Akmal Shorahmedov 1986-yili 10-mayda Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan Oʻzbek Sovet Sotsialistik Respublikasining Jizzax shahrida tugʻilgan. Sobiq futbolchi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi himoyachi. Hozirda Paxtakor U-21 jamoasida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy hisoblanadi.[1]

Akmal Shorahmedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Akmal Shorahmedov
Tavallud sanasi 10-may 1986-yil (1986-05-10) (37 yosh)
Tavallud joyi Jizzax Oʻzbek SSR, SSSR
Boʻyi 1.81 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 2
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2006 Soʻgʻdiyona 51 (1)
2007 Navbahor 16 (0)
2008 Soʻgʻdiyona 30 (3)
2009—2010 Andijon 53 (0)
2011—2016 Bunyodkor 168 (7)
2017 Nasaf 28 (1)
2018 Paxtakor 27 (0)
2019—2020 AGMK 35 (0)
2021 Neftchi 20 (1)
Milliy terma jamoa
2010—2019 Oʻzbekiston 36 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Akmal professional futboldagi ilk faoliyatini tugʻilib oʻsgan Jizzax shahri klubi Soʻgʻdiyona tarkibida boshlagan. Soʻgʻdiyonada ikki mavsum oʻynagan, 51ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. 2007-yilning bahoriga kelib u Namanganning Navbahor klubiga oʻtadi va u yerda bir mavsum oʻynaydi 16ta uchrashuvda maydonga tushadi.

2008-yilning boshida yana Jizzaxga qaytib Soʻgʻdiyona klubi bilan shartnoma imzolaydi va u klubda 1 yil davomida 30 ta oʻyinda oʻynab raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol etgan.

Akmal 2008-yilning dekabr oyida Andijonning Andijon klubi bilan shartnoma tuzadi. Andijon klubi tarkibida futbolchi haqiqiy lider oʻyinchiga aylanadi va ikki mavsum oʻynab 53 marta maydonga tushadi. Oʻsha yili Akmal milly teram jamoa murabbiyining diqqat eʼtiboriga tushadi.

2011-yili Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imozalaydi va hozir ham ushbu klub sharafini himoya qiladi.[2] 2017-yil 6 yillik mavumdan soʻng qaldirgʻochlar bilan Akmal yangi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[3][4] Qashqadaryoliklar safida bir mavsum toʻp surgan soʻng, 2018-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[5] 2019-yilgi yangi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 2 mavsum davomida konchilar sharfini himoya qildi.[6] 2020-yil mavsum yakunida AGMK safini tark etgan Shorahmedov yangi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnom imzoladi va Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni boʻldi.[7] Mavsum oxirida faoliyatini yakunladi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Akmal terma jamoa tarkibiga 2010-yili taklif etilgan va ilk bora Albaniyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan.

2014-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi 4-roundida Oʻzbekiston Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan oʻyinda Akmal Shorahmedov oʻz jamoasiga avtogol urib qoʻygan va jamoani chempionatga chiqish rejasini qiyinlashtirgan edi.[8]

2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida 3ta oʻyinda maydonga tushgan. 2022-yil may oyida Oʻzbekiston terma jamoasi va Italiyaning A Seriyasi yulduzlaridan tashkil topgan uchrashuvda qatnashdi va terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdi.[9]

Murabbiylik faoliyati tahrir

2021-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi safida Oʻzbekiston Pro ligasi chempionligini qoʻlga kiritgach faoliyatiga yakun yasadi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy lavozimiga shartnoma imzoladi.[10] Hozirda Paxtakor U-21 jamoasida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy hisoblanadi[1]. 2024-yil ynavr oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy lavozimiga shartnoma imzolagan[11].

Yutuqlar tahrir

Bunyodkor
  • Oʻzbekiston ligasi (2): 2011, 2013
  • Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi (1): 2012
  • Oʻzbekiston kubogi (2): 2012, 2013
  • Oʻzbekiston Superkubogi (1): 2014

Neftchi

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Шораҳмедов ва Шквирин "Пахтакор"да иш бошлади“. 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
  2. [1] 11-iyun 2013
  3. „Расман: Акмал Шораҳмедов "Насаф"га ўтди“. 2017-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
  4. „"Насаф" Акмал Шораҳмедовнинг трансферини тасдиқлади“. 2017-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
  5. „Расман: Акмал Шораҳмедов "Пахтакор" футболчисига айланди“. 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
  6. „АГМК Шораҳмедов ва Нурматов билан шартнома тузди“. 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
  7. „Расмий хабар: Акмал Шораҳмедов "Нефтчи"га ўтди“. 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
  8. [2] 11-iyun 2013.
  9. „Шораҳмедов: "Бугунги рақибдан ўрнак олишимиз керак"“. 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
  10. „Жамшид Саидов ва Акмал Шораҳмедов "Локомотив" мураббийлар штабида фаолият юритади“. 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2022-yil.
  11. „Ёрқин Назаров "Локомотив" бош мураббийи, Акмал Шораҳмедов эса жисмоний тайёргарлик бўйича мураббий этиб тайинланди“ (2024-yil 8-yanvar).

Havolalar tahrir