Alimov Anvar Valiyevich — oʻzbek shifokori va davlat arbobi. Endokrinologiya instituti direktori (2016-2020)[1], Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri (2012-2016).

Anvar Alimov
 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
2012-yil 9-avgust – 2016-yil 13-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev (v.b.)
Oʻtmishdoshi Adham Ikromov
Vorisi Adham Ikromov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-iyun 1955-yil (1955-06-19) (68 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Biografiyasi Tahrirlash

1955-yil 19-iyunda Toshkеnt shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan.

1978-yilda Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti pediatriya fakultetini bitirgan.

1978-1980 — Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi klinik ordinatori.

1980-1982 — Oʻrta Osiyo meditsina pеdiatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anеstеziologiya va rеanimatologiya kursi katta laboranti.

1982-1987 — Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi assistenti.

1987-1993 — Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti assistenti, dotsenti, oʻquv-uslubiy markazining boshligʻi, pediatriya fakulteti dekani.

1993-1994 — Sogʻliqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi.

1994-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fan, taʼlim va ijtimoiy muammolar masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining konsultanti, yetakchi konsultanti.

1999-2009 — Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rektori.

2009-2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.

2012-2016 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri[2].

2016-2020 — Endokrinologiya instituti direktori.

2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi[3].

Manbalar Tahrirlash