Ang Rita Sherpa
Ang Rita Sherpa (nepalcha: आङरिता शेर्पा; 1948-yil 27-iyul[1] — 2020-yil 21-sentyabr) — nepallik alpinist boʻlib, 1983—1996-yillarda Everest choʻqqisiga qoʻshimcha kislorodli asbobsiz oʻn marta koʻtarilgan kishi. Uning oltinchi Everest togʻiga koʻtarilishi eng muvaffaqiyatli koʻtarilish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan va oʻninchi koʻtarilishida bu rekordni qayta tiklagan. Garchi boshqalar Everest choʻqqisini koʻproq zabt etishgan boʻlsa-da, u haligacha qoʻshimcha kislorodli asbobsiz eng koʻp choʻqqilarga chiqish boʻyicha rekord oʻrnatgan. U qishda qoʻshimcha kislorodli asboblarsiz Everestga koʻtarilgan birinchi va hozirgi kungacha yagona odam hisoblanadi. Tengdoshlari unga „Qor barsi“ laqabini berishgan[2].
Ang Rita Sherpa | |
---|---|
आङरिता शेर्पा | |
Tavalludi |
1948-yil 20-sentabr |
Vafoti |
2020-yil 21-sentabr (72 yosh) Katmandu, Nepal |
Fuqaroligi | Nepal |
Kasbi | Alpinist |
Faoliyat yillari | 1968–1996 |
Unvoni | Gorkha Dakshina Bahu ordeni, Tri Shakti Patta ordeni |
Yoshligi
tahrirSherpa 1948-yilda Solukhumbuning Thame shahrida tugʻilgan. Uning oilasi qoʻtos xoʻjaligi bilan shugʻullangan. U bolaligini qoʻtos boqish va Himoloy togʻlari boʻylab Tibetga savdo ekspeditsiyalarida yuk tashuvchi sifatida oʻtkazgan[3]. U 15 yoshida yuk tashuvchi sifatida alpinizmga qoʻshilgan[4]. U hech qanday rasmiy yoki alpinizm sohasida taʼlim olmagan[3].
Faoliyati
tahrirSherpaning birinchi muvaffaqiyatli koʻtarilishi 20 yoshida Cho Oyu togʻiga chiqishi bilan boshlangan. U Everest, K2, Cho Oyu, Lxotse, Manaslu, Annapurna va Dhaulagiri kabi oʻnlab togʻlarni qoʻshimcha kislorodsiz bir necha marta muvaffaqiyatli zabt etgan[5]. U sakkiz ming kishilik guruhda jami 18 marta muvaffaqiyatli boʻlgan hamda ularning deyarli barchasi kislorodsiz oʻtgan[3].
Sherpa birinchi marta 1983-yilda Everestga ko‘tarilgan[2]. 13 yildan koʻproq vaqt ichida u kislorodli asbobdan foydalanmasdan Everest choʻqqisiga yana toʻqqiz marta chiqgan. Uning oʻnta choʻqqisidan sakkiztasi janubi-sharqiy tizma yoʻli orqali boʻlgan. Uning soʻnggi choʻqqisi 1996-yilgi Everest halokatidan 12 kun oʻtib boʻlgan[6]. U falokatda do‘stlarini yo‘qotganidan siqiladi. Oʻsha yili u kasal boʻlib qolgan. Oilasining soʻzlariga koʻra, qirol Birendra valiahd shahzoda Dipendrani sogʻligʻi yomonlashgani sababli Sherpani alpinizmdan ketish haqidagi iltimosini bildirish uchun yuborgan[4]. Valiahd shahzoda tashrifidan keyin u alpinizmni toʻxtatdi[5].
Sherpa qishda qoʻshimcha kislorodsiz Everest choʻqqisiga chiqqan birinchi odam boʻldi va bu muvaffaqiyatga 1987-yilda erishgan. Shuningdek, u Everestga 10 marta koʻtarilgan birinchi odam edi[7]. U 2017-yilda Guinness rekordlar kitobi tomonidan Everest cho‘qqisiga kislorodli asbobsiz o‘n marta ko‘tarilgan dunyodagi yagona shaxs sifatida eʼtirof etilgan. Bu rekord 2020-yilda ham saqlanib turibdi[2].
