Adigeysk
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Adigeysk (adig. Адыгекъал[1]) – Rossiya Federatsiyasining janubi Adigeya Respublikasidagi shahar[2]. Adigeysk bir vaqtda shahar okrugi hamdir[3][4].
Adigeysk adigeycha: Адыгекъал | |
---|---|
Shahar | |
44°52′48″N 39°11′24″E / 44.88000°N 39.19000°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Respublika | Adigeya |
Hukumat | |
• Shahar okrugi boshligʻi | Tlexas Mahmud Azmetovich |
Asos solingan | 1969 |
Avvalgi nomlari | Teuchejsk |
Qachondan beri shahar | 1990 |
Maydon | 1,257 km2 (485 kv mi) |
Markazi balandligi | 45 m |
Iqlim turi | nam moʻtadil |
Milliy tarkib | adigeylar, ruslar |
Konfessiyaviy tarkib |
musulmon-sunniylar pravoslavlar |
Etnoxoronim | adigeyskliklar |
Telefon kodi | 87772 |
Pochta indeks(lar)i | 382 200 |
Geografiyasi
tahrirShahar Adigeya Respublikasining shimoli-gʻarbiy qismida, Kuban daryosi Krasnodar suv omborining janubi-gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan. Respublika poytaxti Maykopdan 95 km shimoli-gʻarbda va Krasnodar shahridan 15 km janubi-sharqda joylashgan[2]. Shaharning maydoni 12,57 km².
M-4 „Don“ federal avtomagistrali Adigeyskning gʻarbiy chekkasi boʻylab oʻtadi. 79K-SKH avtomobil yoʻli (Enem-Adygeysk-Maykop) shimoliy chekkasi boʻylab oʻtgan. Eng yaqin xalqaro aeroport Krasnodarda joylashgan. Shimoliy Kavkaz temir yoʻl liniyasida joylashgan eng yaqin temir yoʻl stansiyasi Psekups, shahardan 8 km janubda joylashgan.
Shahar shimolda Kazazov, sharqda Gatlukay, janubda Psekups va Kochkin, gʻarbda Chetuk aholi punktlari yerlari bilan chegaradosh. Shimoli-gʻarbiy qismida shaharga – Adigeya, Drujba, Zarya, Zdorovye, Kommunalshik, Elbrus va Yubileynoye bogʻdorchilik xoʻjaliklari tutashgan.
Aholi punkti respublikaning tekislik zonasida joylashgan. Shaharning oʻrtacha balandligi dengiz sathidan taxminan 45 metr balandlikda. Relyef asosan biroz toʻlqinsimon, janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa umumiy nishablidir. Nisbiy balandliklarida ahamiyatsiz farq mavjud. Shaharning markaziy qismini katta shahar parki egallaydi.
Gidrografik tarmoq Chetuk (shaharning gʻarbida oqadigan) va Dish (shaharning sharqida oqadigan) daryolari bilan ifodalanadi. Shimoli-gʻarbiy qismida Krasnodar suv ombori shaharga tutashgan.
Iqlimi
tahrirShahardagi iqlim yumshoq moʻtadil, bu yerda Qora dengizning yaqinligi muhim rol oʻynaydi. Havoning yillik oʻrtacha harorati +11,5 °C atrofida, iyulda oʻrtacha +23,5 °C dan yanvarda oʻrtacha 0,5 °C gacha. Qishda minimal harorat kamdan-kam hollarda −10 °C dan pastga tushadi, yozda maksimal harorat +35 °C dan oshadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 770 mm. Yogʻingarchilikning koʻp qismi qishda va yozning boshida tushadi.
Etimologiyasi
tahrir1970-yillarda Krasnodar suv ombori quruvchilar uchgun aholi punkti sifatida tashkil etilgan va mahalliy qurilish ishlarini olib borganlarning etnonimiga koʻra Adigeysk deb nomlangan. 1976-yilda xalq shoiri Sug (Tagir) Teuchej sharafiga Teuchejsk shahri deb nomlanadi. 1990-yilda shaharga asl Adigeysk nomi qaytarilgan[5].
