Ismailov Abdurashid Xudayarovich (oʻzbekcha: Исмаилов Абдурашид Худаярович; 1977-yil 12-iyul, Surxondaryo viloyati Boysun tumani) — Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi. 2023-yilda rasman ushbu lavozimga tayinlangan[2].

Ismailov Abdurashid Xudayarovich
 Muzrabot tumani hokimi
Mansab davri
2022-yil 12-sentyabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Erkin Alimov[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-iyul 1977-yil (1977-07-12) (47 yosh)
Surxondaryo
Kasbi Budjet hisobi va nazorat —- moliya
Maʼlumoti Termiz davlat universiteti Toshkent moliya instituti

Biografiyasi

tahrir

Taʼlim

tahrir

2005-yilda Termiz davlat universitetini, 2014-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

tahrir

19961997-yillarda — Termiz shahar Ijtimoiy taʼminot bo‘limi Ijtimoiy xizmatni tashkillashtirish sektori mutaxassisi, 19972001-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi „Mezon“ audit firmasi Surxondaryo viloyat filiali bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan. 20012006-yillarda — Surxondaryo viloyati Boysun tumani Ijtimoiy taʼminot bo‘limi Pensiya va nafaqalarni tayinlash sektori boshlig‘i, 2006 — 2009-yillarda — Surxondaryo viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish Bosh boshqarmasi Nazorat- taftish bo‘limi boshlig‘i boʻlgan. 20092010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi Nazorat-taftish boshqarmasi bosh mutaxassisi, 20102011-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasi Informatsiyalashgan-tahliliy ishlar va statistika sektori bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan. 20112012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasi Pensiya va nafaqalar tayinlash monitoringi va tahlili bo‘limi bosh mutaxassisi, 2012-yilda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasi Pensiya va nafaqalarni tayinlash monitoringi va tahlili bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘lim boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasi Mablag‘larni boshqarish, pensiya va nafaqalar to‘lov monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi, tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2018 — 2019-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2019 — 2021-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparatining Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi boshlig‘i va 2021 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va shu bilan birga 2022-yilda Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan[3]. 2022-yil 12-sentyabrda Muzrabot tumanining sobiq hokimi ishdan olinib, uning oʻrniga tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdurashid Ismailov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan[4].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir