt etilishi
tahrirKeyinchalik, Abdulloh Ahnaf ibn Qays va Amr ibn Maʼdiy Yakribni arablarning Sosoniylar imperiyasi ustidan nazoratini yanada kengaytirish uchun yubordi. Natijada musulmonlar Xurosonni bosib oldi. Bu davrda ular Marvirud va Balx shaharlarini boʻysundirishga muvaffaq boʻldilar[7].
Oʻlimi
tahrirAbdulloh ibn Amir Basra viloyatida 9 yil davomida (647–656) hokimlik qilgan va viloyatning hurmatga sazovor shaxslaridan biriga aylangan. Keyinchalik, Basrani tark etib, Madinaga ketgan va 678-yilda oʻsha yerda vafot etgan[iqtibos kerak].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Gibb, H.A.R. „ʿAbd Allāh b. ʿĀmir“ (en).
- ↑ 2,0 2,1 „Abdallah ibn Amir ibn Kurayz ibn Rabi'a ibn Habib ibn Abd Shams“ (ar). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
- ↑ Morony, Michael G.. Iraq After the Muslim Conquest by Michael G. Morony citing Baladhuri, Jahshiyari, and Tabari. Gorgias Press, 2005. ISBN 9781593333157.
- ↑ 4,0 4,1 Marshak & Negmatov 1996.
- ↑ Zarrinkub 1975.
- ↑ Morony 1986.
- ↑ Azizi, Abdul Syukur. Utsman bin Affan Ra. (ebook), first (id), DEEVA Press; reserved by Indonesian National Library and IKAPI (Indonesian publisher association), 2021. ISBN 9786023919536. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
Adabiyotlar
tahrir- Naji, A. J.; Ali, Y. N. (1981). "The Suqs of Basrah: Commercial Organization and Activity in a Medieval Islamic City". Journal of the Economic and Social History of the Orient 24 (3): 298–309. doi:10.2307/3631909. https://doi.org/10.2307/3631909. Qaraldi: 27 October 2021.Abdulloh ibn Amir]]
- Morony, M. (1986). "ʿARAB ii. Arab conquest of Iran". Encyclopaedia Iranica, Vol. II, Fasc. 2. 203–210 b. http://www.iranicaonline.org/articles/arab-ii.
- Marshak, B.I.; Negmatov, N.N. „Sogdiana“, . History of Civilizations of Central Asia, Volume III: The Crossroads of Civilizations: A.D. 250 to 750 B.A. Litvinsky, Zhang Guang-da and R. Shabani Samghabadi: , 1996. ISBN 92-3-103211-9.
- Zarrinkub, Abd al-Husain „The Arab conquest of Iran and its aftermath“, . The Cambridge History of Iran, Volume 4: From the Arab Invasion to the Saljuqs. Cambridge: Cambridge University Press, 1975 — 1–57-bet. ISBN 978-0-521-20093-6.