Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi
Bu maqola ayni damda faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 20:06, 18-dekabr 2024 (UTC) (14 daqiqa avval) da tahrir qilingan. |
Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi[1] — Yevropaning (undan oldin Osiyo ham) Afrika qitʼasini mustamlaka qilish jarayoni. Mustamlakalar birinchi marta Afrikada qadimgi davrlarda tashkil etilgan. Qadimgi yunonlar va rimliklar nafaqat Yevrosiyoning ayrim qismlarini, balki Afrika qit’asining shimolini ham mustamlakaga aylantirishgan. Baʼzi mustamlakalar asrlar davomida saqlanib qolgan. Shunday boʻlsa-da, Afrikadagi mustamlakachilik haqida gapirilganda, odatda Yevropaning yangi imperializm davridagi (1884—1914-yillar) „Afrika uchun kurash“ jarayonida Afrika davlatlari va jamiyatlarining Yevropa tomonidan bosib olinishi hamda Ikkinchi Jahon urushidan keyingi bosqichma-bosqich dekolonizatsiya jarayonlari nazarda tutiladi.
Undan keyingi davrda Afrikani mustamlakaga aylantirishda ishtirok etgan davlatlar Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Ispaniya, Belgiya va Italiya edi. Yevropa hukmronligi Afrika davlatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Muxtoriyatning tugatilishi mahalliy urf-odatlarni yoʻq qildi. Bu esa Afrikaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarida keskin o’zgarishlarga sabab boʻldi. Mustamlakalar asosan iqtisodiy foyda ko’rish va tabiiy boyliklarni qazib olish maqsadida egallangan[2]. Hozirgi kunda Afrikaning deyarli barcha mamlakatlarida hukumat va ommaviy axborot vositalari ishlatadigan til yaqin oʻtmishdagi mustamlakachi davlatlar tomonidan qo’llanilgan til. Shunga qaramay aholining aksariyati o’zining mahalliy tillarida gaplashishadi.
Qadimgi va oʻrta asrlardagi mustamlakalar
tahrirIlk tarixiy davrda, Shimoliy Afrikada Yevropa va Gʻarbiy Osiyodan kelgan muhojirlar, xususan, yunonlar va finikiyaliklar tomonidan koloniyalar tashkil etilgan.
Misr firʼavni Amasis (miloddan avvalgi 570—526-yillar) hukmronligi davrida, keyinchalik Iskandariyadan 50 mil uzoqlikda joylashgan Navkratisda yunon savdo koloniyasi barpo etildi[3]. Taxminan shu vaqtda yunonlar Kirenaikani ham koloniyalashtirdilar[4]. Miloddan avvalgi 513-yilda Kirena va Karfagen oʻrtasida yunon koloniyasini barpo etishga urinish boʻlgan, ammo bu ikki yildan soʻng mahalliy aholi va karfagenliklarning yunon mustamlakachilarini quvib chiqarishiga olib keldi[5]. Buyuk Iskandar (miloddan avvalgi 356—323-yillar) Misrni bosib olish paytida Iskandariyaning asosini qoʻydi. Bu shahar ellinistik va Rim davrlarining yirik shaharlaridan biriga, savdo va madaniyat markazi, shuningdek, harbiy shtab va aloqa tuguniga aylandi.
Finikiyaliklar Shimoliy Afrika qirgʻoqlari boʻylab bir nechta koloniyalar tashkil etishgan. Ularning baʼzilari nisbatan erta barpo etilgan. Misol uchun, Utika miloddan avvalgi taxminan 1100-yilda asos solingan. “Yangi shahar” maʼnosini bildiruvchi Karfagenning anʼanaviy asos solingan sanasi miloddan avvalgi 814-yil hisoblanadi. U hozirgi Tunis hududida tashkil etilgan va miloddan avvalgi IV asrga kelib Oʻrta Yer dengizida yirik kuchga aylangan. Karfagenliklar Afrika Atlantika qirgʻoqlari boʻylab tadqiqotlar oʻtkazish va koloniyalar barpo etish uchun ekspeditsiyalar yuborishgan. Bunga misol qilib Xannoning miloddan avvalgi taxminan 425-yillardagi hisobotini keltirish mumkin[6].
