Abdulloh ibn Atiyq (arabcha: عبد الله بن عتيق — Abdulloh ibn Atiyq ibn Qaysal-Xazrajiy al-Ansoriy — ? - 12/633, Shom) — sahoba.

Abdulloh ibn Atiyq
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 633-yil (hijriy 12-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Hayoti tahrir

Abdulloh ibn Atiyq Madinaning Xazraj qabilasidan bo‘lgani uchun unga al-Ansoriy deb nisbat berilgan. Manbalarda Abdulloh ibn Atiyqning tavallud sanasi va qayerda tug‘ilgani haqida maʼlumotlar uchramaydi. Uhud jangidan boshlab barcha janglarda ishtirok etgan. Badrda ishtirok etgani haqida, shuningdek, vafot etgan jangi xususida ham ixtilof­lar bor. Tarixchi al-Bag‘aviy uni Abu Bakr xalifaligi davrida, Musaylama Kazzobga qarshi bo‘lib o‘tgan Yamoma jangida shahid bo‘lganini zikr qilgan.

Manbalarda "Abdulloh ibn Atiyq sariyyasi" deb nomlangan va turli tarzda rivoyat qilingan harakatning boshlig‘i sifatida tanilgan. Bu sariyya mushrik­larning Payg‘ambarga qarshi har qanday harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi yahudiy zodagonlaridan Abu Rofeʼ ibn Abu-l-Huqayqni o‘ldirishni maqsad qilgan. Xaybar tevaragida o‘ziga qarashli mustahkam binoda yashagan bu boy yahudiy Islomga qarshi harakatlarni uyushtirishda bardavom bo‘lgani uchun Payg‘ambar tomonidan hijratning oltinchi yili ramazon oyida Abdulloh ibn Atiyq boshchiligidagi ansorlardan tashkil topgan to‘rt kishilik guruhga uni mahv etish vazifasi topshirilgan. Abdulloh ibn Atiyq sheriklari bilan Abu Rofeʼning uyiga kirib, uni o‘sha yerda bartaraf qilganlar. Hadislarda qayd etilishicha, qaytishda Abdulloh ibn Atiyqning oyog‘iga shikast yetadi. Sherik­lari uni Payg‘ambarning oldilariga olib kelishganda Ul Zot minbarda xutba qilayotgan edilar. Rasululluh Abdulloh ibn Atiyq va sheriklarini ko‘rib, „Bular yutuqqa erishdilar“, deb marhamat qilganlar.

Abdulloh ibn Atiyqdan faqat bittagina hadis rivoyat qilingan.

Adabiyotlar tahrir

  1. Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. I, 391-393; III, 988;
  2. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kub­rā. — Bayrut: 1968. II, 91-92, 164;
  3. İsmail L. Çakan. „Abdullah b. Atîk“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 86;
  4. 101 ulug‘ sahobiy. — T.: „Toshkent Islom universiteti“ nashriyot-matbaa birlashmasi, 2018. 81-83.