Aleksandr Melenchuk (1979-yil 20-martda tugʻilgan) — moldovalik professional futbolchi. U Oʻzbekiston Superligasining Jizzaxning „SoʻgʻdiyonaNamanganning „Navbahor“ jamoalarida toʻp surgan. Hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻillanadi.

Aleksandr Melenchuk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Melenchuk
Tavallud sanasi 20-mart 1979-yil (1979-03-20) (45 yosh)
Tavallud joyi Bender, Moldaviya SSR
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Raqami 1
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2001 Sheriff Tiraspol 10 (0)
2001—2002   Constructorul Cioburciu 26 (0)
2003—2006 Tiraspol 66 (0)
2006—2010 Sheriff Tiraspol 37 (0)
2011 Soʻgʻdiyona Jizzax 13 (0)
2011—2012 Iskra-Stal (0)
2012—2013 Speranța Crihana Veche 17 (0)
2013—2014 Soʻgʻdiyona Jizzax 51 (0)
2015—2017 Navbahor Namangan 12 (0)
Milliy terma jamoa
2002–2004 Moldova 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2015-yil 25-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 16-aprel uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Faoliyatini 1999-yilda Moldovaning „Sherif Tiraspol“ jamoasida boshlagan. Keyinchalik 2003-yilgi mavsumda „Tiraspol“ jamoasi safiga oʻtdi va 3 mavsum davomida toʻp surdi. 2006-yilgi mavsumda sobiq jamoasi Tiraspolning „Sherif“ klubining safiga qaytdi. Tiraspol jamoasiga qaytish ancha muvaffaqiyatli boʻlib, jamoaning ketma ket 3 mavsum davomida (2008—2010-yillar) chempion boʻlishida katta hissa qoʻshdi. 2011-yilning avgust oyida Melenchuk Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili „Soʻgʻdiyona Jizzax“ klubi safiga koʻchib oʻtdi. 2012-yil 14-aprelda u „FC Tighina“ bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi[1]. „FC Tighina“ jamoasida shartnomasi yakunlangash, u „FK Speranta Crihana Veche“ jamoasi safiga oʻtdi[2].

2013-yil fevral oyida u Oʻzbekiston Oliy ligasining 2013-yilgi mavsumida ishtirok etish uchun Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasiga qaytdi. Dastlabki, 2013-yilgi mavsumidayoq Jizzax jamoasida jamoaning eng yaxshi futbolchisi boʻlgan[3]. „Soʻgʻdiyona“ klubi safida Oʻzbekiston musoboqalarida 2 mavsum davomida 51 ta oʻyinda maydonga tushgach[3][4], 2015-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga kelib qoʻshildi[5]. „Navbahor“ jamoasida ham 2 mavsum davomida harakat qilgan Melenchuk 2017-yilgi mavsum soʻnggida „Dinamo-Auto“ jamoasi safida faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

2018-yil murabbiylik faoliyatini boshladi va 2019—2021-yillar davomida Yerevanning „FC Noah“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Yutuqlar tahrir

Jamoaviy tahrir

Sherif Tiraspol
  • Moldova chempionati chempioni (3): 2007-08, 2008-09, 2009-10
  • Moldova kubogi sohibi (3): 2008, 2009, 2010
  • Moldova Superkubogi sohibi (1): 2007

Manbalar tahrir

  1. „moldfootball.com“ (Russian) (2012-yil 14-aprel).
  2. „news&news moldfootball.com“ (Russian) (2012-yil 15-iyul).
  3. 3,0 3,1 „“So'g'diyona”ning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi: Aleksandr Melenchuk“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  4. „O'zbekiston oliy ligasining ramziy jamoasi“. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  5. „"Navbahor": Islom Ahmedov, Aleksandr Melenchuk va Ulug'bek Baqoev haqida“. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.

Havolalar tahrir