Alisher Abdulhakimovich Niyozaliev (1982-yil 1-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Alisher Niyozaliev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alisher Abdulhakimovich Niyozaliev
Tavallud sanasi 1-dekabr 1982-yil
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR, USSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001-2002 Dinamo 10 (0)
2004-2005 Metallurg 20 (0)
2005 Navbahor 1 (0)
2006 Oqtepa - (2)
2007 Lokomotiv 6 (0)
2008 Buxoro 1 (0)
2008 Neftchi Qoʻchqor-Ota - (5)
2009 Yoshlik-Oq-oltin - (9)
2011 Alay - (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiya

tahrir

Alisher 2001-yili Samarqandning Dinamo jamoasi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. Keyinchalik esa oliy divizionning bir qator boshqa klublari Bekobodning „Metallurg“, „Navbahor“, „Lokomotiv“ (Toshkent), „Buxoro“ jamoalarida oʻynagan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 38 ta oʻyin oʻtkazgan. U birinchi liga klublari, jumladan, „Oqtepa“ jamoasida ham oʻynagan.

2008-yilda Qirgʻizistonning „Neftchi“ (Qoʻchqor-Ota) klubiga oʻtgan. Keyinchalik Qirgʻiziston chempionatida „Jashtik-Ak-Oltin“ va „Olay“ jamoalarida oʻynadi, har mavsumda bu ikki jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2009-yilda „Yoshlik“ jamoasi tarkibida bronza medali sohibi boʻlgan va 9 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi toʻpurarlari qatoriga kirgan. 2011-yilda chempionatning xorijlik futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoaga[1] va FFKR talqiniga koʻra mavsumning eng yaxshi 10 ta transferi[2] roʻyxatiga kiritilgan.

2012—2013-yillarda 8x8 futbol boʻyicha Moskvadagi havaskor klublarda oʻynagan[3].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir