Al-Muhojir ibn Abu Umayya
Al-Muhojir ibn Abu Umayya ibn al-Mugʻiyra ibn Abdulloh (arabcha: المهاجر بن أبي أمية المغيرة بن عبد الله) – Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan sahoba, Ridda urushlari (632–633) davrida Yamandagi faol musulmon qoʻmondoni.
Al-Muhojir ibn Abu Umayya | |
---|---|
arabcha: المهاجر بن أبي أمية المغيرة بن عبد الله | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Al-Muhojir ibn Abu Umayya ibn al Mugʻiyra ibn Abdullohning tugʻilgandagi ismi Valid boʻlgan, keyinchalik Islom paygʻambari Muhammad uni al-Muhojir deb oʻzgartirgan[1].
Oilasi
tahrirAl-Muhojirning otasi Abu Umayya ibn al-Mugʻiyra Makkada Banu Maxzum urugʻining islomdan oldingi yetakchisi Al-Mugʻiyra ibn Abdullohning oʻgʻli boʻlgan[2]. Abu Umayya sayohatchilarga saxiyligi bilan mashhur edi va xalq orasida Zad ar-Rakb (yoʻlovchilarni taʼminlovchi) nomi bilan mashhur boʻlgan[2]. Al-Muhojirning onasi Atika bint Amir Kinana qabilasining Firas urugʻidan boʻlib, oʻzining jangovar mahorati bilan mashhur boʻlgan[2]. Singlisi Ummu Salama Muhammadning xotini edi[3]. Al-Muhojir Xolid ibn Validning ota tomondan birinchi amakivachchasi boʻlgan[4].
Hayoti
tahrirMuhammad paygʻambar al-Muhojirni Yamanning Kinda (asosan, uning Banu Muoviya boʻlimi) va Sadif qabilalariga soliq yigʻuvchi qilib tayinlagan[4]. Al-Muhojir kindiy zodagon ayol, Muhammadning sobiq xotini Asmo bint an-Nu’mon ibn Abu al-Javnga uylangan, keyinchalik esa Asmo al-Muhojirning qarindoshi Ikrima ibn Abu Jahlga turmushga chiqqan[3]. 631-yilda Muhammad al-Muhojirni Yamanning asosiy shahri Sanoga hokim etib tayinlaydi[4][5], biroq u ushbu lavozimni qabul qilmaydi va 632-yilda xalifa Abu Bakr Siddiq taxtga kelguniga qadar Madinada qoladi[5].
Abu Bakr al-Muhojirni Yaman hokimi Ziyod ibn Labid al-Ansoriyni qoʻllab-quvvatlash va Ridda urushlari paytida Hazramavtdagi (Janubiy Arabiston qirgʻoq mintaqasi) Kinda qabilasi Banu Muoviya qoʻzgʻolonini bostirish uchun yuboradi[6][7][8]. Kinda qabiasi oxir-oqibat al-Muhojir va Ikrimaga taslim boʻladi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Kister 1975.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Landau-Tasseron 1998.
- ↑ 3,0 3,1 Donner 1993.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Blankinship 1993.
- ↑ 5,0 5,1 Hinds 1991.
- ↑ Lecker 1994.
- ↑ 7,0 7,1 Lecker 2004.
- ↑ Donner 1981.