Karfagen rimliklar bilan toʻqnash kelgan va ular bilan kurashgan. Ular oʻrtasidagi uchinchi va soʻnggi urush, Uchinchi Puni urushidan (miloddan avvalgi 150–146-yillar) keyin Rim Karfageni butunlay vayron qildi. Skullard miloddan avvalgi II asr oxirida Gay Grakx, miloddan avvalgi I asrda Yuliy Sezar va Avgust kabi shaxslarning shu joy yaqinida yangi Rim koloniyasini tashkil etish rejalari boʻlganini tilga oladi. Bu koloniya barpo etilgan va Avgust davrida Afrika qitʼasining Rim viloyati poytaxti vazifasini bajargan[7]. Gotik vandallar V asrda u yerda qisqa muddatga qirollik oʻrnatishgan, ammo tez orada rimliklar, bu safar vizantiyaliklar qoʻliga oʻtib ketgan. Butun Rim/Vizantiya Shimoliy Afrikasi oxir-oqibat VII asrda arablar qoʻliga oʻtgan. Arablar ilk oʻrta asrlarda arab tilini va islomni kirita boshlashgan, bir vaqtning oʻzida malayo-polineziya tilida soʻzlashuvchi guruh Madagaskarga malagasi tilini undan ham oldinroq olib kelgan.
XV asr
tahrirYevropaning ilk ekspeditsiyalari savdo bazasi sifatida qirg’oq bo’yi savdo postlarini o’rnatishga, shuningdek, avval yashamagan Kabo-Verde orollari va San-Tome oroli kabi orollarni koloniyalashga qaratilgan edi. Ispanlar XV asrda Shimoliy Afrika qirg’og’i yaqinidagi Kanar orollarini koloniyalashtirib, mahalliy Berber aholisining genotsidiga sabab bo’lishdi[8].
Yevropaliklar tomonidan Afrika qit’asida asos solingan eng qadimgi zamonaviy shahar Keyptaun bo’lib, u 1652-yilda Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan sharqqa suzib ketayotgan Yevropa kemalari uchun yarim yo’l bekat sifatida asos solingan.
Afrika uchun kurash
tahrirBuyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya Afrika qitʼasining qirgʻoqboʻyi hududlarini egallagan edi, ammo hali ichki hududlargacha kirib bormagan edi. 1870-yilga kelib, yevropaliklar Afrika hududining oʻndan bir qismini, asosan Oʻrta yer dengizi boʻylari va qitʼaning janubiy chekkalarini nazorat qilgan. Ichki hududlarni mustamlaka qilish gʻoyasining dastlabki tarafdorlaridan biri Belgiyaning qiroli Leopold boʻlgan. U Kongo havzasini 1908-yilgacha shaxsiy mulki sifatida bosib olib, mustamlaka siyosatini amalga oshirgan va mahalliy aholini bosim ostida ushlab turgan. 1885-yilda Otto von Bismarck tashabbusi bilan chaqirilgan Berlin konferensiyasi Yevropa davlatlari oʻrtasida qurolli nizolarni oldini olish va xalqaro qoidalarni belgilash maqsadida tashkil etilgan. Ushbu konferensiya Ikkinchi sanoat inqilobi bilan bogʻliq boʻlgan „Yangi imperializm“ni shakllantirdi[9]. Bu kelishuv imperialistlarga ichki hududlarga kirib borish imkonini berdi va bu jarayonda ular oʻrtasida nisbatan kam nizolar yuzaga keldi. Imperialist davlatlar oʻrtasidagi jiddiy mojarolardan biri 1898-yilda Buyuk Britaniya va Fransiya oʻrtasida yuz bergan Fashod mojarosi boʻldi. Ammo, bu masala mustamlakachi davlatlar oʻrtasida sezilarli harbiy toʻqnashuvlarsiz hal qilindi. 1870-yildan 1914-yilgacha Yevropa oʻz mustamlakachilik mulklariga deyarli 23 million kvadrat kilometr, yaʼni Yer yuzasining beshdan bir qismini qoʻshib oldi.