Sherpa oʻz tengdoshlari tomonidan oʻz davrining eng kuchli va mohir sherpa yoʻlboshchisi deb hisoblangan. Sherpaning soʻzlariga koʻra, u bir vaqtlar Dhaulagiriga ekspeditsiyada past-balandlikda yuk tashuvchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Ammo Dhaulagiri-III lageriga jihozlar olib borishga majbur qilingan va u bu vazifani poyabzalsiz va toqqa chiqish vositalarisiz aʼlo datajada ado etgan[3]. 1985-yilning aprel oyida u oʻzi boshqargan Norvegiya jamoasiga rahbarlikni qor boʻroniga qaramay Everest choʻqqisiga muvaffaqiyatli olib chiqgan. 1987-yilning qishida Everest choʻqqisiga koʻtarilish rekordini oʻrnatish paytida u Janubiy Koreya jamoasiga ham yordam berdi. Sherpaning soʻzlariga koʻra, u va boshqa alpinist bir kechada jamoadan ajralganidan soʻng, ular isinish va tirik qolish uchun tun boʻyi aerob mashqlarini bajarishgan. 1990-yilda u Nepal armiyasi jamoasiga Everest ekspeditsiyada yordam beradi. Tayyorgarlikni deyarli 50 kishi bilan boshlagan jamoadan Sherpa bilan birga faqat toʻrt nafari choʻqqiga chiqdi. Ulardan faqat bittasi Nepal armiyasi askari boʻlgan[3].
Kasalligi va oʻlimi
tahrirSherpa umrining oxirigacha davom etgan jigar kasalligi sababli 1996-yilda kasal boʻlib, alpinizmdan nafaqaga chiqdi. U 2015-2016-yillarda ham insultga uchragan[3]. Sherpa 2020-yil 21-sentabr kuni ertalab soat 10larda Katmandudagi qizining qarorgohida to‘satdan, 72 yoshida vafot etgan[3][2][8]. Bosh vazir KP Sharma Oli Twitter’da hamdardlik bildirdi — „Uning yutuqlari abadiy yodimizda boʻladi“[9][10].
Sherpaning jasadi 23-sentyabr kuni dafn marosimidan oldin Katmandudagi gompada saqlangan[3]. Uning dafn marosimi buddizm urf-odatlariga koʻra, Katmandudagi Bagmati va Bishnumati daryolarining muqaddas qoʻshilgan joyi Teku Dobxanda milliy sharaf bilan oʻtkazildi. Turizm va madaniyat vaziri Yogesh Bhattarai uning tanasini milliy bayroq bilan oʻradi va Nepal qurolli kuchlar politsiyasi otryadi gun salute (osmonga oʻq otish) bilan oʻz hurmatini koʻrsatdi[11].
Shaxsiy hayoti
tahrirSherpaning uchta oʻgʻli va bir qizi boʻlgan. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Karsang ham alpinist bo‘lib, Everest cho‘qqisini to‘qqiz marta zabt etgan. Ammo Karsang 2012-yilda ekspeditsiya paytida vafot etdi. Ikkinchi o‘g‘li Chxevan otasi hamda akasi kabi besh marta Everest cho‘qqisini zabt etadi. Shuningdek, Ang Ritaning rafiqasi katta o‘g‘lining o‘limidan bir yil o‘tib vafot etadi. Ang Rita hayotining soʻnggi yillarini Katmanduning Jorpati shahridagi qizining qarorgohida oʻtkazdi[5].
Mukofot va unvonlar
tahrirSherpa Gorkha Dakshina Bahu ordeni va Tri Shakti Patta ordeni bilan taqdirlangan[5].
Everest togʻiga koʻtarilish
tahrirSana | Choʻqqiga yoʻl | Qayd etilgan | |
---|---|---|---|
1. | 1983-yil 7-may | Janubi-Sharqiy tizma | |
2. | 1984-yil 15-oktyabr | Janubiy ustun | |
3. | 1985-yil 29-aprel | Janubi-Sharqiy tizma | |
4. | 1987-yil 22-dekabr | Janubi-Sharqiy tizma | Qishda qoʻshimcha kislorodli asbobsiz Everestga koʻtarilgan birinchi odam |
5. | 1988-yil 14-oktyabr | Janubi-Sharqiy tizma | |
6. | 1990-yil 23-aprel | Janubi-Sharqiy tizma | Everest togʻiga eng koʻp muvaffaqiyatli chiqishlar soni Qoʻshimcha kislorodli asbobsiz Everest togʻiga eng koʻp muvaffaqiyatli chiqishlar soni |
7. | 1992-yil 15-may | Janubi-Sharqiy tizma | Qoʻshimcha kislorodli asbobsiz Everest togʻiga eng koʻp muvaffaqiyatli chiqishlar soni |
8. | 1993-yil 16-may | Janubi-Sharqiy tizma | Qoʻshimcha kislorodli asbobsiz Everest togʻiga eng koʻp muvaffaqiyatli chiqishlar soni |
9. | 1995-yil 13-may | Shimoliy Kol — Shimoli-sharqiy tizma | Qoʻshimcha kislorodli asbobsiz Everest togʻiga eng koʻp muvaffaqiyatli chiqishlar soni |
10. | 1996-yil 23-may | Janubi-Sharqiy tizma | Everest togʻiga eng koʻp muvaffaqiyatli chiqishlar soni Qoʻshimcha kislorodli asbobsiz Everest togʻiga eng koʻp muvaffaqiyatli chiqishlar soni |
Manbalar
tahrir- ↑ „Record-breaking mountaineer Ang Rita Sherpa dies aged 72 | Guinness World Records“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Everest's legendary Snow Leopard Sherpa dies at 72“ (en-GB). BBC News (2020-yil 21-sentyabr). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 „'हिउँचितुवा' आङरिता शेर्पाको निधन“ (ne). BBC News नेपाली (2020-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „आङरिता शेर्पाको कोठामै आएर तत्कालीन युवराज दीपेन्द्रले भन्नुभयो, 'अब सक्नुहुन्न, हिमाल नचढ्नुस्'“ (en). Ujyaalo Online. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „'हिउँचितुवा' आङरिता शेर्पाको निधन“ (ne). ekantipur.com. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ Kropp, Goran. (1999) Ultimate High: My Everest Odyssey. Discovery Books. pp 175-184. ISBN 978-1-56331-830-6
- ↑ Agence France-Presse. „Nepal's legendary 'snow leopard' Mount Everest climber Ang Rita Sherpa dies“ (2020-yil 21-sentyabr). 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-sentyabr.
- ↑ Republica. „Nepal's mountaineering legend Ang Rita Sherpa passes away“ (en). My Republica. 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ KP Sharma Oli [@kpsharmaoli]. „बिनाअक्सिजन १० पटक सगरमाथा आरोहण गरी विश्व कीर्तिमान कायम गर्नु भएका आङरिता शेर्पाको निधनले अत्यन्त दु:खित तुल्याएको छ। यस दुःखद् घडीमा उहाँप्रति हार्दिक श्रद्धासुमन अर्पण गर्दै शोकसन्तप्त परिवार र शुभेच्छुकहरुप्रति गहिरो समवेदना ब्यक्त गर्दछु।उहाँको कीर्तिमानी सदास्मरणीय रहने छ।“ (Nepali) (2020-yil 22-sentyabr).
- ↑ „'हिमचितुवा' शेर्पाको निधनप्रति प्रधानमन्त्री ओलीले दिए श्रद्धाञ्जली“ (en). ‘हिमचितुवा’ शेर्पाको निधनप्रति प्रधानमन्त्री ओलीले दिए श्रद्धाञ्जली. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ „राष्ट्रिय सम्मानका साथ आरोही आङरिता शेर्पाको अन्त्येष्टि“ (ne). ekantipur.com. Qaraldi: 2020-yil 23-sentyabr.
- ↑ 8000ers.com. Ascents - Everest (without supplementary oxygen). Qaraldi: 2009-yil 12-may.