Abdusattor Nuraliyev
Abdusattor Nuraliyevich Nuraliyev (1941-yil 22-avgust, Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2020-yil 20-mart, Dushanbe, Tojikiston Respublikasi) – sovet va tojik filologi, filologiya fanlari doktori (1998), professor ([[2001]). Tojikiston Respublikasi xalq maorifi aʼlochisi, (1998), Tojikiston Respublikasi matbuot aʼlochisi (2000), Tojikiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, SSSR Taʼlim vazirligining jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha oʻquv-metodik birlashmasi aʼzosi (1978−1991)[1], Rossiya-Tojikiston (slavyan) universitetining jurnalistika kafedrasi mudiri (2002−2013), Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlimining faxriy xodimi (2011)[1], „Tojikiston—Qozogʻiston“ doʻstlik jamiyati raisi. Jahon Yozuvchilar uyushmasining (2014-yilda Qozogʻistonda ochilgan, rasmiy veb-sayti akgo.org) Tojikistondagi vakili.
Abdusattor Nuraliyev | |
---|---|
Tavalludi |
22-avgust 1941-yil Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
20-mart 2020-yil (78 yoshda) Dushanbe, Tojikiston |
Fuqaroligi | SSSR → Tojikiston |
Sohasi | jurnalistika |
Ish joylari | Rossiya-Tojikiston universiteti |
Taʼlimi | Qozoq davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Tarjimayi holi
tahrirAbdusattor Nuraliyev 1941-yil 22-avgustda Qoʻshrabot tumanida tugʻilgan[1][2]. 1968-yilda Qozoq davlat universitetini tamomlagan[2], 1968−2002-yillarda Tojikiston milliy universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dotsent, filologiya fakulteti dekani oʻrinbosari, jurnalistika va tarjima fakulteti dekani, poligrafiya kafedrasi mudiri (1996−1999), xorijiy jurnalistika va adabiyot kafedrasi mudiri (1999−2002)[1], 2002-yildan Rossiya-Tojikiston (slavyan) universiteti jurnalistika tarixi, nazariyasi va elektron ommaviy axborot vositalari kafedrasi mudiri[3], 2013-yildan Rossiya-Tojikiston (slavyan) universitetining jurnalistika va elektron ommaviy axborot vositalari tarixi, nazariyasi kafedrasi professori, 2014-yildan Jahon Yozuvchilar uyushmasining Tojikistondagi asosiy vakili sifatida faoliyat yuritgan[2]. 2020-yil 20-martda Dushanbe shahrida 78 yoshida vafot etgan[3][4][5].
Ilmiy faoliyati
tahrirAbdusattor Nuraliyev 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar, jumladan, jurnalistika va xalqlar oʻrtasidagi adabiy aloqalar muammolariga bagʻishlangan 14 ta monografiya va oʻquv qoʻllanmalar muallifi[5]. 1975-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1998-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Фируз Умарзода. „А. Нуралиев: «Разговоры о превосходстве таджикского языка – это нездоровые разговоры»“ (rus tilida). asiaplustj.info (2011-yil 10-noyabr). 2023-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Абдухамид Рахимов, Райхон Сохибназарбекова. „Учитель, ученый, созидатель...“ (rus tilida). narodnaya.tj (2022-yil 10-mart). 2023-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Бахтовар Сафаров. „Абдусаттор Нуралиев-устоди журналистони тоҷик даргузашт“ (tojik tilida). pressa.tj (2020-yil 21-mart). 2022-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ Аваз Юлдашев. „Кого потерял Таджикистан в 2020 году?“ (rus tilida). asiaplustj.info (2020-yil 29-dekabr). 2022-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Камелия Самойленко. „СПАСИБО, УЧИТЕЛЬ…“ (rus tilida). rtsu.tj (2020-yil 24-mart). 2020-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.