Imperializm butun Yevropada oʻz-oʻzini hurmat qilishni hissini shakllantirdi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushi ittifoqchilari urushlar davomida Afrika ishchi kuchi va askarlaridan keng miqyosda foydalandilar[10][11]. Maʼmuriy boshqaruv uslublari nuqtai nazaridan, fransuzlar, portugallar, nemislar va belgiyaliklar „bevosita boshqaruv“ deb ataladigan yuqori darajada markazlashgan maʼmuriy tizimni qoʻllaganlar[12]. Aksincha, inglizlar mahalliy aholidan hokimiyat vakillarini aniqlab, ularni Britaniya imperiyasi manfaatlari yoʻlida boshqarishga undagan yoki majburlash orqali hukmronlik qilishga intilganlar. Bu bilvosita boshqaruv usuli edi[13]. Fransiya Parijdan turib, anʼanaviy mezonlarni eʼtiborga olmasdan, faqat Fransiyaga sodiqlikni hisobga olgan holda, rahbarlarni tayinlab boshqaruvni amalga oshirdi. Fransiya Afrikada ikkita yirik mustamlaka federatsiyasini – Fransiya G‘arbiy Afrikasi va Fransiya Ekvatorial Afrikasini tashkil etdi. Fransiya davlat amaldorlarini tayinlar, qonunlar chiqarar va mustamlaka assambleyalari tomonidan qabul qilingan har qanday choralarni tasdiqlar edi.
Germaniya Sharqiy Afrikasidagi mahalliy guruhlar Germaniya tomonidan majburan ishlash va soliq toʻlashga qarshi turishgan. 1888-yilgi Abushiri qo‘zg‘olonida nemislar hududdan deyarli haydab chiqarildi[14].
Oʻn yil oʻtgach, mustamlaka qoʻlga kiritilgan kabi koʻrinsada, biroq „bu uzoq davom etgan kurash boʻlib, ichki boshqaruv markazlari aslida kichik harbiy qal’alar ketma-ketligidan iborat edi.“ 1905-yilda nemislar keng qoʻllab-quvvatlangan Maji Maji qo‘zg‘olonidan xayratga tushishdi. Bu qarshilik harakati dastlab muvaffaqiyatli boʻldi. Biroq, bir yil ichida pulemyotlar bilan qurollangan qoʻshimcha kuchlar yordamida qoʻzgʻolon bostirildi. Germaniyaning Janubi-gʻarbiy Afrikada nazoratni oʻrnatishga urinishlari ham qattiq qarshilikka duch keldi. Bu qarshilik shafqatsizlarcha bostirildi va natijada Gerero va Nama xalqlarining ommaviy qirgʻiniga olib keldi[15].
Belgiya qiroli Leopold II oʻzining ulkan shaxsiy mustamlakasini Kongo erkin davlati deb atadi. Uning afrikaliklarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishi kuchli xalqaro eʼtirozlarga sabab boʻldi va Yevropa kuchlari uni mustamlaka ustidan nazoratni Belgiya parlamentiga topshirishga majbur qilishdi[16].
Vincent Khapoya kolonial davlatlarning mustamlakani iqtisodiy jihatdan boshqarishga katta eʼtibor berishganini taʼkidlaydi. Bunga quyidagilar kirardi: yerlarni bosib olish, koʻpincha majburiy mehnatni joriy etish, naqd pul keltiruvchi ekinlarni olib kirish, baʼzan hatto oziq-ovqat ekinlarini eʼtiborsiz qoldirish, mustamlakachilikdan oldingi davrdagi Afrikalararo savdo tartiblarining oʻzgarishi, Hindistondan ishchilarni olib kelish va boshqalar, shuningdek, Afrikaning Yevropa sanoati uchun xom ashyo manbai sifatida qolishi[17]. Keyinchalik mustamlakachi kuchlar qullikni bekor qilish, infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash va ta’limni yaxshilashga e’tibor qaratdilar[18][19][20].
Mustamlakachilikdan xalos boʻlish
tahrirXapoya Afrika davlatlarida hukmronlik qilishga qarshi bo’lgan kuchlarning sezilarli qarshiligini qayd etadi. Texnik ustunlik bosib olish va nazorat qilishga imkon berdi. Mustaqillik tarafdori bo’lgan afrikaliklar Afrikadagi yevropaliklar bilan muloqotda yevropa ta’limining qimmatini tan olishdi. Ba’zi afrikaliklar o’z cherkovlarini tashkil etishdi. Afrikaliklar, shuningdek, jahon urushlari paytida imperialistik mamlakatlarni qo’llab-quvvatlash harakatlari uchun olgan minnatdorchilikdagi tengsizlikni ham payqashdi[21]. Yevropa tomonidan o’rnatilgan chegaralar an’anaviy hududlarga mos kelmasa-da, bunday yangi hududlar mustaqillikka qadar siyosiy ovozni oshirish uchun harakatlar olib borish uchun imkoniyatlar yaratdi[22]. Bunday tashvishda bo’lgan mahalliy guruhlar orasida yuristlar va shifokorlar kabi mutaxassislar, mayda burjuaziya (kotiblar, o’qituvchilar, kichik savdogarlar), shahar ishchilari, pul ekinlari yetishtiruvchi fermerlar, dehqonlar va boshqalar bor edi. Kasaba uyushmalari va boshqa dastlab siyosiy bo’lmagan uyushmalar asta-sekin siyosiy harakatlarga aylandi.
Britaniya hokimiyatni asta-sekin o’tkazish va shu tariqa mustaqillikka erishish jarayonini amalga oshirishga intilgan bo’lsa, Fransiyaning assimilyatsiya siyosati, ayniqsa Shimoliy Afrikada ba’zi noroziliklarga sabab bo’ldi[23]. 1956-yil mart oyida Marokash va Tunisga mustaqillik berilishi Jazoirga e’tiborni qaratishga imkon berdi, u yerda mustaqillikka erishish uchun uzoq (1954–62) va qonli qurolli kurash olib borildi[24]. Prezident Sharl de Goll 1958-yilda bu masala bo’yicha referendum o’tkazganida, faqat Gvineya to’g’ridan-to’g’ri mustaqillik uchun ovoz bergan. Shunga qaramay, 1959-yilda Fransiya konstitutsiyaga o’zgartirish kiritib, boshqa koloniyalarga ham bu imkoniyatni berdi[25].
Britaniya Sharqiy Afrikasidagi fermerlar o’z yerlarini tortib olishga urinishlaridan va o’z xohish-istaklariga va tajribalariga zid ravishda qishloq xo’jaligi usullarini joriy etilishidan norozi edilar. Tanganyikada Yulius Nyerere nafaqat umumiy suahili tilida birlashgan afrikaliklar orasida, balki irqiy vaznga ega konstitutsiya ostida o’zlarining nomutanosib ovoziga ega bo’lgan ba’zi oq tanli rahbarlarga ham ta’sir ko’rsatdi. U 1961-yilda mustaqil Tanganyikaning rahbari bo’ldi. Keniyada oq tanlilar 1930-yillarda afrikalik ijarachilarni haydab yuborgan edi; 1940-yillardan beri 1952-yilda avj olgan nizolar davom etdi. 1955-yilga kelib, Buyuk Britaniya qo’zg’olonni bostirdi va 1960-yilga kelib Buyuk Britaniya Afrika ko’pchilik boshqaruv prinsipini qabul qildi. Keniya uch yildan keyin mustaqil bo’ldi[26].
Afrikada dekolonizatsiyaning asosiy davri Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi. O’sib borayotgan mustaqillik harakatlari, mahalliy siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari imperatorlik davlatlari ichidagi va AQSh va Sovet Ittifoqi bosimi bilan birgalikda 1980-yilga kelib qit’aning ko’pchilik qismini dekolonizatsiya qilishni ta’minladi. Ba’zi hududlarda (ayniqsa, Janubiy Afrika va Namibiyada) yevropaliklar avlodlarining katta aholisi saqlanib qolgan. Faqatgina Ispaniyaning Seuta va Melilya anklavlari hali ham Yevropa mamlakati tomonidan boshqariladi. Reyunion va Mayotta orollari, Avliyo Yelena, Asension va Tristan Da Kuniya, Kanar orollari va Madeyra orollari hamon Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya yoki Portugaliya nazorati ostida qolmoqda, ikkinchisi hech qachon Afrika siyosiy tuzilmasining bir qismi bo’lmagan va asosan Yevropa aholisiga ega.
Nazariy asoslar
tahrirMustamlakachilik nazariyasi mamlakatni mustamlaka qilishning muammolari va oqibatlarini koʻrib chiqadi va bu tushunchalarni oʻrganish boʻyicha koʻplab tadqiqotlar olib borilgan.
