Abror Muxtor Aliy
Abror Muxtor Aliy (asl ismi: Abror Abduazimov; 1976-yil 22-iyul, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosari[1][2][3]. Omma orasida ziddiyatli hamda LGBTga qarshi keskin chiqishlari bilan tanilgan diniy bloger[4][5].
Abror Muxtor Aliy | |
---|---|
Tavalludi |
Abduazimov Abrorjon Muxtoraliyevich 22-iyul 1976-yil Chust tumani, Namangan, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi |
Oʻzbek SSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi |
1994—1998 – Andijon viloyati „Abdussalom Maxdum“ nomli madrasada tayyorlov kursi talabasi. 1998—2000 – Namangan shahridagi „Mulla Qirgʻiz“ madrasasi talabasi. 2000—2004 – Toshkent islom instituti talabasi. 2009—2011 – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistratura talabasi. |
Kasbi | imom |
Dini | Islom |
Turmush oʻrtogʻi |
Malika (sobiq) Moʻmina (sobiq) Saodatxon |
Bolalari | 7 ta |
Biografiyasi
tahrir1976-yil 22-iyul kuni Namangan viloyati Chust tumani Karkidon qishlogʻida tugʻilgan.
Taʼlimi
tahrir1994—1998-yillar – Andijon viloyati „Abdussalom Maxdum“ nomli madrasada tayyorlov kursi talabasi.
1998—2000-yillar – Namangan shahridagi „Mulla Qirgʻiz“ madrasasi talabasi.
2000—2004-yillar – Toshkent islom instituti talabasi.
2009—2011-yillar – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistratura talabasi.
Mehnat faoliyati
tahrir2004—2008-yillar Toshkent viloyati „Olimjon ota“ jome masjidida imom-xatib.
2008—2009-yillar – Xorazm viloyati „Faxriddin ar-Roziy“ oʻrta-maxsus diniy taʼlim muassasasi oʻqituvchisi.
2011—2022-yillarda – Toshkent islom universiteti oʻqituvchisi.
2020-yildan – Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi.
2021-yildan – Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi Qurʼon va tajvid oʻrgatish boʻlimi mudiri oʻrinbosari[6].
Tarjimalari
tahrirBiznesi
tahrirUchtepa tumanidagi Koʻkcha darvoza va Kichik halqa yoʻli koʻchalari chorrahasida joylashgan „Help me feed“ masʼuliyati cheklangan jamiyatining 50 foiziga egalik qilgan. Hozirda jamiyat ishlamaydi[9].
Shayxontohur tumani Labzak koʻchasida joylashgan „Merhaba Meat House“ kafesining 33 foiziga ega[10].
Shayxontohur tumani Nurafshon va Shayxontohur koʻchalari chorrahasida joylashgan „Senior Meat“ tamaddixonasining 50 foiziga ega[11].
Uchtepa tumanidagi transport xizmatlariga ixtisoslashgan „Abir transport N-1“ masʼuliyati cheklangan jamiyatining 100 foiziga egalik qilgan. Hozirda jamiyat ishlamaydi[12][13].
Tanqidlar
tahrir2017-yilgacha, 20 yilga yaqin muddat davomida hukumatning qattiq nazorati ostida boʻlgan dindorlardan biri[14]. Diniy erkinlik berilgach, ijtimoiy tarmoqlarda ziddiyatli chiqishlari bilan tanilgan.
2021-yil 11-fevralda „xotinlar uradigan erkaklarni yaxshi koʻradi“ degan soʻzlari aks etgan video ortidan qattiq tanqid qilindi. Keyinroq, ayollardan uzr soʻrab chiqdi va „ayollarni urmaslik kerak“ deya taʼkidladi[15].
2021-yil 26-iyunda Olmazor tumanidagi Toʻxtaboy masjidida bloger Fozilxoʻja Orifxoʻjayev bilan nizo kelib chiqqan. Fozilxoʻja Orifxoʻjayev masjidda maʼruza qilayotgan Abror Abduazimovga qarshi fikrlar bildirgan va „munofiqlik“da ayblagan. Masjiddagi hodisadan soʻng, Orifxoʻjayev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) koʻra, 15 sutkaga qamalgan. Keyinroq Orifxoʻjayevga nisbatan jinoyat kodeksining „jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish“ alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Olmazor tumani sudi 2022-yil 26-yanvar kuni Fozilxoʻja Orifxoʻjayevni aybdor deb topib, 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi[16]. 2023-yil 7-dekabrda Orifxoʻjayev muddatidan oldin ozodlikka chiqdi[17].
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Matbuot xizmati Abror Muxtor tomonidan chiqarilayotgan murojaatlar oʻzining shaxsiy fikri ekanligi taʼkidlangan[18]. Bungacha Abror Muxtor markazda oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritib kelgan edi. Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan chiqarilgan rasmiy xabarda shunday deyilgan:
Texnik nuqtai nazardan ekspertizaga muhtoj va ko‘rinishidan bayonotning bir qismi bo‘lgan chiqishda aytilgan fikrlar ham diniy, ham dunyoviy tomondan keskin tanqidga loyiq.
2021-yil 28-mart kuni Toshkent shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida yapon animesi va koreys pop musiqasi muxlislarining navbatdagi tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlgan bloger Miraziz Bozorov shu kuni kechqurun kaltaklab ketilgan. Bozorov bu ishlarni Abror Muxtor Aliy uyushtirganini taʼkidlagan[19]. Andijondagi kutubxona xodimlari bilan uchrashuv paytida tahlilchi Larisa Burakovaning oʻzbek tiliga tarjima qilingan „Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?“ kitobini „Oʻzbekistonda rangli inqilob qilishga tashviq“ deya tanqid qildi[20]. Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyevning soqol qoʻyish haqidagi tanqidiy fikrlari aks etgan video ortidan, Saʼdiyevni „jirkanch artist“, „oʻldirilishi joiz boʻlgan togʻut“, „ayollar libosini kiygan hezalak“ kabi haqorat va tahdidli soʻzlar bilan nishonga oldi[21]. Toshkent shahridagi kitob doʻkonlari boʻylab uyushtirilgan tekshiruv chogʻida Leonardo da Vinci va Rembrandt kabi gʻarb rassomlari ishlagan jahon sanʼati durdonalarini „oʻzbek xalqi uchun yot“ ekanini aytgan[22]. 2022-yil dekabr oyida Nikita Makarenko Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan fuqaro unga nisbatan tuhmatni oʻz ichiga olgan hamda „Photoshop“ dasturida soxtalashtirilgan xabarlarni eʼlon qilganini bildirgan. Jurnalist holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilgan. Huquqbuzarligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosiga tortilgan[23].
Bahsli munozaralari
tahrirAbror Muxtor Aliy 2021-yil may oyida jurnalist-huquqshunos va bloger Zafar Solijonovni „xoin“ va „LGBT tarafdori“, deb atagan. Shuningdek, jurnalist Nikita Makarenkoga nisbatan „miyasini qoʻy yegan yoki eshakni miyasini yeb qoʻygan odam bor – Nikita Makarenko. Majoziy maʼnoda aytyapman, fikrlari eshak fikrlar. Yaʼni eshak ham qilmaydi bu fikrlarni. Yaʼni LGBT haqida dars berib yurgan agneshka“, kabi soʻzlarni ishlatgan[24]. Yakkasaroy tumani sudida Abror Muxtor Aliy tomonidan 2022-yil 8-dekabr kuni Facebookdagi sahifasi orqali jurnalist Nikita Makarenkoni qadr-qimmatini kamsitish va obroʻsizlantirganligi bilan bogʻliq ayblov boʻyicha maʼmuriy ish koʻrib chiqildi. Unga koʻra Abror Muxtor Aliy 6 mln soʻm jarima toʻlashi belgilangan[25].
2023-yilning 15-yanvar kuni Abror Muxtorga tegishli Youtube platformasidagi kanalga joylangan video murojaatlaridan birida „Gʻarb“ning sobiq ittifoq davlatlarida Rossiyaga qarshi propagandani amalga oshirish uchun mablagʻ ajratayotganini iddao qilib chiqqan. Oʻz iddaosi davomida manbasi nomaʼlum boʻlgan bir roʻyxat orqali Oʻzbekistonga ham bu borada 8 million dollar ajratilganini aytib oʻtgan. Shuningdek, intervyu davomida Gʻarbning Rossiyaga qoʻyayotgan sanksiyalariga asosiy sabab qilib Rossiyaning LGBTga qarshiligini koʻrsatib oʻtgan. Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urushni esa haq va botil oʻrtasidagi urushning tutantirigʻi deb atagan[26].
Oilasi
tahrirUning 7 nafar farzandi bor. 2021-yilning 12-oktyabr kuni 7 yashar oʻgʻli Muhammad To Ha vafot etgan[27].
Rafiqalari bilan mojarolari
tahrirAbror Muxtor Aliy 2017-yilning 30-yanvar kuni „Kaptiva“ mashinasi salonida sharʼiy nikoh oʻqitish orqali Saodatxon Aʼzamxoʻjaeva bilan turmush qurgani aytiladi. 2018-yilning fevral oyida 21 yoshli Saodatxon Aʼzamxoʻjaeva avval kaltaklangan, soʻngra 8 oylik homila bilan koʻchaga haydalgan. Bundan keyingi voqelar fonida Abror Muxtor Aliy 10-fevral kuni oʻzi faoliyat yuritgan Toshkentdagi „Minor“ masjidi imomi noibligi lavozimidan boʻshatilgan[28][29].
Hibsga olinishi
tahrirAbror Muxtor Aliy Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 194- hamda 195-moddalarida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybli deb topilib, 2024-yilning 8-fevral kuni Shayxontohur tuman sudi tomonidan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi oʻtashi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, yaʼni 340 000 soʻm jarima toʻlashi belgilandi[30][31]. Shuningdek, sudlanuvchi bergan koʻrsatmaga koʻra, uning oilaviy sharoiti hisobga olinib, qamoqda saqlash bilan bog‘liq xarajatlardan ozod etilgan. Abror Muxtor Aliyning advokati 13-fevral kuni appelyatsiya shikoyati yozgani sababli bu masala 14-fevral kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida koʻrib chiqildi. Sud majlisi berilgan apellyatsiyani rad etdi[32]. Tergov hujjatlarida keltirilishicha, Abror Muxtor Aliy ijtimoiy tarmoqlar orqali 1725 nafar shaxsga nisbatan haqarotomuz izohlar yozgan va oʻzining video chiqishlarida 161 marta soʻkingan[33].
