Akbar Ismatullaev – Oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.[1]

Akbar Ismatullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Akbar Ismatullayev
Tavallud sanasi 10-yanvar 1991-yil (1991-01-10) (33 yosh)
Tavallud joyi Toshkent
Boʻyi 1.80 cm (12 in)
Ampluasi Qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo Samarqand
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2017 Oʻzbekiston Paxtakor 164 (1)
2018—2020 Oʻzbekiston Metallurg 59 (0)
2020—2021 Tailand Buriram United 10 (0)
2021—2022 Oʻzbekiston Metallurg 22 (0)
2022—2023 Oʻzbekiston Bunyodkor 22 (0)
2024— Oʻzbekiston Dinamo Samarqand 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2020 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15:32, 17-oktyabr 2023 (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 25-noyabr uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Akbar „Paxtakor“ futbol klubi akademiyasi tarbiyalamuvchisi hisoblanadi. Professional shartnomasini 2009-yil „Paxtakor“ jamoasi bilan imzoladi. Poytaxtliklar sharafini 2018-yilgi mavsumgacha himoya qildi. 2018-yil mavsum boshida Bekobodning „Metallurg“ jamoasi taklifini qabul qildi[2] va 2 yil davomida bekobodliklar klubida toʻp surdi. 2020-yil Tailandning 7 kara chempioni „Buriram“ klubi bilan shartnoma imzoladi[3].

2020-yilning 11-sentyabr kuni Ismatulayevda COVID-19 testi ijobiy chiqdi, bu esa uni izolyatsiya qilishga majbur qildi. Buriramdagi oʻyin esa ikki kundan keyin „BG Pathum Yunayted“ bilan uchrashadi va uning debyuti keyinga qoldirilishi kerak edi.  Keyinchalik, 14-sentyabr kuni u COVID-19 dan tuzalib ketgani haqida xabar berildi. Ismatullayevning debyuti 26-sentyabr kuni u Tailand ligasida ilk bor maydonga tushdi va Buriram oʻz maydonida Suphan Buri klubini 1:0 hisobida magʻlub etdi.

Ismatulayev klub safida barcha musobaqalarda 12 ta oʻyinda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi. U 2020-yilgi mavsumning birinchi oʻyinidan soʻng klub bilan xayrlashdi.[4][5]

2021-yil yana Bekobodliklar safiga qaytib keldi ammo mavsum soʻngida ogʻir jaroxat oldi va mavsum soʻnggini, shuningdek yangi mavsumni boshlangʻich qismini oʻtkazib yubordi. 2022-yil yangi mavsumda Bekobodliklar bilan shartnomani ikki taraflama bekor qilindi[6] va 2-davradan Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[7][8][9] 2024-yilgi mavsum oldidan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

„Paxtakor“

Manbalar tahrir

  1. „Akbar Ismatullaev“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2013-yil 10-fevral.
  2. „"Пахтакор" уч футболчисини "Металлург"га ижарага берди“. 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  3. „Акбар Исматуллаев Таиланднинг 7 карра чемпиони сафига қўшилди“. 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  4. „บุรีรัมย์ยืนยัน อัคบาร์ หายจากโควิด“ (2020-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-sentyabr.
  5. „บุรีรัมย์คว้าชัย"กีดี้ คานยุค"แข้งใหม่ประเดิมซัดสุพรรณบุรี1-0“ (2020-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  6. „"Металлург" 11 нафар футболчи билан хайрлашганини эълон қилди“. 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  7. „"Бунёдкор" икки ҳимоячини таркибига қўшиб олаётганини маълум қилди“. 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  8. „Акбар Исматуллаев "Бунёдкор" билан шартнома тузди“. 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  9. „Rasman: Akbar Ismatullaev "Bunyodkor" bilan hamkorlikni davom ettiradi“ (2023-yil 6-yanvar).

Havolalar tahrir