Walter Rodney
tahrirGvianalik tarixchi va faol Valter Rodni o’zining “Yevropa Afrikani qanday qilib qoloqlashtirdi” kitobida Afrika G’arb tomonidan iqtisodiy ekspluatatsiya yo’li bilan talon-taroj qilinganini ilgari suradi. U Marksistik tahlildan foydalanib, resurslarni qazib olish usullarini va Yevropa tomonidan Afrikaning tizimli ravishda rivojlantirilmay qoldirilganini tahlil qiladi. Uning xulosasiga ko’ra, hozirgi Afrika va Yevropa tuzilmalari qiyosiy tahlil orqali Atlantika qul savdosi va kolonializmga borib taqaladi. U, shuningdek, gender masalasini tahlil qiladi va kolonializm davrida afrikalik ayollarning huquqlari yanada cheklanganini ta’kidlaydi.
Mahmood Mamdani
tahrirMahmud Mamdani 1996-yilda “Fuqaro va tobe” kitobini yozgan. Uning asosiy g’oyasi shundan iboratki, Afrikadagi mustamlaka davlati “yagona gegemon hokimiyat ostidagi ikki xil hokimiyat” ko’rinishidagi bifurkatsiya qilingan davlat shaklini olgan[27]. Afrikadagi mustamlaka davlati ikkiga bo’lingan edi. Bir davlat mustamlakachi yevropalik aholi uchun, ikkinchi davlat esa mahalliy aholi uchun. Mustamlakachi hokimiyat asosan shahar va qishloqlarda joylashgan bo’lib, saylangan hukumatlar tomonidan boshqarilgan. Mahalliy hokimiyat qishloq joylarida mavjud bo’lib, ularning tarixi va an’analariga mosroq bo’lgan qabila hokimiyati tomonidan boshqarilgan. Mamdani shaharlarda mahalliy institutlar tan olinmaganligini aytib o’tadi. Yevropaliklar tomonidan madaniyatsiz deb tasvirlangan mahalliy aholi fuqarolik huquqlaridan mahrum qilingan[28]. Mustamlaka davlatining bo’linishi yevropalik “fuqaro” va afrikalik “tobe” o’rtasida irqiy segregatsiyani va hukumat institutlari o’rtasida bo’linishni keltirib chiqardi.
Achille Mbembe
tahrirAxxil Mbembe — kamerunlik tarixchi, siyosiy nazariyotchi va faylasuf boʻlib, u mustamlaka va postmustamlaka davridagi hayot haqida keng yozgan va nazariyalar ishlab chiqqan. Uning 2000-yilda yozilgan “Postmustamlaka haqida” kitobi Afrikadagi postmustamlaka hayotini tanqidiy tahlil qiladi va postkolonializm sohasidagi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Aynan postmustamlakachilikni o’rganish orqali Mbembe mustamlaka Afrikasida hokimiyat qanday yo’llar bilan amalga oshirilganligini ochib beradi. U o’quvchiga eslatib o’tadiki, mustamlakachi davlatlar Afrika tanalaridan mehnat maqsadida, shuningdek, bo’ysunuvchi mustamlaka kimliklarini shakllantirish uchun o’ta zo’ravonlik usullarida foydalanishni talab qilishgan.
Mbembe mustamlaka va postmustamlaka davrlaridagi hokimiyatni solishtirib, mustamlakadagi zo’ravonlik afrikalik tanalarga asosan mehnat va bo’ysunish uchun ishlatilganini ko’rsatadi[29]. Yevropa mustamlakachi davlatlari Afrika mustamlakalaridan tabiiy resurslarni qidirgan va ularni qazib olish uchun zarur bo’lgan ishchi kuchiga, shuningdek, bu sanoat tarmoqlari atrofida mustamlaka shahrini qurishga muhtoj edi. Yevropaliklar mahalliy tanalarni pastkash va o’zgartirilishi kerak deb hisoblaganligi sababli, bo’ysunuvchan ishchi yaratish uchun zo’ravonlik zarur edi[29]. Mustamlakachilar bu zo’ravonlikni afrikalikni samarali ishchiga aylantirgani uchun zarur va yaxshi deb hisoblashgan[29]. Ular bir vaqtning o’zida oddiy mehnatdan foydalanish va afrikalikning kimligi va xarakterini shakllantirish kabi maqsadlarga ega edilar. Mustamlakachilar afrikalikni itoatkor qilib shakllantirib, pirovardida afrikaliklarning mustamlaka hududlarida qanday harakatlanishi mumkinligini shakllantirdi va majbur qildi[29]. Shundan so’ng, afrikalikning kundalik hayoti jamoat ishlari loyihalari va harbiy chaqiruv kabi mashqlar orqali namoyon bo’ladigan bo’ysunish namoyishiga aylandi[29].
