Bosh menuni ochish

Ahmadshoh durroniy (taxminan 1721 — 1773) — afg‘on davlat arbobi va sarkarda, mustaqil afg‘on davlati asos-chisi, shoir. Afg‘onlarning durroniy qabilasining sadozay urug‘idan. 1738 y. Eron shohi Nodirshoh Afshar xizma-tiga kirgan. 1747 y. Nodirshoh vafot etgach, A. D. Eron armiyasidagi afg‘on qo‘shinlarini Afg‘onistonga olib ket-gan. 1747 y. Afganistan shohi deb e’lon qilingan. O‘z hukmronligi ostiga barcha afg‘on qabilalari hamda xonlariii bir-lashtirib, ularni turli sovg‘alar, yerlar, mansablar bilan o‘ziga tarafdor qilib olgan. Hindiston, Eron va Jan. Tur-kistonga qator harbiy yurishlar uyush-tirib, Panjob (174851), Kashmir (1752), Sirxind va Sind (1757), Balu-jiston (1750), Seyiston (1754), Xuro-son (1754) va Balxni (1752) bosib olgan. 1761 y. Panipat jangida marathalarni tor-mor keltirgan. Umrining so‘nggi dav-rida sikhlar bilan uncha muvaffaqiyatli bo‘lmagan urushlar olib borgan.A. D. 17- a. afgon she’riyatining da-vomchisi sifatida pashtu tilida lirik she’rlar yaratgan. 1940 y. Kobulda A. D.ning 3000 baytdan iborat devoni nashr etildi. A. D. devonining ko‘lyozmalaridan biri O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil