Abdulloh ibn al-Jadd
Abdulloh ibn al-Jadd | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | sahoba |
Abdulloh ibn al-Jadd (arabcha: عبد الله بن الجد - Abdulloh ibn al-Jadd ibn Qays al-Ansoriy) — sahoba.
Hayoti
tahrirManbalarda Abdulloh ibn al-Jadd hayoti haqida maʼlumotlar ko‘p emas. Badr va Uhud janglariga qatnashganligi zikr qilingan, ammo o‘limi tarixi haqida maʼlumot berilmagan. Xazraj qabilasining Bani Salima urug‘iga mansub bo‘lgan Abdulloh ibn al-Jadd Muoz ibn Jabalning ona bir ukasi. Onasining ismi — Hind bint Sahl. Otasi — Jadd ibn Qays johiliyat davrida Bani Salima qabilasining raisi bo‘lgan. Abdulloh ibn al-Jaddning otasi Payg‘ambar bilan ko‘plab g‘azotlarda qatnashgan bo‘lsa-da, munofiqlardan deb sanalgan. Hudaybiya sulhida bo‘lib, Rizvon bay’atida ishtirok etmagan. Tabuk g‘azotida ishtirok etishni istamagan. Otasining bu holatidan xafa bo‘lgan Abdulloh ibn al-Jadd uning zarariga Qur’on oyatlari nozil bo‘lishi mumkinligini aytgan. Haqiqatda, keyinchalik g‘azotda qatnashmagan munofiqlar haqida oyat nozil bo‘lgan[1]. Usmon davrigacha yashagan Jadd ibn Qaysning keyinchalik tavba qilib haqiqiy musulmon bo‘lganiga doir rivoyatlar ham bor.
Adabiyotlar
tahrir- Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. I, 169;
- Ibn Hishom. As-Cӣra. — Qohira: 1955. II, 697;
- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. III, 571, 583;
- At-Tabariy. Tarӣx. — Leiden: 1879-1901. I, 1544, 1545, 1693-1694;
- At-Tabariy. Jāmi’ al-bayān. „Bulaq“, 1323-29. X, 104, 129;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. I, 327;
- Mustafa Fayda. "Abdullah b. Ced". TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 90;
- Alixonto‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. — T.: „Movarounnahr“, 2017. 674.
Manbalar
tahrir- ↑ „«Tavba» surasi. 49-oyat“, Qur’oni karim.