Mbembe mustamlaka zo’ravonligini postmustamlaka zo’ravonligi bilan solishtiradi. Mbembe postmustamlakachilik davridagi zo’ravonlik yanada qo’pol va asosan oddiy hokimiyatni namoyish qilish maqsadiga ega ekanligini ko’rsatadi. Zo’ravonlikka haddan tashqari va mubolag’ali ifodalar xosdir[29]. Mbembe tomonidan mustamlakadagi zo’ravonlik nazariyasi mustamlakachi va mustamlaka o’rtasidagi tengsiz munosabatni yoritib beradi va mustamlakachilik jarayonida afrikalik tanalarga yetkazilgan zo’ravonlikni yodimizga soladi. Uni shu zo’ravonlik kontekstisiz tushunib bo’lmaydi va o’rgatish ham noto’g’ri bo’ladi.
Stephanie Terreni Brown
tahrirStefani Terreni Braun — mustamlakachilik sohasidagi olima. U oʻzining 2014-yildagi maqolasida mustamlakachilik hikoyalarida sanitariya va ifloslikdan Kampala misolida qanday foydalanilishini oʻrganadi[30]. Braun abeksiyani bir guruh boshqa guruhni chetlashtiradigan yoki insoniylikdan mahrum qiladigan jarayon sifatida taʼriflaydi. Abekt deb hisoblanganlar koʻpincha boshqalar tomonidan chetlatiladi va pastroq deb hisoblanadi. Abektivatsiya doimiy ravishda odamlar guruhini hukmronlik qilish va ularni nazorat qilish mexanizmi sifatida ishlatiladi. Uning taʼkidlashicha, mustamlakachilik holatida Gʻarb Afrika mahalliy aholisini hukmronlik qilish va nazorat qilish uchun undan foydalanadi[30].
Ifloslik va sanitariya haqidagi nutqlar orqali abektivatsiya Gʻarbning hukmron arboblari va mahalliy aholi oʻrtasida farqlar oʻtkazish uchun ishlatiladi. Ifloslik notoʻgʻri joyda boʻlgan narsa sifatida, tozalik esa “oʻz guruhi”, yaʼni mustamlakachilar bilan bogʻlanadi, ifloslik esa mahalliy aholi bilan tenglashtiriladi. Ifloslik va nopoklikka boʻlgan jirkanish va norozilik reaksiyalari koʻpincha ijtimoiy meʼyorlar va kengroq madaniy kontekst bilan bogʻliq boʻlib, Afrikaning bugungi kunda ham oʻylash uslubini shakllantirmoqda[30].
Braun mustamlaka maʼmurlari faqatgina mustamlakachilar uchun moʻljallangan ishlaydigan kanalizatsiya tizimini qurish bilan cheklanganligini va Uganda aholisi bilan qiziqmaganligini muhokama qiladi. Sanitariya haqidagi bu ritorika muhim, chunki u zamonaviylik va madaniyatli boʻlishning asosiy qismi sifatida qaraladi. Sanitariya va tegishli kanalizatsiya tizimlarining yoʻqligi afrikaliklar yovvoyi va madaniyatsiz ekanligini anglatadi, bu esa Gʻarbning sivilizatsiyalashuv jarayonini qanday oqlaganida asosiy rol oʻynagan. Braun ifloslik haqidagi nutqlardan foydalangan holda abektivatsiyalash jarayonini Kampalada va boshqa Afrika shaharlarida bugungi kungacha ham mavjud bo’lgan mustamlakachilikning jismoniy va moddiy merosi sifatida ta’riflaydi[30].
