Abdurrahmon ibn Ummul-Hakam

Abdurrahmon ibn Ummul-Hakam umaviy voliylaridan, tobeʼin

Abdurrahmon ibn Ummul-Hakam (arabcha: عبد الرحمن بن أم الحکم — Abu Mutarrif Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Usmon as-Saqafiy,? — 66/685-686,?) — umaviy voliylaridan, tobeʼin.

Abu Mutarrif Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Usmon as-Saqafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 685-586-yil (hijriy 66-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • (otasi)
  • Ummul-Hakam (onasi)
Tanilgan sohasi voliy, tobeʼin

Abu Sufyonning qizi bo‘lgan onasi Ummul-Hakamga nisbat berilib, Ibn Ummul-Hakam deb ham nomlanadi.

Faoliyati

tahrir

Hijratning 53-yilida Vizantiyaga bo‘lgan yurishda qatnashgan. Tog‘asi Muoviya ibn Abu Sufyon tomonidan Kufa voliyligiga tayinlangan (58/677-78-yil). Bu yerda hokim bo‘lgan vaqtda juma xutbasini o‘tirgan holda o‘qigani uchun sahoba Kaʼb ibn Ujra tomonidan qattiq tanqid qilingan. Keyinchalik uquvi bo‘lmagani uchun kufaliklar tomonidan rahbarlikdan haydalgan. So‘ng Misrga hokim etib tayinlangan. Yo‘lda uni qarshi olgan sahoba Muoviya ibn Xudayj Kufada bo‘lgani kabi Misrda ham rahbar bo‘la olmasligini aytib, uni Shomga ketishga ko‘ndiradi. Shomda voliy bo‘lganidan keyin yana Muoviya tomonidan al-Jaziraga hokim etib tayinlangan Abdurrahmon ibn Ummul-Hakam, tog‘asining vafotiga qadar mazkur lavozimda qoladi. Abdulloh ibn Zubayrning Shomdagi voliysi Zahhok ibn Qays, Marvon bilan jang qilish uchun shahardan chiqqan vaqtda Abdurrahmon ibn Ummul-Hakam darhol u yerda hozir bo‘ladi va xalqni Marvon ibn Hakamga bay’at etishga chaqiradi. Baʼzi manbalarda sahoba ekanligi rivoyat qilingan Abdurrahmon ibn Ummul-Hakam, Hazrat Usmonning qotillaridan Amr ibn al-Hamiqni o‘ldirganligi bilan ham shuhrat qozongan.

Vafoti

tahrir

Abdurrahmon ibn Ummul-Hakam Abdulmalik ibn Marvon xalifalik vaqtida vafot etgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. V, 519; VI, 25;
  2. At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. V, 273, 288, 310-312; VI, 140;
  3. Ibn al-­Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 437-439;
  4. Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. III, 70-71;
  5. Selman Başaran. „Abdurrahman b. Ümmü’l-Hakem“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 176.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.