Alouddin Ali Samarqandiy (arabcha: علاء الدين علي سمرقندي — Alouddin Ali Samarqandiy — Toʻliq ismi: Alouddin Ali ibn Yahyo Samarqandiy Qurmoniy Hanafiy (vafoti 1456 yoki 1475-yil atrofida yashagan)) — Mufassir va Qur’on ilmi olimi.

Alouddin Ali Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Mufassir, Qur’on ilmi olimi

Hayoti va ijodi tahrir

Alouddin Ali Samarqandiy Qur’on ilmlari bilan mashgʻul boʻlgan, hanafiy olimlaridan boʻlgan mufassirning tavalud topgan yili toʻgʻrisida maʼlumot saqlanmagan. Ayrim manbalarda 860/1456-yil Qurmon shaharlaridan boʻlgan Lorandada vafot etgan deb keltirilsa, boshqa manbalarda esa 880/1475-yilda deb ham koʻrsatiladi. Alouddin Ali Samarqandiy Alouddin Buxoriydan (vafoti 860/1456) taʼlim olgan. Alouddin Ali Samarqandiyning quyidagi asarlari mavjud: „Tafsiru-l-qur’on“ („Qur’on tafsiri“, 4 jildli, to „Mujodala“ surasigacha), „Hoshiya ala sharhi-sh-shamsiya“ („Sharhu-sh-shamsiya“ga hoshiya-izoh"), „Hoshiya ala sharhi-l-mutoli“ („Sharhu-l-mutoli’“ga hoshiya-izoh"), „Hoshiya ala sharhi-l-mavoqif fi-ilm-ul-kalam li-s-sayyidi-sh-sharif“ ("Sayyid Sharifning „Sharhu-l-muvofiq“ asariga hoshiya-izoh"), „Bahru-l-ulum fi-t-tafsir“ („Tafsirdagi ilmlar ummoni“). Alouddin Ali Samarqandiy „Bahru-l-ulum fi-t-tafsir“ nomli asarini yozishda, tafsirga oid koʻpgina kitoblardan foydalangan va oʻzidan ancha foydali iboralarni qoʻshgan. Bu kitob toʻrt jilddan iborat boʻlib, „Mujodala“ surasida tugagan. Asarning „Juma surasi“ (inv. № 76-05226), „Baqara surasi“ (inv. № 77-05226) qismi Riyoz shahridagi „Markaz al-Malik Faysal li-l-buhus va-d-dirosati-l-islomiyyakutubxonasida saqlanmoqda.[1]


Manbalar tahrir

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 548.