Tanqidiy mulohaza
tahrirAfrikani mustamlakalash haqidagi tanqidiy nazariya asosan imperialistik harakatlarni qoralashda birlashgan. Postkolonial nazariya shu anti-kolonial/anti-imperial konsepsiyadan kelib chiqqan boʻlib, Mbembe, Mamdani va Braun kabi yozuvchilar, shuningdek, koʻplab boshqa yozuvchilar ham undan oʻzlarining Afrikani mustamlakalash haqidagi asarlarida asosiy voqea sifatida foydalanishgan.
Postkolonializm ijtimoiy fanlar va gumanitar fanlardagi kuchli fanlararo yoʻnalish sifatida taʼriflanishi mumkin, u imperialistik/mustamlakachilik oʻtmishiga eʼtiborni qayta qaratadi va Gʻarbning dunyodagi oʻrnini tushunishni tanqidiy qayta koʻrib chiqadi[31].
Postkolonial geograflar mustamlakachilik, garchi u aniq koʻrinishlarda boʻlmasa ham, bugungi kunda ham davom etmoqda degan fikrga sodiqdirlar. Mbembe, Mamdani va Braunning nazariyalarida mahalliy afrikaliklar madaniyatsiz, ikkinchi darajali fuqarolar sifatida muomala qilingan va koʻplab sobiq mustamlaka shaharlarida bu holat bugungi kungacha irqdan boylik bo’yicha ajratishga o’tish bilan davom etmoqda degan umumiy mavzu mavjud.
“Postmustamlaka haqida” asari, Meredith Terreta kabi olimlar tomonidan Kamerun kabi muayyan Afrika davlatlariga haddan tashqari e’tibor qaratgani uchun tanqid qilingan[32]. Bu tanqidning aks-sadolari Mamdanining asarlarida ham uchraydi, uning nazariyalari haqiqatda butunlay boshqacha Yevropa imperialistik mafkuralari tomonidan turli yoʻllar bilan mustamlaka qilingan Afrika boʻylab umumlashtirilgani uchun shubha ostiga olingan[33].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Gürsoy, ŞAHİN (February 2018). „Afrika'nın Sömürgeleştirilme Sürecinde Berlin Konferansı (1884-1885) ve Afrika Basınına Yansımaları∗“ (PDF). History Studies. № 10. 268-bet. doi:10.9737/hist.2018.579. Qaraldi: 17-dekabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Mamdani (1996)
- ↑ Boardman (1973), s. 114
- ↑ Boardman (1973), s. 151f
- ↑ Boardman (1973), s. 208
- ↑ Harden (1971), ss. 163–168
- ↑ Scullard (1976), ss. 37, 150, 216
- ↑ Adhikari, Mohamed (2017). "Europe's First Settler Colonial Incursion into Africa: The Genocide of Aboriginal Canary Islanders". African Historical Review 49 (1). https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/17532523.2017.1336863. Qaraldi: 8 June 2024.Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi]]
- ↑ Shepperson (1985)
- ↑ Khapoya (1998), s. 115f
- ↑ "The History of Colonialism in Africa". The Journal of African American History. https://www.jstor.org/stable/25610078.
- ↑ Bensoussan (2012)
- ↑ Khapoya (1998), s. 126f
- ↑ Shillington (1995)
- ↑ Shillington (1995), s. 340f
- ↑ Clay (2016)
- ↑ Khapoya (1998), ss. 141–143
- ↑ Lovejoy (2012)
- ↑ Ferguson (2003)
- ↑ „Colonisation of Africa“.
- ↑ Khapoya (1998), s. 148f
- ↑ Khapoya (1998)
- ↑ Khapoya (1998), s. 177f
- ↑ Shillington (1995), s. 380f
- ↑ Khapoya (1998), s. 183
- ↑ Shillington (1995), s. 385f
- ↑ Mamdani (1996), s. 18
- ↑ Mamdani (1996), s. 16
- ↑ 29,0 29,1 29,2 29,3 29,4 29,5 Mbembe (1992)
- ↑ 30,0 30,1 30,2 30,3 Brown (2014)
- ↑ Clayton (2003)
- ↑ Terretta (2002)
- ↑ Copans (1998)
Adabiyotlar
tahrir- Bensoussan, David. Il était une fois le Maroc - Témoignages du passé judéo-marocain, 2nd, iUniverse, 2012. ISBN 978-1-4759-2609-5.
