Aladağ
Aladağ — Adana viloyatiga qarashli tuman.
Aladağ | |
---|---|
Tuman | |
| |
37°32′47.00″N 35°23′55.00″E / 37.5463889°N 35.3986111°E | |
Mamlakat | Turkiya |
Rasmiy til(lar)i | Turk tili |
Aholisi (2020) |
15,998 |
Avtomobil kodi | 01 |
|
Sharqda Kozan tumani, janubda İmamoğlu va Karaisali tumanlari, gʻarbda Pozanti tumani, shimolda Niğde va Kayseri viloyatlari joylashgan. Maydoni 1347 km². Aholisi 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 15,998 kishi[1].Tuman markazi — Aladağ shahri. Dastlab Karsantı nomi bilan tanilgan Karaisalı 1987-yilda tumanga aylantirilgan[2]. Okrugning shimoliy qismida Toros togʻlarining Antitavr (Aladağ)lar deb nomlangan qismi joylashgan. Tuman oʻz nomini shu togʻlardan olgan. Geografik jihatdan togʻli hududda joylashganligi sababli qishloq xoʻjaligida hosildorlik past. 6360-sonli qonun bilan markaz tuman munitsipalitetiga aylantirilgan. U 31 ta mahallani oʻz ichiga oladi[1].
Turizm nuqtayi nazaridan eng mashhur joylar: Akören cherkovi, Meydan qal’asi, Küp sharsharasi, Ağacakise yodgorlik daraxti, Simit, Eğner va Kapuzbaşı sharsharalari, Mazilik Ören qal’asi, Posyağbasan qal’asi, Sandıklı va Acı su kabilardir.
Etimalogiyasi
tahrirAladağning avvalgi nomi Karaköy boʻlib, u 1973-yilda Karsantı oʻlaroq oʻzgartirilgan. 1987-yilda Karsantı tuman markaziga aylangach, hozirgi nomini olgan. Tuman nomi Tavr togʻlarining Aladağlar deb nomlangan qismidan kelib chiqqan[3]. Bu nom Qadim Onadoʻlida soʻzlashilgan Luvi tilidan kelib chiqqani taxmin qilinadi[2]. Usmonli davlati manbalarida Karsandı shaklida qayd qilingan. Shuningdek, Karaköy nomi bilan ham tilga olinadi[4].
Tarixi
tahrirQadimiy aholi yashash manzilgohi sifatida bilingan Aladağ Xet, Rim va Vizantiya hukmronligidan soʻng Saljuqiylar sulolasi davrida koʻchmanchi aholi kelib oʻrnasha boshlagan. 1360-yillarda shahar Ramazonoʻgʻullari bekligiga keyinchalik esa Yavuz Sulton Salim davrida Usmonli imperiyasiga qoʻshib olingan[5]. 1973-yilda bu hududda alohida maʼmuriy markaz tashkil etilgan. 1987-yildan Aladağ shu nomdagi tuman markaziga aylangan[3].
Mahallalar
tahrir# | Mahalla | Km* | Balandligi | Aholisi | |||
2016[6] | 2017 | 2018 | 2019 | ||||
1 | Akpınar Mah. | 4,4 | 486 | 449 | |||
2 | Başpınar Mah. | 4,1 | 713 | 693 | |||
3 | Mansurlu Mah. | 3,5 | 1.519 | 1.497 | |||
4 | Sinanpaşa Mah. | 0,0 | 1.489 | 1.441 | |||
ALADAĞ (Merkez) | 862 | 4.207 | 4.080 | ||||
5 | Akören Mah. | 17,9 | 427 | 996 | 958 | ||
6 | Boztahta Mah. | 32,8 | 296 | 255 | 262 | ||
7 | Büyüksofulu Mah. | 27,3 | 1.046 | 1.697 | 1.664 | ||
8 | Ceritler Mah. | 12,7 | 882 | 1.031 | 974 | ||
9 | Dayılar Mah. | 24,1 | 246 | 118 | 108 | ||
10 | Darılık Mah. | 13,2 | 823 | 144 | 139 | ||
11 | Dölekli Mah. | 22,8 | 800 | 602 | 584 | ||
12 | Ebrişim Mah. | 14,7 | 966 | 127 | 125 | ||
13 | Eğner Mah. | 22,2 | 271 | 133 | 124 | ||
14 | Gerdibi Mah. | 38,0 | 925 | 1.208 | 1.166 | ||
15 | Gireğiyeniköy Mah. | 6,5 | 976 | 293 | 293 | ||
16 | Gökçeköy Mah. | 104,0 | 560 | 299 | 296 | ||
17 | Kabasakal Mah. | 6,9 | 684 | 226 | 214 | ||
18 | Karahan Mah. | 103,0 | 749 | 215 | 212 | ||
19 | Kıcak Mah. | 23,9 | 996 | 867 | 864 | ||
20 | Kışlak Mah. | 106,0 | 870 | 268 | 234 | ||
21 | Kızıldam Mah. | 21,1 | 1.164 | 540 | 557 | ||
22 | Kökez Mah. | 15,2 | 829 | 1.036 | 1.037 | ||
23 | Köprücük Mah. | 34,7 | 1.015 | 363 | 340 | ||
24 | Küp Mah. | 38,0 | 813 | 81 | 73 | ||
25 | Madenli Mah. | 18,7 | 921 | 107 | 98 | ||
26 | Mazılık Mah. | 10,8 | 825 | 95 | 91 | ||
27 | Posyağbasan Mah. | 21,4 | 847 | 405 | 396 | ||
28 | Topallı Mah. | 39,5 | 170 | 258 | 248 | ||
29 | Uzunkuyu Mah. | 14,2 | 711 | 215 | 209 | ||
30 | Yetimli Mah. | 13,6 | 853 | 456 | 462 | ||
31 | Yüksekören Mah. | 30,8 | 575 | 91 | 88 | ||
ALADAĞ (tog‘li qismi) | 12.126 | 11.816 | |||||
ALADAĞ | 16.333 | 15.896 |
Eslatma: Qishloq aholisi 2013-yildan beri jadvalga kiritilmagan, chunki yangi qabul qilingan metropoliten qonuniga koʻra, qishloqlar mahalla maqomidadir.
Aladağning 31 mahallasidan 4 tasi markazda joylashgan. 4080 nafar aholi (25,7%) markaziy mahallalarda istiqomat qilib keladi. Aladağning markazdan eng chetda joylashgan mahallasi 106.km uzoqlikda joylashgan Kışlakdir. Aholisi eng koʻp boʻlgan Büyüksofulu mahallasida 1664 kishi yashaydi. 2017-yil hisobotiga koʻra, Aladağ aholisi 2,68%ga kamaygan[7].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Coğrafya ve İdari Yapı“ (Türkçe). Aladağ Belediyesi. 29 nisan 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ekim.
- ↑ 2,0 2,1 "Türkiye'deki tarihsel adlar". İnkılâp Kitabevi, 1993 — s. 396-bet.
- ↑ 3,0 3,1 "Şehrim! Adını kim koydu?". Tablet Basım Yayın, 2004 — s. 61-bet.
- ↑ "Dahiliye Mektubi Kalemi", 1894 — dosya no: 191, gömlek no: 3-bet.
- ↑ „İlçe Tarihi“ (Türkçe). Aladağ Belediyesi. 29 nisan 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ekim.
- ↑ TÜİK 31 Ocak 2017 verileri
- ↑ TÜİK 1 Şubat 2018 verileri