Aleksandr Aleksandrovich Kovalyov (1986-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) — Qozogʻistonda tugʻilgan oʻzbekistonlik professional futbolchi, soʻnggi marta Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. U himoyachi sifatida oʻynaydi.

Aleksandr Kovalyov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Alexandrovich Kovalyov
Tavallud sanasi 24-sentyabr 1986-yil (1986-09-24) (37 yosh)
Tavallud joyi Zhambul, Qozogʻiston SSR, Soviet Union
Boʻyi 183 cm (6.00 ft)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004 Lokomotiv BFK
2005 Lokomotiv 7 (1)
2006 Dinamo Samarqand 14 (2)
2006-2007 Nasaf Qarshi 36 (1)
2008-2009 Metallurg 59 (0)
2010 Bunyodkor 7 (0)
2011-2012 Yenisey Krasnoyarsk 24 (0)
2013-2015 Metallurg 55 (3)
Milliy terma jamoa
Oʻzbekiston U23 10 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2011-yil 24-fevral uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Kovalyev 2010-yilning fevralida Bekobodning „Metalurg“ jamoasida ikki mavsum o‘tkazganidan so‘ng „Bunyodkor“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi.[1] Kovalyev „Bunyodkor“ safida 2010-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida bir marta maydonga tushgan.[2]

Kattalar darajasida u 18 yoshida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida oʻynagan. U O‘zbekiston chempionatidagi ilk golini 2005-yilning 25-oktyabrida „Qizilqum“ darvozasiga kiritgan. „Lokomotiv“da bir mavsum oʻtkazganidan soʻng Samarqandning „Dinamo“siga oʻtdi, soʻngra "Nasaf" va Bekobodning „Metallurg“ klublarida toʻp surdi. 2009-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan.[3]

2010-yilda u „Bunyodkor“ safida 7ta o‘yinda maydonga tushib, o‘sha mavsumda jamoa mamlakat chempioniga aylangan. Osiyo chempionlar ligasi bahslarida ham ishtirok etgan.

2011/12-yilgi mavsumda u „Enisey“ safida Rossiya birinchi divizionida oʻynagan, 24 ta oʻyinda ishtirok etgan.[4] O‘zbekistonga qaytgach, sobiq jamoasi — „Metallurg“ (Bekobod)da o‘ynadi. 2016-yildan beri u professional darajada oʻynamadi.

2016-yildan beri Kaliningrad viloyatida yashaydi. Oʻzbekiston oliy ligasida 170 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

Manbalar tahrir

  1. „Aleksandr Kovalyov“ (Russian). Sportportal.uz (2010-yil 16-fevral). 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Match: Al-Ittihad vs Kuruvchi Tashkent – AFC Champions League“. ESPN Soccernet (2010-yil 14-aprel). 2012-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  3. Glavniy trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana oglasil sostav igrokov poedinka protiv Malayzii
  4. V „YeNISYeYe“ PROYDYeT PROSMOTR IGROK „BUNYeDKORA“

Havolalar tahrir