- Boardman, John. The Greeks Overseas. Harmondsworth: Penguin, 1973.
- Brown, Stephanie Terreni (2014-01-02). "Planning Kampala: histories of sanitary intervention and in/formal spaces". Critical African Studies 6 (1): 71–90. doi:10.1080/21681392.2014.871841. ISSN 2168-1392.
- Clay, Dean (2016). "Transatlantic Dimensions of the Congo Reform Movement, 1904–1908". English Studies in Africa 59 (1): 18–28. doi:10.1080/00138398.2016.1173274.
- Clayton, Daniel „Chapter 18: Critical Imperial and Colonial Geographies“, . Handbook of Cultural Geography. Sage London, 2003 — 354–368-bet. ISBN 9780761969259.
- Copans, Jean (1998). "Review of Citizen and Subject". Transformation 36: 102–105.
- Ferguson, Niall. Empire: How Britain Made the Modern World. London: Allen Lane, 2003. ISBN 978-0-7139-9615-9.
- Harden, Donald. The Phoenicians. Harmondsworth: Penguin, 1971.
- Khapoya, Vincent B.. The African Experience, 2nd, Upper Saddle River, NJ: Prentice Hall, 1998. ISBN 978-0137458523.
- Lovejoy, Paul E.. Transformations of Slavery: a History of Slavery in Africa, 3rd, London: Cambridge University Press, 2012. ISBN 9780521176187.
- Mamdani, Mahmood. Citizen and subject : contemporary Africa and the legacy of late colonialism. Kampala: Fountain Publishers, 1996. ISBN 9780852553992. OCLC 35445018.
- Mbembe, Achille (1992). "Provisional Notes on the Postcolony". Africa: Journal of the International African Institute 62 (1): 3–37. doi:10.2307/1160062.
- Rodney, Walter. How Europe Underdeveloped Africa. London: Bogle-L'Ouverture, 1972. ISBN 978-0-9501546-4-0.
- Scullard, H. H.. From the Gracchi to Nero. London: Methuen and Co., 1976.
- Shepperson, George (1985). "The Centennial of the West African Conference of Berlin, 1884-1885". Phylon 4 (1): 37–48. doi:10.2307/274944.
- Shillington, Kevin. History of Africa, 2nd, New York: St. Martin's Press, 1995. ISBN 9780312125981.
- Terretta, Meredith (2002). "Review Work: On the Postcolony by Achille Mbembe". Canadian Journal of African Studies 36 (1): 161–163.
Qoʻshimcha adabiyotlar
tahrir- Crowther, Michael. The Story of Nigeria. London: Faber and Faber, 1978.
- Davidson, Basil. The African Past. Harmondsworth: Penguin Books, 1966.
- Gann, Lewis H. Colonialism in Africa, 1870-1960 (1969) Online
- Harris, Norman Dwight. Intervention and Colonization in Africa. Houghton Mifflin, 1914.
- Hoskins, H.L. European imperialism in Africa (1967) online
- Michalopoulos, Stelios; Papaioannou, Elias (2020-03-01). "Historical Legacies and African Development." Journal of Economic Literature. 58 (1): 53–128.
- Miers, Suzanne; Klein, Martin A.. Slavery and Colonial Rule in Africa (Slave and Post-Slave Societies and Cultures). Routledge, 1998. ISBN 9780714644363.
- Nabudere, D. Wadada. Imperialism in East Africa (2 vol 1981) online
- Olson, James S., ed. Historical Dictionary of the British Empire (1996) Online
- Olson, James S., ed. Historical Dictionary of European Imperialism (1991) online (Wayback Machine saytida 21 October 2019 sanasida arxivlangan)
- Pakenham, Thomas (1992). The Scramble for Africa: the White Man's Conquest of the Dark Continent from 1876 to 1912 (13th ed.). London: Abacus. ISBN 978-0-349-10449-2.
- Phillips, Anne. The enigma of colonialism : British policy in West Africa (1989) Online
Havolalar
tahrirVikiomborda Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi haqida turkum mavjud |
- Economic Impact of Colonialism
- Germany Refuses to Apologize for Herero Holocaust – from Africana.com
- Andre Osborn, "Belgium exhumes its colonial demons", The Guardian, 12 July 2002