Abulfazl Allomiy
Abulfazl Allomiy (toʻliq ismi: Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak; 1551-yil 14-yanvar – 1602-yil 12-avgust) – davlat arbobi, tarixchi va adib. Abulbarakot Qodiriyning ukasi[1].
Abulfazl Allomiy | |
---|---|
Tavalludi |
Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak 14-yanvar 1551-yil |
Vafoti |
12-avgust 1602-yil (51 yoshda) |
Fuqaroligi | Boburiylar davlati |
Qarindoshlari | Abulbarakot Qodiriy (akasi) |
Akbarning vaziri, bosh munshiysi va eng yaqin doʻsti. Uning „Akbarnoma“, „Oyini Akbariy“ („Akbarshoh qonunlari“) kabi yirik tarixiy asarlari Akbarga bagʻishlangan. „Mukotaboti Allomiy“ (boshqa nomi „Inshoyi Abulfazl“) asarida Akbarning 12 viloyat hokimlari, Buxoro xonligi, Eron shohlari va Turkiya sultonlari bilan yozishmalari jam 1ilingan. Bu maktublar boburiylarning qoʻshni Sharq mamlakatlari bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Abulfazl Allomiy tarjimon sifatida ham nom qoldirdi. U qadimiy hind faylasufi Pilpoyk asarlaridan ayrim parchalarni fors tiliga tarjima qilib, „Iyori donish“ („Bilim oʻlchovi“) nomi bilan bir kitobga jamladi. Abulfazl Allomiy 1603-yil Bundala qabilasining boshligʻi Singxa Devu tarafidan oʻldirilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
- ↑ "Abulfazl Allomiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Abulfazl Allomiy mavzusiga oid fayllar bor. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |