Bosh menuni ochish

Alouddin Bahouddinov Mahmudovich (toj. Алоуддин Маҳмудович Баҳоуддинов; 1911-yil, 5-dekabr, Samarqand , Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi — 1970-yil, 23-fevral, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) — olim, Tojikiston Fanlar akademiyasi akademiki, professor, Abu Ali ibn Sino nomli Davlat mukofoti sovrindori.[manba kerak]

Alouddin Maxmudovich Bahouddinov
Алоуддин Маҳмудович Баҳоуддинов
Alouddin Maxmudovich Bahouddinov
 
Fuqaroligi: SSSR
Tavalludi: 5-dekabr 1911-yil(1911-12-05)
Samarqand, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti: 23-fevral 1970-yil(1970-02-23)
(58 yoshda)
Dushanbe shahri, Tojikiston SSR, SSSR
Maʼlumoti: Samarqand Davlat universiteti
 
Mukofotlari:
Order of Lenin ribbon bar.png Mehnat Qizil Bayrog‘i Ordeni
1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan Urushida Germaniya ustidan qozonilgan G‘alaba uchun medal
Bahouddinov A.M oʻz hamkasblari bilan Abu Ali ibn Sino portreti oldida
Bahouddinov A.M 1963-yil
Bahouddinov A.M.(oʻngdan birinchi), rafiqasi (oʻngdan birinchi) hamda yaqin doʻstlari bilan Kislovodsk, Stavropol, RSFSR 1958 yil

BiografiyasiTahrirlash

Alouddin Bahouddinov Maxmudovich 1911-yilning 5-dekabr kuni Samarqand sharida , tojik oilasida tugʻilgan. Otasi- Bahouddinov Maxmud, huquqshunos- Buxoro amirligida qozilik lavozidimi ishlagan, onasi- Xamidova Shafoat, akasi- Bahouddinovv J. (1907-1943 yillar Ikkinchi jahon urushida vafot etgan) singlisi- Bahouddinova Maloxat (1921-1980 yillar), ukasi- Bahouddinov S. (1931-1994 yillar). Bahouddinov A.M 1931- yilda Samarqand Davlar Pedagogika akademiyasi (hozirda Samarqand universiteti) ni bitiradi. 1931-1934- yillar davomida mazkur akademiyada aspirantura yoʻnalishida tahsil oladi. 1928-1930- yillar davomida akademiyada oʻqituvchilik qilish bilan birgalikda oʻz ilmiy ishlarini ham olib boradi. 1931-1934- yillar davomida mazkur akademiyaning psixologiya fakulteti dotsenti boʻlgan. 1941-1945 yillar davomida Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. 1946-1950- yillar davomida Tojikiston SSR Fanlar Akademiyasining falsafa shoʻbasida faoliyat yuritgan. 1936-1940 va 1946-1951- yillar davomida T. Shevchenko nomidagi Davlat pedagogika bilim yurtida falsafa fanidan dars bergan. 1951-1970- yillar davomida Tojikiston SSR Fanlar Akademiyasi, Tojikiston SSR Davlat Universiteti, Tojikiston SSR Komunistik partiyasiga qarashli institutda faoliyat olib borgan.

Ilmiy faoliyatiTahrirlash

Bahouddinov A.M. 1948- yilda „ibn Sinoning falsafa gʻoyalari“ nomli ilmiy ishi tufayli falsafa fanlari nomzodligini, 1951-yilda „XIX asr oxiri XX asr boshlarida jamiyat va siyosiy qarashlar tarixi“ nomli dessertatsiyasi uchun falsafa fanlari doktori darajasini olgan. Uning asosiy ilmiy faoliyati tojik xalqining falsafaviy va siyosiy qarashlarini oʻrganishga qaratilgan. 1957-yilda „ Tojik xalqining yagona joyi“, 1961-yilda „Tojik falsafasi tarixi“ nomli asarlar muallifi va uning hammuallifligida 1964 , 1969 yillarda „ Tojikiston SSR KP tarixi“ asrlari chop etilgan. Ilmiy tadqiqotlarida ibn Sino, ibn Rash, ibn Baʼli va shu kabi faylasuflarning asarlarini tahlil qilgan. Shohin, Asiriy, Siddiq va Ayniy ijodiyotiga juda qiziqqan

Ilmiy safarlariTahrirlash

Bahouddinov A.M. Italiyada boʻlib oʻtgan „Jahon sotsiologlarining IV Kongressi“ da , 1963-yilda Hindiston va Pokistonda boʻlib oʻtgan falsafa vva sotsiologiya fanlari kongressida SSSR delegatsiyasi rahbari boʻlgan. Vyetnam davlatida katta sinf oʻquvchilariga falsafa fani mohiyatidan taʼlim bergan.

Asarlari va qoʻlyozmalariTahrirlash

  • Материалҳо аз фанни педагогика. – Сталинобод, 1940;
  • Материалы по педагогике. – Сталинабад, 1940;
  • Философские взгляды Авиценны в его книге «Дониш-намэ». – М., 1947;
  • Сиасет-намэ. Книга о правлении вазира XІ столетия Низам ал-Мулька. – М., 1949;
  • Из истории общественно-политической мысли таджикского народа второй половины XІX и начала XX вв: Дисс…доктора философ. наук. – М., 1950;
  • Развитие столицы Таджикской ССР. – Сталинабад, 1952 (соавтор);
  • Ибни Сина. Даниш-намэ. Книга знания. Перевод и предисловие. – Сталинабад, 1957;
  • К вопросу о консолидации таджикской нации. – Сталинабад, 1957;
  • Основы диалектического материализма. – Ханой, 1958 (на вьетнамском языке);
  • Марҳалаҳои асосии таърихи тараққиёти фалсафа. – Сталинобод, 1959;
  • Очерки по истории таджикской философии. – Сталинабад, 1961;
  • Роль русского рабочего класса в исторических судьбах таджикского народа. – Д., 1967 (соавтор);
  • Избранные произведение. – Д., 1980;
  • Очерки по истории таджикской философии. – Д., 2011.

MukofotlariTahrirlash

  • Lenin ordeni (1945)
  • Mehnat Qizil bayrogʻi (1948)
  • Faxriy nishon (1956)
  • Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan ilmiy xodim (1961)
  • Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston SSR davlat mukofoti (1967)
  • Medallar va faxriy yorliqlar

VafotTahrirlash

Bahouddinov A.M. 1970-yilning 23-fevralida Dushanbeda vafot etadi. Uni soʻnggi yoʻlga kuzatish uchun butun SSSR dan yuzlab ilmiy xodimlar, doktor va akademiklar yigʻilishadi. Bahouddinov A.M. Dushanbeda 26-fevral 1970-yilda dafn etiladi.

 
Dafn etish marosimidan lavha

XotiraTahrirlash

Bahouddinov A.M. xotirasiga Dushanbe sharida koʻcha hamda Tojikiston Fanlar akademiyasi Falsafa instituti nomlangan.

 
Bahouddinov A.M. Nomli koʻcha- Dushanbe, Tojikiston Respublikasi