Abduqahhor Turgʻunovich Marifaliyev (1971-yil 10-may) — oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.

Abduqahhor Marifaliyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abduqahhor Turgʻunovich Marifaliyev
Tavallud sanasi 1-may 1971-yil (1971-05-01) (52 yosh)
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi, Hujumchi
Mukofotlari 1Chempion Xirosima 1994
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1990 Sohibkor Haqqulobod 68 (7)
1991—1995 Paxtakor Toshkent 124 (15)
1996—1997 Navbahor Namangan 24 (5)
1997—1998 MHSK Toshkent 26 (6)
1998 PAOK 1 (0)
1998—2001 Doʻstlik 90 (32)
2002—2003 Esil Bogatyr 40 (7)
2004—2005 Lokomotiv Toshkent 14 (3)
Milliy terma jamoa
1992—2001 Oʻzbekiston 32 (5)
Boshqargan klublari
2008 Metallurg Bekobod (yordamchi)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi tahrir

Futbolchilik faoliyatini 1988-yilda „Sohibkor“ klubida boshlagan. 1991-1995-yillarda „Paxtakor“ safida oʻynagan. Turli yillarda „Navbahor“, MHSK, „Doʻstlik“ klublarida toʻp surgan[1]. 1998-1999-yillarda Gretsiyaning „PAOK“ jamoasida oʻynagan, ammo asosiy tarkibda oʻz oʻrnini topa  olmagan[2].

2002—2003-yillarda Qozogʻistonning „Yesil-Bogatir“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatini 2005-yilda Toshkentning  „Lokomotiv“ klubida yakunlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasida tahrir

Marifaliyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 32 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan[3]. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan[4][5].

Murabbiylik faoliyati tahrir

Murabbiylik faoliyatini 2008-yilda „Metallurg“ klubida yoshlar jamoasi murabbiyi lavozimida boshlagan[6][7].

Yutuqlari tahrir

Davlat mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir