Aisha Alhassan
Aisha Jummai Al-Hassan (1959-yil 16-sentyabr ― 2021-yil 7-may) — Mama Taraba nomi bilan tanilgan nigeriyalik huquqshunos va siyosatchi. 2015-yildan 2018-yilgacha ayollar ishlari boʻyicha federal vazir lavozimida ishlagan[1][2]. 2011-yildan 2015-yilgacha Shimoliy Taraba senatorlik okrugida faoliyat olib borgan.
Aisha Alhassan | |
---|---|
Ayollar ishlari bo‘yicha vazir | |
Mansab davri 2015-yil 11-noyabr – 2018-yil 29-sentyabr | |
Prezident | Muhammadu Buhari |
Oʻtmishdoshi | Zainab Maina |
Vorisi | Aisha Abubakar |
Shimoliy Taraba senatori | |
Mansab davri 2011-yil 6-iyun – 2015-yil 6-iyun | |
Oʻtmishdoshi | Anthony George Manzo |
Vorisi | Abubakar Sani Danladi |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
16-sentyabr 1959-yil Taraba shtati, Nigeriya |
Vafoti |
7-may 2021-yil (61 yoshda) Qohira, Misr |
Millati | nigeriyalik |
Siyosiy partiyasi |
|
Kasbi | siyosatchi, huquqshunos |
Taxallus(lar)i | Mama Taraba |
Alhassan 2011-yilgi Nigeriya Senati saylovlarida Xalq Demokratik partiyasi (XDP)dan senator etib saylangan. Keyinchalik asosiy muxolifat partiya — All Progressive Congress (APC) — a’zosi bo‘lgan. 2015-yilgi Taraba shtati gubernatorlik saylovida muxolifat partiyadan gubernatorlikka nomzod bo‘lgan. 2015-yil 25-aprelda qayta o‘tkazilgan saylovda XDP nomzodi Darius Ishakuga yutqazgan, ammo 2015-yil 7-noyabrda sud Ishakuni ishdan bo‘shatgan va Alhassanni 2015-yil 11-apreldagi soʻrovnomada g‘olib deb e’lon qilgan. Biroq bu keyinchalik Nigeriya Oliy sudi tomonidan bekor qilingan[3].
2015-yilda prezident Muhammadu Buhari tomonidan vazir etib tayinlangan va senat tomonidan tasdiqlanganidan keyin 2015-yil 11-noyabrda qasamyod qilgan. 2018-yil 29-sentyabrda Nigeriya Xotin-qizlar ishlari vaziri lavozimidan nafaqaga chiqqan[4].
Hayoti va faoliyati
tahrirAlhassan 1959-yil 16-sentyabrda Fula qabilasida dunyoga kelgan. Ma’lumoti bo‘yicha huquqshunos. Taraba shtati Bosh prokurori va Adliya komissari, shuningdek, FCT (Federal Capital Territory) sudyalar kengashi kotibi lavozimlariga tayinlangan birinchi ayol. 2003-yil 17-dekabrda Abuja Oliy sudi Bosh registratori etib tayinlangan. Nafaqaga chiqqanidan keyin biznes bilan shug‘ullangan.
Siyosiy faoliyati
tahrirSenat
tahrir2011-yil yanvar oyida XDP saylov oldi bahslarida Alhassan amaldagi senator, sobiq elchi Manzo Anthonyni mag‘lub etgan.
2011-yil 9-apreldagi saylovda 114,131 ovoz olib, Action Congress of Nigeria (ACN) vakili Jolly Nyameni (92,004 ovoz) mag‘lub etgan[5]. U XDP vakili sifatida saylangan to‘rt ayoldan biri edi, qolganlari: Nkechi Nwaogu, Helen Esuene va Nenadi Usman[6]. Saylovdan keyin Alhassan Senat raisligi uchun kurashayotgani ma’lum qilingan.
Gubernatorlikka nomzod
tahrirAlhassan 2015-yilgi Taraba shtati gubernatorlik saylovida All Progressive Congress (APC) partiyasidan gubernatorlik uchun kurashgan. Biroq Xalq demokratik partiyasi (XDP) nomzodi Darius Ishakuga yutqazgan[7].
2015-yilning noyabrida shu yilning aprelida boʻlib oʻtgan Taraba shtati gubernatorlik saylovining gʻolibi deb eʼlon qilingan. Keyinchalik bu hukm Apellyatsiya sudi tomonidan bekor qilingan[3][8].
2018-yil sentyabrida vazirlik lavozimidan iste’foga chiqqan. 2019-yilda Taraba gubernatorligi uchun da’vogarlik qilish huquqidan mahrum bo‘lganidan keyin United Democratic Party (UDP)ga o‘tgan. Nomzodlardan biri oʻz vakolatidan voz kechgani sababli Aisha Alhassan bir ovozdan 2019-yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan Taraba shtati gubernatorlik saylovida UDP nomzodi deb e’lon qilingan[9]. Keyinroq Xalq demokratik partiyasiga qaytganini e’lon qilgan[10][11].
Alhassan Taraba shtati siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatgani tufayli „Mama Taraba“ nomi bilan keng tanilgan[12].
Shaxsiy hayoti
tahrirAkasi — Abdulazeez Ibrahim, Tarabaning sobiq senatori. Alhassan Taraba shtati futbol assotsiatsiyasini faol qo‘llab-quvvatlagan[13].
Vafoti
tahrir2021-yil 7-mayda Misrdagi COVID-19 pandemiyasi paytida Qohira kasalxonasida vafot etgan[14][15].
Prezident Muhammadu Buhari va sobiq vitse-prezident Atiku Abubakar uning oʻlimiga munosabat bildirib, qayg‘uda ekanligini ma’lum qilgan[16].
Manbalar
tahrir- ↑ Admin. „Governor's Biography: Meet Aisha Alhassan, Nigeria's First Female Governor“. Skynews24 (2011-yil 11-noyabr). 2020-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Sylvester Ugwuanyi. „SGF leads cabinet members to pray for quick recovery of Buhari, three Ministers“. dailypost.ng (2016-yil iyun). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „'Maman Taraba': Is the political battle over?“. dailytrust.com.ng. 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „Breaking: Alhassan resigns from Buhari's cabinet to vie for governorship“. Vanguard (2018-yil avgust). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „Collated Senate results“. INEC. 2011-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Olusola Balogun. „…And the women lost too“. Daily Sun (2011-yil 1-may). 2011-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „How close is Aisha's journey to Taraba govt house?“. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Henry Umoru. „Composition of cabinet: Mark joins Jonathan, PDP leaders in Obudu“. Vanguard (2011-yil 5-may). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Samson Toromade. „Mama Taraba wins UDP's governorship ticket days after dumping APC“. pulseng.com. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Yusuf. „Mama Taraba finally joins Atiku in PDP, gives reasons“. legit.ng (2019-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ theallindianews. „Aisha Alhassan decamps to PDP“. The All India News (2019-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ Jerrywright Ukwu. „Mama Taraba: Nigeria's Number One Women Leader“. naij.com (2015-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „Aisha Jummai Alhassan: Redefining the cause of women“. Peoples Daily (2012-yil 5-may). 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „BREAKING: Ex-minister Aisha Al-Hassan 'Mama Taraba' is dead“ (en-US). Punch Newspapers (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „BREAKING: Former Women Affairs Minister, Aisha Jummai Alhassan, Is Dead“ (en-GB). Leadership Newspaper (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.
- ↑ „Mama Taraba is dead; Buhari, Atiku mourn | Premium Times Nigeria“ (en-GB) (2021-yil 7-may). Qaraldi: 2024-yil 2-noyabr.