Tarixi
tahrir1967-yilda Kuban daryosining chap qirgʻogʻida, Krasnodar shahrining tepasida katta suv omborini qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. SSSR Vazirlar Kengashining 1967-yil 22-iyundagi 1737-r-son buyrugʻiga muvofiq, Krasnodar oʻlkasi ijroiya qoʻmitasi 1967-yil 25-dekabrdagi 743-son qarori bilan aholini suv ombori hududidan koʻchirish haqida umumiy qoidani tasdiqlagan. Natijada 12 ta aholi punkti toʻliq, 10 ta aholi punkti qisman suv ostida qolgan[6].
Adigeysk ishchi posyolkasi[7] 1969-yilda Krasnodar suv ombori qurilishi paytida suv bosgan ovullar va fermer xoʻjaliklari aholisi uchun tashkil etilgan. Suv bosgan qishloqlar aholisining koʻpchiligi – Lakshukay, Leninaxable, Yangi Kazanukay, Eski Kazanukay, Necherezy, Shabanoxabl, Shahancheriexabl, Yangi Edepsukay, Eski Edepsukay, shuningdek, Kurgoak, Karmalino va Karmalli qishloqlari qayta qurilgan. Yangi aholi punktiga 4195 oiladan 1957 oila koʻchirilgan.
1976-yil 27-iyulda Adigeys ishchi posyolkasiga shahar maqomi beriladi va Adigeya xalq ashugi Sug Teuchej sharafiga Teuchejsk shahri deb nomlanadi[8].
1981-yil aprel oyida Teuchejsk shahri Teuchejsk tumanining maʼmuriy markazi etib belgilandi.
1990-yil 26-sentyabrda RSFSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan Teuchejsk shahri Adigeysk deb qayta nomlanadi.
2000-yilda Teuchejsk tumani maʼmuriy-hududiy oʻzgartirilgandan soʻng, Adigeysk uning tarkibidan chiqariladi va respublika ahamiyatiga ega shahar maqomiga ega boʻladi.
2001-yilda Gatlukay qishlogʻi va Psekups fermasi Adigeysk shahrining maʼmuriy yurisdiksiyasiga oʻtkazilgan.
Adigey Respublikasining 2004-yil 1-dekabrdagi 270-sonli Adigeysk shahri munitsipal tuzilishi toʻgʻrisida qonuni bilan unga shahar okrugi maqomi berilgan va chegaralari belgilangan.
Aholisi
tahrir- Milliy tarkibi
2010-yilgi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[9]:
Millatlar | Aholi soni | Butun aholi sonidan egallagan ulushi %da |
---|---|---|
cherkeslar | 9 615 | 78,57% |
ruslar | 2 120 | 17,32% |
boshqa | 311 | 2,54% |
millati koʻrsatilmagan | 191 | 1,57% |
Jami | 12 237 | 100,0% |
- Jins va yosh tarkibi
2010-yilgi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[10] :
Yosh | Erkaklar | Ayollar | Umumiy soni | Butun aholi sonidan egallagan ulushi % da |
---|---|---|---|---|
0-14 yosh | 1050 | 1008 | 2058 | 16,8% |
15-59 yosh | 3 860 | 4 370 | 8 230 | 67,3% |
60 yoshdan boshlab | 754 | 1 195 | 1949 | 15,9% |
Jami | 5664 | 6 573 | 12 237 | 100,0% |
- Erkaklar – 5 664 kishi. (46,3%). Ayollar – 6573 kishi. (53,7%).
- Aholining oʻrtacha yoshi: 37,6 yosh.
- Erkaklarning oʻrtacha yoshi: 35,6 yosh.
- Ayollarning oʻrtacha yoshi: 39,3 yosh.
Hududiy boʻlinishi
tahrirAdigeysk shahri 2 shaharlararo tumanga boʻlingan:
- Sharqiy tuman
- Gʻarbiy tuman
Shahar okruglari munitsipalitet hisoblannmaydi.
Ommaviy axborot vositalari
tahrirDini
tahrirShaharda ikkita masjid bor.
Iqtisodiyoti
tahrirShahar iqtisodiyotida ustun mavqeni ishlab chiqarish sanoati egallab, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida uning ulushi 94% ni tashkil etadi. Eng rivojlanganlari: alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish – 83% va kimyoviy ishlab chiqarish – 7%ni tashkil etadi.
Shahar sanoat salohiyatining asosini quyidagi korxonalar tashkil etadi:
- „Krasnodarzernoprodukt“ MChJ (un ishlab chiqarish)
- „Adigeysk sut zavodi“ MChJ (sut va sut mahsulotlari, shu jumladan pishloq (Adigeycha) ishlab chiqarish)
- „Dermen“ MChJ (non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish),
- „Extra“ MChJ (sut mahsulotlari va Adigeysk pishlogʻi ishlab chiqarish),
- „Mramor“ MChJ (alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish),
- „Asbir“ MChJ pivo va alkogolsiz zavod (pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish),
- Vologda zavodining filiali (uy-joy qurilishi uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqarish,)
- „Perlit“ MChJ (sunʼiy korund ishlab chiqarish),
- „Apeas“ MChJ (tikuv ishlab chiqarishi),
- „Neftexim“ MChJ (neft mahsulotlarini sotish) [13].
Transporti
tahrirShahar Maykop, Krasnodar va Goryachiy Klyuch shaharlari, shuningdek, Teuchejsk tumanining aholi punktlari bilan muntazam yoʻnalishlarga ega.
Koʻchalari
tahrirShahar hududida 2 ta prospekt, 62 ta koʻcha va 2 ta hudud roʻyxatga olingan [14].
Topografik xaritalari
tahrir- L-37-115 Teuchejsk xarita varagʻi. Masshtab: 1 : 100 000. Hududning 1985-yildagi holati. 1988-yil nashri
Havolalar
tahrir- Adygeysk shahrining rasmiy sayti
- Adigeysk shahar kengashi (Wayback Machine saytida 2022-10-05 sanasida arxivlangan)
Manbalar
tahrir- ↑ Берсиров Б.М. „Русско-адыгейский словарь“. Министерство образования и науки Республики Адыгея. 2017-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 Bolshaya Rossiyskaya ensiklopediya: V 30 t. / Predsedatel nauch.-red. soveta Yu. S. Osipov. Otv. red S. L. Kraves. T. 1. A – Anketirovanie. – M.: Bolshaya Rossiyskaya ensiklopediya, 2005. – 766 s.: il.: kart.
- ↑ „Устав муниципального образования «Город Адыгейск»“. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-noyabr.
- ↑ „Закон Республики Адыгея от 5 мая 2000 года N 171 «Об административно-территориальном устройстве Республики Адыгея»“. 2018-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyun.
- ↑ Поспелов 2008.
- ↑ Виталий Штыбин. „Утерянное наследие Адыгеи. Какой ценой построили Краснодарское водохранилище“. yuga.ru (2018-yil 13-iyul). 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ [Adigeysk, Ensiklopedicheskiy slovar. 2009.]
- ↑ Азаренкова А.С., Бондарь И.Ю., Вертышева Н.С.. Основные административно-территориальные преобразования на Кубани (1793-1985 гг.). Краснодар: Краснодарское книжное издательство, 1986 — 269-bet.
- ↑ „Всероссийская перепись населения 2010 года. Численность населения Республики Адыгея. Том 4. Национальный состав“. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Том 2. Возрастно-половой состав населения и состояние в браке“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Официальный сайт газеты «Единство»“. 2022-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
- ↑ „Газета «Единство»“. 2022-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
- ↑ „Официальный сайт города Адыгейск“. 2009-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-dekabr.
- ↑ „Коды ОКАТО и ОКТМО — Адыгейск“. 2015-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-mart.