2024-yil 21-fevral kuni Oliy sudning nazorat organi Abror Muxtor Aliyning qamoq muddatini ikki sutkaga qisqartirgani munosabati bilan u ozod etildi[34].
Manbalar
tahrir- ↑ Abror Muxtor Aliy Diniy idorada mas’ul vazifaga tayinlandi
- ↑ „Abror Muxtor Aliy: „Ramazon— ilm va kitobxonlik oyidir““. 13-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2021-yil.
- ↑ Abror Muxtor Aliy Musulmonlar idorasida mas’ul lavozimini egalladi
- ↑ „Ўзбекистон: Таниқли блогер Аброр Мухтор Алий жанжал қилгани учун 15 суткага қамалган“ (uz-Cyrl). BBC News O'zbek. Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
- ↑ „Abror Muxtor Aliy jarimaga tortildi“ (oʻzbekcha). Газета.uz (2023-yil 20-fevral). Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
- ↑ Abror Muxtor Aliy Musulmonlar idorasida masʻul lavozimga tayinlandi
- ↑ „Tahorat va namoz hukmlari“. 2023-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Namozimiz dalillari“. 2022-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „"HELP ME FEED" mas'uliyati cheklangan jamiyati“.
- ↑ „"MERHABA MEAT HOUSE" mas`uliyati cheklangan jamiyati“.
- ↑ „"SENIOR MEAT" mas`uliyati cheklangan jamiyati“.
- ↑ „"ABIR-TRANSPORT N-1" mas`uliyati cheklangan jamiyati“.
- ↑ „Score changes in 2022. Executive Summary“.
- ↑ „Ўзбекистонда "қора рўйхат"да турган 17 минг мусулмондан 16 мингтаси ундан чиқарилган“.
- ↑ „Рамазон, Гагарин ва Шералининг парвози. Тармоқни титратган трендлар“.
- ↑ „Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi“.
- ↑ „Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi“.
- ↑ „Abror Muxtor Aliy ma’ruzalari bo‘yicha aholiga ogohlantirish berildi“ (oʻzbekcha). Qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-noyabr.
- ↑ „ЖК дан "Бесоқолбозлик" моддасини олиб ташлаш кераклигини ёзган блогер қаттиқ калтакланди“.
- ↑ „Андижондаги сайловолди тадбирида Грузия ислоҳоти ҳақидаги китоб “зарарли” деб айтилди“.
- ↑ „Соқолни танқид қилган халқ артисти Ëдгор Саъдиев виртуал сазойи қилинди“.
- ↑ „“Да Винчи бизга ëт” деган даъватлар манзарасида Тошкентдаги Мона Лиза расми ўчириб ташланди“.
- ↑ „Блогер Аброр Абдуазимов жаримага тортилди“.
- ↑ ZAFAR SOLIJONOVNI 1TA MAQOLASI UCHUN LGBT TARAFDORIGA CHIQARIB YUBORDINGIZ... (inglizcha), qaraldi: 2023-12-09
- ↑ „Abror Muxtor Aliy jarimaga tortildi“ (oʻzbekcha). Газета.uz (2023-yil 20-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-dekabr.
- ↑ Abror Muxtor Aliy. LGBT Propaganda si... (inglizcha), qaraldi: 2023-11-23
- ↑ „Abror Muxtor Aliyning oilasida og‘ir judolik“.
- ↑ „Учинчи хотинини калтаклаб кўчага ҳайдаган имом ноиби Аброр Мухтор Али ишдан бўшатилди“ (oʻzbekcha). Eltuz (2018-yil 12-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-dekabr.
- ↑ „46 yoshli diniy bloger Abror Muxtor Aliy 18 yoshli xotinini kaltaklagani va tahqirlagani aytilmoqda“. 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ „Блогер Аброр Абдуазимов ҳибсга олинган“ (kr). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ „Abror Muxtor Aliy hibsga olindi“. 2024-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ „Sud qaroridan qaytmadi: Abror Muxtor Aliyning apellyatsiyasi rad etildi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 14-fevral.
- ↑ Aniq.uz „Аброр Мухтор Алийнинг қўлга олинишига Муниса Ризаеванинг аризаси сабаб бўлганлиги айтилди“ (oz). Aniq.uz (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
- ↑ „Bloger Abror Muxtor Aliyning qamoq muddati qisqartirildi va ozod qilindi“ (uz-Latn). Газета.uz (2024-yil 21-fevral). Qaraldi: 2024-yil 24-fevral.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Abror Muxtor Aliyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- Abror Muxtor Aliy Instagram sahifasi
- Abror Muxtor Aliy Telegram sahifasi